Buxoro xonligida ilm fan
Download 24.84 Kb.
|
Buxoro xonligida ilm fan 5555
Buxoro xonligida ilm fan Shayboniy hukmdorlar orasida ham o‘qimishli, ziyoli davlat arboblari bor edi. Ular madrasa ta’limini olgan, dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan shaxslar edi. Shuningdek, o‘zbek, fors va arab tillarini bilishgan. Ayniqsa, she’riyat borasida o‘ta iste’dodli bo‘lishgan. Forschani g‘azal yozish darajasida mukammal egallashgan. Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining xizmati katta bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, shay boniylar temuriylar davrida yurtmizda yuksak rivojlangan va dunyo e’tirof etgan ilm-fanga munosib voris bo‘la olmadilar, Shayboniylar davrida tibbiyot, matematika va astronomiya kabi fanlar ma’lum darajada rivojlandi. Tibbiyot ilmidagi rivojlanish o‘z zamonasida „tabiblar iftixori“ deb sharaflangan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, ko‘z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, „Davolash bo‘yicha dastur“ asari muallifi Sultonali Samarqandiy, ,,Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob“ asarlari bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulloh Kahhol kabi alloma tabiblarning nomlari bilan bog‘liqdir. Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkaviylar matematika, Muhammad Husayni Buxoriy „Qib- la tomonini topish ma’rifati“, Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa „Oy fazolarining tengligi haqida risola“ asarlari bilan astronomiya fanlari rivojiga munosib hissa qo‘shdilar. Afsuski, ashtarxoniylar davrida jamiyat hayotida diniy mutaassiblik keng yoyildi. Barchadan diniy aqidalarga so‘zsiz itoat etish talab etildi. Bu omillar ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsa-da, ilm-fan to‘xtab qolgani yo‘q. Xususan, Mir Arab madrasasining mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya va boshqa fanlarga oid 20 dan ortiq asar yozib qoldirgani buning dalilidir. Ular orasida „Xoqonga foydali maslahatlar“ asari alohida ahamiyatga ega. Subhonqulixon hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurildi va bemorlarni da volash ishi yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlandi. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo‘lgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo‘yicha davolash“ nomli kitob ham yozib qoldirdi. Download 24.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling