Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi
Download 58.85 Kb.
|
Alisher ochilov
Mavzuning o’rganilishi:Ongimizdagi o’tmishdan qolgan sarqitlarni tozalash, qalbimizni poklash va ruhimizni tetik qilish naqadar muhim ekanini I.Karimov qator asarlarida muhim muammo sifatida ko’taradi. «Biz fidoiy vatanparvarlarga tayanamiz» (1993), «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat va mafkura» (1993), ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida(2011) kabi asarlarini ko’rsatish mumkin. Olimlar sovet davrini tadqiq qilganlarida o’sha davrda ilgari surilgan soxta g’oyalarga, soxtalashtirilgan tarix o’rniga yangi fikr mulohazalarni ilgari surishi shu kungacha yechilmagan ―savollarga javob topishlari kerak‖ degan vazifani ilgari suradi. Birinchi prezidentimizI Karimov ―”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida bu masalaga yondashuvning ilmiy-metodologik asosini bayon etib quyidagilarni yozadi; bunga javob bitta: ―bizning ajdodlarimiz, xalqimiz, qadim-qadimdan o’troq yashagan. Milatimizning iligi o’troq madaniyat sharoitida qotgan. O’zbek xalqining iligi to’q va baquvvat. Shuning uchun ham ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi. Lekin xalq boqiy qolaveradi. Uning madaniyati abadiy yashaydi. Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir. Shuni ta’kidlash lozimki, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq porakandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin siyosiy ijtimoiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borganligini ko’pgina asarlarda ko’ramiz . Mustaqillik davrida chop etilgan N.Jo’raev asarlarida yangicha qarash, va yangicha tahlil namoyon bo’lgan . D.N.Logofetning ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amirligining „Qashqadaryo vohasi, Surxondaryo vohasi, Yakka-bog’, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G’uzor, Termiz tumanlarida paxta katta mikdorda yetishtirilgan‖. P. I. Demezonning ma’lumotlarida Buxorodagi paxtachilik masalasiga tuxtalib, shunday fikrlar bildirilgan. „Paxta Buxoro atroflarida, Miyonqolda, Karmanada va Samarqandda muvaffaqiyatli yetishtiriladi va u ancha yaxshi sifatli hisoblanadi. Qarshi va Chorjuy paxtalari sifat jixatdan past hisoblanadi‖. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, savdo-sotiq ishlari aylanmasidagi katta ulush Buxoro amirligi hissasiga to’g’ri kelgan. Bu davrda ham Buxorodan Rossiyaga, asosan paxta va undan tayyorlangan mollar olib borilgan. Amirlikning Buxoro, Samarqand, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, Denov kabi yirik shaharlari asosiy savdo markazlari hisoblangan.
Download 58.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling