Buxoroda navoiy izlari bor


Download 15.01 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi15.01 Kb.
#1299634
Bog'liq
BUXORODA NAVOIY IZLARI BOR


BUXORODA NAVOIY IZLARI BOR

Qadim buxoro xududida ham ulug' shoirimiz Alisher Navoiyning 550 yillik to'yiga katta tayorgarlik ko'rilmoqda. Muxbirimizning O'zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo'limining masul kotibi, shoir Toshpo'lat Axmedov bilan suhbati ana shular xususida bo`ldi:- Navoiy birgina o'zbek xalqininggina emas,O'rta Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va barcha taraqqiyparvar insoniyatning ulug' shoiridir. Uning qalamiga mansub asarlardagi yuksak badiiy obrazlar, u quilagan Vatanparvarlik, insonparvarlik, sevgi va sadoqat, tinchlik va osoyishtalik kabi g'oyalar mangulikka daxldordir. Bir so'z bilan aytganda, Navoiy — bashariyat shoiri! Uning to'yini munosib nishonlash uchun viloyat timizda yubileyga tayyorgarlik ishlarini olib boruvchi Va uni o'tkazuvchi maxsus qo'mita tuzilgan. Bu qo'mita joylarda Navoiy nomini abadiylashtirish va merosini xalqqa yetkazish borasida hayrli ishlar qilmokda. Ayni paytda bo'limimiz ham boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda qator tadbirlar o'tqazdi. Buxoro texnologiya va tibbiyot oliygohlari olimlari bilan hamkorlikda "Navoiy gulshani" mavzuida musiqali adabiyot kechalar uyushtirildi. Shahar ijroqo'mi huzuridagi tarixiy atamalar kengashi bilan bamaslahat qadimiy shahrimizga tutash turtta yangi ko'chaga Navoiyning ustozi hamda uning zamondoshlaridan — Abdurahmon Jomiy Xo'ja Ismatullo Buxoriy, Maxmud Muzahhib, Saifi Buxoriyning. Bu ko'chalar Alisher Navoiy nomidagi shoh ko'cha bilan tutashib ketdi. Ramziy manoda aytsak, ulug‘ shoirlar qadim Buxoro zaminida qayta uchrashganday bo'ldi. Fevral oyining dastlabki kunlarida esa Buxoro tumanidagi Navoiy nomidagi maktabning yuqori sinflarida navoiyxonlik darslari o'tkazildi. Bunda ijodkorlar hamda Buxoro pedagogika oliy bilimgohi olimlari ishtirok etdilar. Xuddi shu maktabda istedodli yosh haykaltarosh Hamro Zoyirov ayni kunlarda ulug' adibning “Xamsa” dostonlari asosida inson va hayot go'zalligini tarannum etuvchi haykallar turkumini yaratishda davom etmoqda. Bu haykallar shu tumanning eng obod joylaridan biriga o'rnatiladi va ularni ochish marosimi sentabr oyida o'tqazish mo'ljallanmoqda. Buxoro pedagogika oliygohi olimlari hamda G'ijduvon tumani xalq maorifi bulimi xodimlari tashabbusi bilan Hamid Olimjon nomidagi maktabda "Qayta qurish talablari asosida umumta'lim madaniyat maskanlarida Navoiy ijodini o'rganish muammolari» mav- zuida ilmiy-metodik konferensiya, oliygohning o'zida "Navoiy dillararo ko'prikdir” mavzusida adabiy kecha o'tqazildi. Bo'limimiz ijodkorlari. "Kitobxon" hamda "Bilim" jamiyati azolari bilan Navoiy nomi bilan ataladigan jamoa xo'jaliklari, maktalar, kutubkhonalarda “Navosiz elning navobaxshi bul" "Sheriyat mulkining sultoni" temalarida qator adabiy anjumanlar uyushtirdilar.Shuningdek,viloyat radio eshittirish qo'mitasi hodimlari bilan hamkorlikda "Meros" nomli adabiy-musiqali radiojurnal tashkil etdik. Bu jurnalining ikki eshittirishi Navoiy abadiyatini tarannum etishga bag'ishlandi. Viloyatimizning shoir nomi bilan atalgan tumani va shahrida o'tqazilgan tadbirlarni alohida takidlab o'tish kerak. Bu yerda yil davomida navoiikxonlik kechalari boshidan navoixonlik kechalari boshlaydi. Bir hafta davom etgan ushbu tantanalarda jumhuriyatimiz poytaxti Samarqand, Buxoro shaharlaridan navoiyshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, adabiyot va san'at namoyandalari qatnashdilar. Shu yil sentamber dizayni esa Navoiy tumani markazida buyuk adibning salobatli haykali qad rostlaydi hamda navoiyxonlik kunlari davom etadi.Xullas, Xirotdan qadim Samarqandga safar qilayotib, hazrati Bahovaddin Naqshbandiy xoki poini ziyorat qilgan, Buxoroyi Sharif shan-shavkatini yuragiga in-qishof etgan Alisher Navoiyning tabarruk to'yi bu zaminda ulkan tantanalar bilan nishonlanadi.
Download 15.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling