Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 32 umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak
Download 161 Kb.
|
1 2
Bog'liq823 баённома карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 16—июнь Romitan tuman Decha MFY, Decha q/q
- Kun tartibi
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 32 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 823-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruhning BAYONNOMASIDAN № 9 ko‘chirma 2022-yil 16—июнь Romitan tuman Decha MFY, Decha q/q Qatnashdilar : 1. Ishchi guruh raisi: X.Mirzayev 2. Ishchi guruh kotibi: F.Razakov A’zolari: 3. MMIBDO‘: X.Shodiyeva 4. KUQ raisi: E.Hafizov 5. Fransuz tili fani o‘qituvchisi: D.Nurullayeva 6. Kuzatuv kengashi raisi: T.Nazarov 7. Ona-onalar qo‘mitasi raisi: A.Baqoyev Kun tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 823-sonli qaroriga muvofiq maktab pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun o‘tgan 2021-2022-o‘quv yili yakunlari asosida ishchi guruhi tavsiyalariga asosan ustama haq belgilash to‘g‘risida (Ma’ruzachi, O‘TIBDO‘ F.Razakov) Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan maxsus komissiyaning mas’ul kotibi, O‘TIBDO‘ F.Razakovning axboroti eshitildi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrda 823-sonli qarori qabul qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom qarorga muvofiq tasdiqlandi. Jamg‘arma umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: 65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz; 71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz; 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz; 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz; 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz; 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz; 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz. Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: 65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz; 76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz; 86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz; Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: 65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz; 76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz; 86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz; Shu bilan birga umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari, kutubxonachi, psixologlarning bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanishini, umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog-xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 5 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkinligi, bunda fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashma rahbariga o‘qituvchiligi bilan birga qo‘shib hisoblaganda Jamg‘arma hisobidan beriladigan bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq 40 (yoki 100) foizdan oshmasligi lozim ekanligini ham ma’ruzachi o‘z so‘zida aytib o‘tdi. Ma’ruzachi 823-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomning qolgan barcha bandlari bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tib quyidagi fikrlarni bildirdi, Yuqoridagilarni inobatga olib, o‘tgan 2021-2022-o‘quv yili barcha pedagog xodimlar tomonidan 823-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomning baholash mezonlari asosida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha yig‘ma jildlar tayyorlab, Ishchi guruhga topshirdilar. Ishch guruh a’zolari yig‘ma jilddagi asoslovchi hujjatlarni o‘rganib, pedagog-xodimlarning o‘tgan 2021-2022 o‘quv yilidagi ishlarini monitoring qildi. Ma’ruzachi maktabda 2021-2022 o‘quv yilida faoliyat ko‘rsatgan pedagog xodimlar (o‘qituvchilar, kutubxonachilar, psixologlar)ni ishlariga ishchi guruh tomonidan berilgan tahliliy natijalarni quyidagi jadvalda keltirilganligini ham aytib o‘tdi:
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan har bir pedagog xodimning to‘plagan bali yana bir bor ishchi guruh tomonidan xolisona, odilona, shaffof tahlil etildi va bir ovozdan 35 nafar xodimlardan 2 nafariga 2022-2023-o‘quv yilida ustama olishga haqli deb hisobladilar Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling