Buxoro viloyatining 2022 yil mahalliy byudjet parametrlari
Download 127.95 Kb.
|
Buxoro viloyatining 2022 yil mahalliy byudjet parametrlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyat byudjet parametrlarini ishlab chiqishda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2022-2024 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari hisobga olingan.
- Xususan, 2022 yilda aylanmadan olinadigan soliq - 100% , jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 20%, ( Buxoro shahriga-8%
Buxoro viloyatining 2022 yil mahalliy byudjet parametrlari 2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 2 904,0 mlrd. so‘m, xarajatlari 3 346,0 mlrd. so‘m prognoz qilingan hamda respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 442,0 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan. Viloyat byudjet parametrlarini ishlab chiqishda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2022-2024 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari hisobga olingan. Xususan, YaHM o‘sish sur’ati 2022 yilda 6,7% (42 315,0 mln.so‘m), 2023 yilda 7,0% (48 818,0 mln.so‘m) va 2024 yilda 7,6% (56233,0 mln.so‘m)ni tashkil qilishi prognoz qilingan. Sanoat sohasining o‘sish sur’ati mos ravishda 2022 yilda 6,6%; 2023 yilda 7,0%; 2024 yilda 9,0%, qishloq xo‘jaligi sohasining o‘sish sur’ati mos ravishda 2022 yilda 3,1%; 2023 yilda 3,5%; 2024 yilda 3,7% hamda chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati mos ravishda 2022 yilda 6,5%; 2023 yilda 10,7%; 2024 yilda 11,4% bo‘lishi prognoz qilingan. Viloyat mahalliy byudjetining daromadlari qismi asosan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (jami viloyat byudjeti daromadiga nisbatan 16,5%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (43,3%), benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (15,9%), yuridik shaxslarni yer solig‘i (13,4%) va mol-mulkiga solinadigan soliq (1,9%), davlat bojlari (3,6%), jarimalar (2,9%) va boshqa daromadlarni tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi. Hududlarga bosqichma-bosqich berilayotgan moliyaviy mustaqillik natijasida kupgina soliq turlari tuman va shahar mahalliy byudjeti ixtiyoriga qolmoqda Xususan, 2022 yilda aylanmadan olinadigan soliq - 100%, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 20%, (Buxoro shahriga-8%), yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 100%, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - 100%, noruda materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i - 100%, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 100%, yig‘imlar - 100%, davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari - 100% tuman va shahar mahalliy byudjetlarini ixtiyoriga qoladi. 2022 yilda viloyat byudjetidan tuman va shahar byudjetlariga ajratiladigan transfertlar va hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy 2 325,8 mlrd.so‘mni tashkil qiladi. Ushbu xarajatlar quyidagicha hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga taqsimlanadi, ya’ni sog‘liqni saqlash boshqarmasi – 19,4%, xalq ta’limi boshqarmasi – 12,6%, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi – 7,9%, Maktabgacha ta’lim boshqamasi –2,0%, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi – 2,7% va boshqa tashkilotlarga – 14,5%. Viloyat mahalliy byudjetining umumiy xarajatlarini 40,9%i (951,3 mlrd.so‘m) tuman va shahar mahalliy byudjetlariga transfertlar ko‘rinishida ajratiladi. Yuqori byudjetdan ajratiladigan transfert viloyat mahalliy byudjetiga 442,0 mlrd.so‘mni va tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga 951,3 mlrd.so‘m ni tashkil qiladi. Tuman (shahar)lar ichida G‘ijduvon – 116,3 mlrd.so‘m, Shofirkon – 108,7 mlrd.so‘m, Jondor – 102,2 mlrd.so‘m, Qorako‘l – 101,2 mlrd.so‘m tumanlariga eng ko‘p transfert ajratilishi rejalashtirilgan. Eng kam transfertlar Buxoro shahar – 3,7 mlrd.so‘m va Kogon shahri - 28,3 mlrd.so‘m miqdorda ajratiladi. Download 127.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling