Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana29.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1138188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda

shunday deyilgan: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy 
merosini avaylab asrashga majburdirlar.Madaniyat 
yodgorliklari 
davlat 
muhofazasidadir’’ 
O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai 
nazaridan, aniq tarixiy faktlarga tayanib, xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa 
yetkazish zaruriyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. 
Karimovning 1998-yil 26-iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan 
uchrashuvida Respublika tarixchilari oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu 
masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini 
topgan. Unda xususan, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligining haqqoniy tarixini 
o‘rganish, “eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida 
hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy 
hayoti masalalarini o‘rganish» lozimlig qayd etilgan.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik 
tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish, yirik arxeologik yodgorliklarda keng 
ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni 
xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish zarurligini inobatga olib, 
O‘zbakiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Arxeologik 
tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida 21.09.2019 yildagi 792-sonli 
qarori bu sohadagi katta qadam bo’ldi. 
Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi. Ma’lumki, o’z davrida 
Markaziy Osiyo eng yirik aholi punktlaridan biri bo’lgan. Lekin, uzoq yillar 
davomida iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar tufayli tadqiqotchilarlarning 
e’tiboridan chetda qolgan. 
Mazkur yodgorliklar sovetlar davrida V. Masson, M. Dyakonov,


5
A.Sagdulayev, 
1
kabi tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan . 
2
Lekin mazkur tadqiqotlarning aksariyatida Markaziy Osiyo tarixiga umumiy, ya’ni 
kompleks ravishda yondashilmaganligi ajablanarlidir. Masalan ingliz olimi G. 
Chayldning Markaziy Osiyo shaharlari ilmiy izlanishlarida paydo bo‘lish masalasi 
Qadimgi Sharq arxeologiyasining bir bo‘lagi sifatida qaralgan bo‘lsa, M. Dyakonov, 
tadqiqotlarida Markaziy Osiyo shaharlashish jarayoniga asosiy e'tibor qaratilgan.
3
Lekin mazkur manzilgohlar tarixini o’rganishda rus olimi V. Masson tadqiqotlarini 
qayd etmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur olim Markaziy Osiyo shaharlashishi va 
vujudga kelish jarayoni, uning hududiy xususiyatlari, aholining joylashuvi
mashg‘ulotlari, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida kengroq ma’lumot 
berganligi bilan xarakterlidir
4
.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling