Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Qorako’l” tif bojxona posti xodimlarining


Download 40.37 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi40.37 Kb.
#1324546
Bog'liq
07.03.2023 манавият







Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi
Qorako’l” TIF bojxona posti xodimlarining
Ma’naviyat va ma’rifat” darslari yuzasidan tayyorlangan
R E F E R A T
Mavzu: “Ayol borki, olam munavvar. Jannat onalar oyog’i ostida”.





2023-yil

Qorako’l” TIF bojxona posti
M.Nurmatov
Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirib, shaxsiy tarkibga mazmun mohiyati tushuntirilsin hamda ma’naviyat va ma’rifat daftariga konspektlashtirilsin
O.Habibov

___”______2023-yil


Qorako’l” TIF bojxona posti boshlig‘i, bojxona xizmati mayori


O.Habibovga

B I L D I R G I

Ushbu orqali shuni yozib ma’lum qilamanki, postda 2023-yil 1-choragida o‘tkaziladigan ma’naviyat va ma’rifat o‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq “Ayol borki, olam munavvar. Jannat onalar oyog’i ostida” mavzusida o‘quv mashg‘uloti referati taqdim etilmoqda.


Ilova: “___” varaqda


Qorako’l” TIF bojxona posti
katta inspektori, bojxona
xizmati kapitani M.Nurmatov


Mavzu: Ayol borki, olam munavvar. Jannat onalar oyog’i ostida.
Yurtimizda yasharish, yangilanish fasli bo'lgan bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunidir.
Ushbu sana birinchi marotaba 1908 yili Amerika Qo'shma Shtatlarida bayram qilingan. Dastlab bayramning qaysi kuni nishonlanishi borasida ancha chalkashliklar bo'lgan. Shuning uchun u 1909 yildan 1913 yilga qadar fevral oyining oxirgi yakshanbasida nishonlab kelingan. 1911 yildan Xalqaro xotin-qizlar kuni Germaniya, Avstriya, Daniya va Shveytsariyada - 19 martda, keyinchalik esa 12 mayda nishonlana boshlangan. Nihoyat, 1914 yildan e'tiboran 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida belgilangan.
Bugungi kunda faol, o'z kasbining ustasi, ijodkor ayol va qizlarning jamiyatimizdagi o'rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayollarning nozik didi, har ishga qunt bilan yondashuvi, tabiatan saranjom-sarishtaligi ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilayotganlarining sababidir.
Mehribon ona, suyukli yor, jonkuyar farzand bo'lishi bilan bir qatorda, ayollarning yurtimiz farovonligi, xalqimiz ravnaqi yo'lidagi xizmatlari hamisha maqtovga va e'zozga sazovor. Latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo'lmish ayol zoti haqida tariximizda ulug' shoiru adiblar go'zal she'r va dostonlar bitgan bo'lsa, donishmand mutafakkir ajdodlarimiz qanchadan-qancha hikmatlarni bayon etganlar.
Ayol azal-azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo'lib kelgan. Ayol deganda, ko'z o'ngimizda, avvalo, ulug' va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru asrorlari va saboqlarini onaning mehru saxovati tufayli o'rganadi.
Bu haqda fikr yuritganda, “Jannat onalar oyog'i ostidadir”, degan Hadisi sharifni eslash kifoya. Ya'ni, biz - farzandlar onalarimizni boshga ko'tarishga, ularga hamisha shafqatli, xokisor bo'lishga, xizmatlarini qilishga buyurilganmiz.
Ulug' donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif sifatida uni Ona siymosiga qiyos etganliklarida katta ma'no bor. Dunyoda “muqaddas” degan so'zga eng munosib zot ham – Onadir. Onani e'zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug'lasak, hayotimizning charog'boni, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz.
Ayol borki, olam munavvar! Ayol borki, hayot go'zal va maftunkor! Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu baraka kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. 
Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan o'rni beqiyosdir. Oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbidaryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat hamda adolat muhitini saqlab turadilar.
Mustaqil O'zbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzining oshishida ham, turmush tarzining osudaligi, baxtu saodati va totuvligi, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ham ayollarimizning aql-zakovati, o'tkir zehni mujassam.
Dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, demokratik tafakkuri, madaniy darajasini ko'rsatadigan mezonlar ko'p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma'naviy kamolotini go'yoki oynadek aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo'lsa, jamiyatning xotin-qizlarga bo'lgan munosabati, hurmati bilan belgilanadi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ayollarni ulug'lab, ardoqlab, ko'klarga ko'tarib yashaydigan xalq o'zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan xalq sifatida jahonda obro'-e'tibor qozonadi.
Bu haqda so'z borganda, ayollarimiz xonadonlarimiz, mahallalarimiz, butun yurtimizda har doim o'zaro hurmat va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitining, ta'bir joiz bo'lsa, hayot qo'rg'onining eng zabardast posboni bo'lib kelgan hamda bugun ham ana shunday fazilatlari bilan insonni - inson, oilani - oila qilib kelmoqda, desak, yanglishmaymiz.
Qadimda bir olim shogirdlariga turli ilmlarni o‘rgatar ekan. Bir kuni quyidagicha topshiriq berdi: ertangi darsga menga jannat tuprog‘idan bir hovuchdan olib kelinglar. Shogirdlar hayronu lol bo‘lishibdi, har qancha urinishmasin bu savolga javob topisholmabdi. Faqat ilmli, zukko, ibodatlarga qoim bo‘lgan, mehribon bir shogirdi ertasiga lattaga o‘ralgan bir hovuch tuproqni ustozi oldiga qo‘yibdi. Olim buning izohini so‘rabdi. Shunda shogird debdi: «Siz menga payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytgan bir hadisni o‘rgatgan edingiz: «Jannat onalar oyog‘i ostidadir». Shuning uchun men mehribon onam oyoq izlari bosilgan tuproqdan sizga olib keldim. Bergan topshirig‘ingizga javobim shu». Olim shogirdining aql-zakovatiga tan berib, uni boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan ekan.
So‘nggi paytlarda onalariga bo‘lgan mehru muhabbati izhorini videoga olib, telegram kanaliga joylash odatga kirdi. Aslida bu an’ana uch-to‘rt yil avval kavkaz xalqlarida boshlangan edi. Keyinroq uloqni biz olib ketdik: onalarimizni hurmat qilishda, boshimizga qo‘yishda sizlardan kam emasmiz. Kimdir onasining tug‘ilgan kunida qo‘shiq aytib tabriklayapti, kimdir nafaqat oyoq-qo‘lini, boshini ham mustaqil tutib turolmaydigan falaj onasini urintirib ko‘targancha hovliga olib chiqib, stulga o‘tirg‘izyapti. Yana kimdir... Xuddi shu mavzuda telegramda yaqindagina tarqalgan video esa hammasidan oshib tushibdi.
Onaning tug‘ilgan kuni bo‘lsa kerak stol atrofida ayollar o‘tirishibdi. Qo‘shiqchi yigit gitara chertgancha onalarni madh etyapti: «Mening boyligim, eng chiroyligim, mehribonim onajonimsiz...»
Bir yigit onasinng poyiga tiz cho‘kib oyoqlarini yuvyapti. Ona baxtdan masrur, hayajonda... Shunda kutilmagan holat yuz berdi. Yigit onasining oyoqlarin yuvib bo‘lgach, o‘rnidan turdi va oyoqlar yuvilgan idishdagi nopok suvni ichib yubordi, qolganiga yuz-ko‘zlarini chaydi. So‘ng onasining yelkalaridan quchib, yuzlaridan o‘pib ancha yig‘ladi...
G‘alati bo‘lib ketdim. Onaning oyoqlarini yuvib qo‘yishni tushunsa bo‘lar, lekin nopok suvni ichish shartmidi? Yigit bu bilan nimani isbotlamoqchi? Jannat onalarning oyoqlari ostida bo‘lsa, demak, onalarning oyoqlari yuvilgan suv ham muqaddas bo‘lib qoladi, demoqchimi? Agar shunday o‘ylasa, bu ilmsizlik, omilikdan boshqa narsa emasku. Omilik esa jaholatning boshlanishi. Uning bu «o‘ziga xos mehr-muhabbati»dan ta’sirlanganlar, hatto qoyil qolganlar ham bo‘lgandir ehtimol. Hamma gap aslida ana shunda. Hadislarni, oyatlarni o‘zicha talqin qilish va buni ommaga tarqatish ko‘pchilikni, ayniqsa, dindan uncha xabardor bo‘lmagan yoshlarni chalkashtirib qo‘yishi turgan gap. Onalar muqaddas ekan, ularning oyoqlari yuvilgan suvni bemalol ichish mumkin ekan, degan tushunchalarning paydo bo‘lishi yaxshilikka olib bormaydi. Yana bitta bid’at, xurofot paydo bo‘lgani qoladi.
Mening diniy bilimlarim yetarli emasdir. Lekin shuni aniq bilamanki, Islom dini avvalo poklik dinidir. Poklik, tozalik degan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi barchamizga ma’lum. Ular hech qanday kir, zarar va shu kabi salbiy ta’sirlar aralashmagan holat yoki narsani anglatadi. Rangi, hidi, ta’mi o‘zgarmagan toza suv, pokiza libos va hokazo. Bularning barchasi moddiy tozalikdir. Ammo ma’naviy poklik ham borki, bu poklik insonning ichki dunyosida, qalbida, ruhida bo‘ladi. Demak, uning moddiy pokligi ham ma’naviy poklikdan kelib chiqadi. Haqiqiy poklik – ham moddiy, ham ma’naviy poklikning qanday bo‘lishini esa bizga muqaddas Islom dinimiz o‘rgatadi. Zero, Islomning o‘zi poklik asosida bunyod bo‘lgandir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, yigitning oyoqlar yuvilgan suvni ichishi mantiqsizlik bo‘lishi bilan birga poklikka ham zid amaldir. Zero, dinimiz bizni nafaqat nopok yoki harom, balki shubhali narsalarni ham yeb-ichishdan qaytaradi.
Shu kabi tasvirlarda yana bir yomon qusurimizni ko‘rgandek bo‘laman: RIYOKORLIK. Avvalo, har kimning onasi o‘ziga aziz, har kim onasini o‘zicha ardoqlaydi. Lekin, ko‘rib qo‘yinglar, men onamni yaxshi ko‘raman, mana oyoqlarini ham yuvyapman, mendan mehribon farzand yo‘q, qabilida ish tutib, mehribonchiligini ommaga ko‘z-ko‘zlash riyokorlikdan boshqa narsa emas. Dinimiz esa riyokorlikdan saqlanishga chaqiradi.
Zero, barchamiz onalarimizni boshga ko‘tarishga, ularga hamisha shafqatli, xokisor bo‘lishga, xizmatlarida bo‘lishga buyurilganmiz. Faqat bu buyruqni chin dildan, samimiy, Alloh rizoligi uchun amalga oshiraylik. Onalarimizni riyokorlik nishoniga aylantirmaylik!
Download 40.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling