Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
f = FN = Fml F“ = L + f d
Download 0.65 Mb.
|
MAJMUA YMM
- Bu sahifa navigatsiya:
- ^ V S + P - P
f = FN = Fml F“ = L + f d
bu yerda F — umumiy ishqalanish kuchi, N — normal yuklama (yuk), Fm — ishqalanish kuchining molekulyar (adgezion) qismi, Fa— ishqalanish kuchining mexanikaviy (deformatsiyaviy) qismi, f m — ishqalanish koeffitsientining molekulyar (adgezion) qismi, fA — ishqalanish koeffitsientining mexanikaviy (deformatsiyav:. ) qismi. Ishqalanishning molekulyar-mexanik nazariyasi professor I. V. Kragelskiy tom onidan (1946-y.) ishlab chiqilgan va ishqalanish ikki yoqlama tabiatga ega bo’lib, sirtdagi ayrim chiqiqlarning bir-biriga botib kirishi bilan ham , ikki jismning molekulyar tortishish kuchlari bilan ham bog‘liq, degan taxminga asoslanadi. Notekisliklar ancha ko‘p bo‘lganda mexanik omillar ustun keladi, chiziqlar tekislanganidan so‘ng va juda silliq qilib ishlangan sirtlarda molekulyar om illar ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ishqalanish kuchlarini aniqlash uchun I. V. Kragelskiy ushbu ifodadan foydalanishni taklif etgan: ^ V S + P - P bu yerda Fmex — mexanik ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi, N; Fmot — molekulyar ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi, N; P — solishtirma qarshilik,A'/m2;a,/? — tajriba yordamida aniqlanadigan koeffitsientlar. Ishqalanish energetik nazariyasini 1952- yilda fizik olim M.M. Dubinin taklif etgan. U ishqalanish haqidagi ta’limning rivojlanish tarixi ishqalanuvchi sirtlarga mexanik va molekulyar kuchlar ta’sir ko‘rsatishi natijasida ishqalanish kuchi paydo bo’lishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli ishqalanish kuch emas, balki jarayon ekanligi m a’lum bo’lishiga qaramay, ishqalanish tabiatini kuchlaming ta’sir etish qonunlari asosida ochib berishga intilishgan, deb ta’kidlaydi. Shunga ko‘ra ishqalanish tabiati va ishqalanishda yuz beradigan jarayonlar kuchlar qonunlariga emas, balki quw at qonunlariga va ulaming bir turdan ikkinchi turga aylanishi qonunlariga bo‘ysunishi zarur. Hozirgi mashinalarning o ‘ziga xosligi shundaki, ularning turli detallari va uzellarining yeyilishga chidamliligi bir xil emas, shuning uchun ham ulardan foydalanish muddati tez yeyiladigan qismlarining resursiga bog‘liq. Har qanday mashina (qishloq xo‘jaligi m ashinalari, avtomobillar, chorvachilik fermalarida qo‘llaniladigan m ashina hamda jihozlar va hokazo) to ‘liq xizmat m uddati m obaynida bir necha marta ta’mirlanadi. Odatda, ta ’mirlangan m ashinalarning ta ’mirlashlararo xizmat muddati yangilarinikidan kamroq bo‘ladi va ular eskirib borgani sari muddat qisqarib boradi. Mashinalarning yeyilish jarayonlari qonunlarini bilish asosida ta ’mirlash sifatini yaxshilash texnikaning ishlash qobiliyati va xizmat muddatini ancha oshirish imkonini beradi. Mashinadagi ishqalanish va uning turlari. Mashinadagi ko‘pgina uzellarning ishi detallar tutash sirtlarning bir-biriga nisbatan harakatlanishi bilan bog‘liq. Bu harakat ko‘pincha ishqalanish quvvatining foydasiz sarflanishiga va m ashina detallarining yeyilishiga olib keladi. Ishqalanish tutash sirtlarda kechadigan ko‘plab murakkab jarayonlarga bog’liqligi aniqlangan. Ishqalanish tabiatini tushuntirish uchun bir necha gipotezalar va nazariy asoslar mavjuddir. Ishqalanishning mexanik nazariyasi eng muhim nazariyadir. Bu nazariya asosini tutash sirtlar harakatlanganda yuzaga keluvchi elementar notekisliklarning qayishqoq va qayishqoq bo‘lmagan mexanik o’zaro ta’sirlarini tadqiq qilish tashkil qiladi. Fransiyalik fizik olim A m onton (1699-y.) tajribalar asosida ishqalanish kuchi ( F) yukning og‘irligi (N) ga mutanosib bo‘lib, jismlarning urinish yuzi o‘lchamiga bog‘liq emasligini aniqlagan. F = f-N, (1.72) bu yerda F — ishqalanish kuchi, N;/— ishqalanish koeffitsienti; N — yuza tekisligiga tushadigan yuklama. Sh.O.Kulon o'tkazgan tadqiqotlar (1785-y.) ishqalanishning mexanik nazariyasini quyidagicha ta’riflash imkonini beradi: • Ishqalanish kuchi me’yordagi kuchga mutanosibdir. • Ishqalanish kuchi jismlarning o'zaro tutashuvchi sirtlari o‘lchamiga bog’liq emas. • Ishqalanish kuchi ishqalanuvchi jismlarning nisbiy harakatiga bog‘liq emas. • Ishqalanish kuchi ishqalanuvchi ashyolarning xossalariga va o’zarourinuvchi sirtlarning ahvoliga bog’liq. Ishqalanish kuchini aniqlash uchun Sh.O. Kulon sirtlarning yopishib qolishini hisobga oluvchi formulani taklif etgan: F=A+fN bu yerda A — sirtlarning ilashib qolishiga boMadigan qarshilikni hisobga oluvchi kattalik. Dumalashdagi ishqalanish kuchini aniqlash uchun Sh. O. Kulon quyidagi formulani taklif etgan: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling