XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan. - XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan.
- Shahar me`moray ansanbili yahlitligi jihatdan O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu ansanbilning ichida dastlab Ichan qal`a (ya`ni ichki qal`a; shahriston) bunyod etilgan. Ichan qal`ada – xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Ichan qal`aning umumiy maydoni 26 gektar. Devorning uzunligi 2200 metr.
Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan. - Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan.
- Xiva shahrida joylashgan me`moray yodgorlik Sayid Aloviddin maqbarasidir. Bu maqbara XIV asrda qurilgan edi. Shuningdek, Xivada ko`hna ark, masjidi jomi`, Oq masjid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg`ozixon maqbarasi, Ollohqulixon karvonsaroyi, Qutlug` Murod inoq madrassasi, Muhammad Amin inoq madrassasi, Ollohqulixon bunyod ettirgan 163 xonadan iborat Toshhovli saroyi va boshqalr muhim tarixiy me`morchilik yodgorliklari bo`lib, ular xivalik o`z kasbining ajoyib ustalari – naqqoshlar, toshganch, yog`och o`ymakorlarining mahoratini ko`z-ko`z qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |