Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Moylash mahsulotlarini tashib kelish va tarqatish


Download 0.65 Mb.
bet51/52
Sana28.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1011328
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
MAJMUA YMM

Moylash mahsulotlarini tashib kelish va tarqatish 
 
Moylash mahsulotlarini saqlash va tarqatishni to`g`ri tashkil qilish,ularning sifatini saqlash,omborda bajariladigan operatsiyalar jarayonida moy sarfini kamaytirishni ta`minlaydi. 
Moylash mahsulotlarini markazlashgan holda tashib kelish, saqlash va tarqatish koprsatilgan talablarni qoniqtiradi. Bunda moylar avtotsisterna, bochka yoki maxsus sig`imlarda tashib kelinadi, tsisterna yoki boshqa sig`imlarda maxsus omborxonalarda saqlanadi va quvurlar yordamida moylash postlariga yetkazib beriladi. Suyuq moylar avtomobil tsistrenalari yoki metall bochkalarda,surkov moylari esa-yog`och yoki metall bochkalarda keltiriladi. 
Ko‘pgina hollarda moy omborlari yerto`laga joylashtiriladi, bu o`z navbatida keltirilgan toza moylarning hamda moylash postidagi ishlatilgan moylarning oqib tushishini ta`minlaydi. quvurlarning uzunligini kamaytirish maqsadida omborlar imkoniyatga qarab moylash postlariga yaqinroq joylashtiriladi. Har bir turdagi moylash mahsuloti uchun alohida idish ajratiladi. 
Suyuq moylar omborxonadagi idishlardan moylash postlariga siqilgan havo yoki nasos yordamida yetkazib beriladi. 
Moylash mahsulotlari omborida kerosin,dvigatel moylash tizimini yuvish suyuqligi
tormoz suyuqligi va antifriz uchun joy ajratiladi. 
Moy omborida toza va ishlatilgan moylarni saqlash uchun sig`imlar joylashtiriladi. Agar korxonada moylarni qayta ishlash ko‘zda tutilmagan bo`lsa, ishlatilgan moyni qayta ishlashga yuborish uchun avtotsisternalarga quyish imkoniyati yaratiladi. qayta ishlangan moy alohida idishlarda saqlanadi. Moy shesternyali nasoslar yordamida uzatiladi. Hamma moy saqlash idishlari bug` yordamida isitiladi. Moyni markazlashgan usulda tarqatish bilan birga, harakatlanuvchi idishlar yordamida tarqatish ham ko‘zda tutiladi. 
Avtomobilning moylanadigan joylariga surkov moylari 5 MPa bosim ostida shestrnyali nasos hamda moy tarqatkichlar orqali yuboriladi. past haroratda moy qovushqoqligining kamayishini va haydashga qarshiligining oshishini inobatga olib, omborxonani isitish nazarda tutilgan. Ishlatilgan moylar moylash postidagi to`kkichlar yordamida yig`iladi va yerto`la-ombordagi idishga o`z harakati bilan oqib tushadi.U yerdan quvur orqali qayta ishlash uchun haydalib avtosistrenaga quyiladi
Yong`inga qarshi himoya talablariga muvofiq, moy saqlash omborining poli betonlangan yoki metlax plitalari bilan qoplangan bo`lishi kerak. 
Korib chiqilgan moy xo`jaligi katta ATKlarda qo`llash uchun mo`ljallangan.KichikATKlarda harakatlanuvchi moy taqsimlovchi moylashto`ldirish jihozlari ishlatiladiBular o`z navbatida moy xo`jaligini zamonaviy darajada. Tashkil qilishga imkon beradi. 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling