Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi. Mua’mmoli masala misolida hamshiralik jarayonini yuritish


Download 30.33 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi30.33 Kb.
#1571938
1   2   3   4
Bog'liq
buyrak kasaliklari

Piyelonefrit.
Piyelonefrit-bu buyrak parenximasining va buyrak jomlarining,kosachalarining nospetsifik infeksion yallig’lanishidir. Klinik kechishi bo’yicha kasallik ikki turga bo’linadi: o’tkir (birlamchi) piyelonefrit, surunkali (ikkilamchi) piyelonefrit.
Sabablari:
  • sovqotish;


  • siydik chiqib ketishini buzilishi;


  • xomiladorlik;


  • infeksion kasalliklar, surunkali infeksiya o’choqlari (tonzillit, angina, tish kariyeslari, sistit va h.k.);


  • organizmda moddalar almashinuvining buzilishi ( qandli diabet, tireotoksikoz, semizlik va h.k.);


  • siydik yo’llarida o’tkaziladigan muolajalar (sistoskopiya, retrograd urografiya);


  • buyrak-tosh kasalligi, prostate bezi adenomasi.





Kasallikning klinik belgilari:


  • tana haroratining ko’tarilishi;


  • holsizlik, ko’ngil aynishi, qayd qilish, bosh o’g’rishi, artralgiya, mialgiya;


  • bel sohasida simillab turuvchi o’g’riq, dizuriya, siydik ajralish vaqtida o’g’riq;


  • qon bosimining oshishi (simptomatik gipertoniya);


  • teri quruq, yer rangiga o’xshash;


  • Pasternatskiy simptomi jarohatlangan tomonda musbat;


  • qonda – leykositoz, EChT oshgan, anemiya;


  • siydik umumiy taxlilida: proteinuriya, leykosituriya, bakteriuriya;


  • Zimnitskiy usuli bo’yicha siydik tekshirilganda – nikturiya, buyraklarning konsentratsion funksiyasini pasayishi.


Tekshirish va tashxisot usullari:




  • bevosita va bilvosita tekshirish;


  • siydikni umumiy tahlili;


  • Zimnitskiy sinamasi;


  • Nechiporenko sinamasi;


  • siydikni, mikroblarni va ularni antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash;


qonda mochevina va kreatinin miqdorini aniqlash;




  • buyrak va siydik yo’llarini ultratovush tekshiruvi yordamida tekshirish


  • buyrak rentgenografiyasi




Davosi:
O’tkir piyelonefritni o’tkir davrida davolash 6 oy davomida olib boriladi, surunkali piyelonefritning qo’zish davrida 3 oy mobaynida davo olib boriladi.

  • parxez, stol №7;


- sutkasiga 1,5 litrgacha suyuqlik iste’mol qilish;


- qon bosimi baland bo’lsa, tuz miqdori cheklanadi;
- antibiotiklar – amoksitsilin 500 mg x 3 mahal;
- sulfanilamide preparatlari – sulfadimitoksozol, trimetokrim
- sefoleksin 500 mg x 3 mahal;
- uroseptiklar: 5- NOK, nitroksolin, furagin, furasemid, urosulfan, biseptol; Antibakterial davo uzoq davom etishi kerak. Uni har oyda 10 kun davomida o’tkazgan ma’qul, qolgan kunlari esa har xil dorivor o’tlar bilan davolash davom ettiriladi: makkajo’xori popugi, suli, oq qayin kurtagi, yalpiz bargi, fitolizin.
Ikki tomonlama surunkali piyelonefritda siydik ajratish funksiyasi buzilmasa, diurezni oshirish uchun bemorlarni sanatoriy – kurortlarda davolash tavsiya etiladi.

Sistit.

Sistit-siydik qopining (qovuqning) yallig’lanishidir.Bu kasallik gematogen yo’l bilan,limfa yo’llari,siydik yo’llari bilan qovuqqa infeksiya tushishi natijasida paydo bo’ladi.Aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmaydigan bo’lsa,qovuqqa kateter qo’yilganda ko’pincha unga infeksiya o’tib qoladi.

Klinik belgilari.
Sistitning asosiy klinik belgisi-tez-tez va og’riqli siyishdir.Qorinnig pastida zirqiraydigan va achishtiruvchi og’riqlar paydo bo’ladi.Siyish paytining oxirida siydik chiqarish kanalida qattiq achishish paydo bo’ladi.Siydik ba’zan loyqa bo’lib tushadi,unda leykositlar,eritrositlar,epiteliy xujayralari bo’ladi.


Davosi.
Sistitni davolashda o’tkir taomlar ratsiondan olib tashlanadi.Antibiotiklar, urotropin,5-NOK buyuriladi.Qovuq protargolning 0,5%li eritmasi bilan yuvib turiladi.


REFERAT


MAVZU: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi.Mua’mmoli masala misolida hamshiralik jarayonini yuritish.

Bajardi: Raxmonova Nargiza
Nurmamatova Muxayyo
Tekshirdi: Alijonova Matluba Otajonovna
Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling