Buxoro viloyati Peshko` tuman 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi tarix fani o`qituvchisi Oysara Sanoyevaning


-yilgi saylovlarda islom dini tarafdorlarining Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlament saylovlarida g‘alaba qozondi


Download 1.85 Mb.
bet4/6
Sana05.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1080672
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1991 2017 yillarda turkiya respublik[1]

2002-yilgi saylovlarda islom dini tarafdorlarining Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlament saylovlarida g‘alaba qozondi.


Rejep Tayyip Erdo‘g‘on
XXI asrda Turkiya. 2000-yillarda ham harbiylar va islom dini tarafdorlari o‘rtasidagi munosabat Turkiya uchun asosiy muammo boiib qoldi. 2007-yili o‘ta millatchi «Ergenckon» yashirin tashkilotining faoliyati bilan bogiiq tergov va qamoqqa olishlar boshlandi. Turkiya sudi uch nafar iste’fodagi generallarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda aybdor deb topdi va 20 yildan qamoq jazosiga hukm qildi. Turli muddatga qamalganlar orasida yozuvchilar, jurnalistlar, professorlar va parlament deputatlari ham bor edi. Bu tashkilot a’zolari R.Erdo‘g‘on hukumatini ag‘darib tashlashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblandi. 2016-yili Turkiya harbiylari navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Bir qator harbiy qismlar Anqara, Istanbul, Marmaris, Ko‘nya va Malate shaharlarida strategik muhim obyektlarni o‘z nazoratiga olishga urindi. Istanbul shahridagi prezident qarorgohi samolyotlardan bombardimon qilindi. Ayni paytda isyonchilar Istanbul va mamlakat poytaxti Anqara shaharlaridagi xalqaro aeroportlarni o‘z nazoratiga oldi. R. Erdo‘g‘on isyonchilar egallashga ulgurmagan telekanal orqali xalqqa murojaat qildi. Aholi prezidentni qoilab shaharlarda namoyishga chiqdi. To‘ntarishga urinish jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoralandi. Isyon bostirildi. 60 mingdan oshiq kishi, asosan armiya ofitserlari qamoqqa olindi. Turkiya armiyasida, davlat apparatida tozalash o‘tkazildi. Muxolifatga aloqador deb hisoblangan o‘nlab gazetalar, telekanallar yopildi.

R. Erdo‘g‘on sud hukmiga ko‘ra siyosiy lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilinganligi uchun bosh vazir lavozimini Abdulloh Gul egalladi.


Abdulloh Gul
2017-yil aprelda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, Turkiyada prezident boshqaruvi joriy qilindi.Harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin muxolifatga qarshi qat’iy harakatlari uchun AQSH va Y I tomonidan tanqidga uchragan Turkiya hukumati Rossiya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Turkiya prezidenti R. Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti V. Putin bilan bir necha bor uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida uzilib qolgan savdo, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni tiklashga kelishib oldi. 2017-yil noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida V. Putin, R. Erdog`on va Eron prezidentiH. Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, unda terrorchilikka qarshi hamkorlikda kurashishga, Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaror qilindi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling