Buyrug‘i denov tumani mudofaa ishlari bo‘limining 2022-yil 9-sentabrdagi 918-sonli xatining ijrosi haqida
Download 168.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Ватан таянчи буйруғи 2022 сентябрь
- Bu sahifa navigatsiya:
- DENOV TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING 14«9»2022 yil. 229-8-111-XT/2022-son
- LN0461150066 Hulosa kodi UL1567886420 Buyruq bilan tanishdim _____________
BUYRUG‘I Denov tumani mudofaa ishlari bo‘limining 2022-yil 9-sentabrdagi 918-sonli xatining ijrosi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy –vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 150-sonli qarori,O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022- yil 27-aprelidagi ”Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy–vatanparvarlik harakati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son buyrug‘i hamda Denov tumani mudofaa ishlari bo‘limining 2022-yil 9-sentabrdagi “Umumta’lim maktablarida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlash harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 918-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy –vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 150-sonli qarori,O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 27-aprelidagi ”Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy–vatanparvarlik harakati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son buyruqlari inobatga olinib Denov tumani mudofaa ishlari bo‘limining 2022-yil 9-sentabrdagi 918-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu buyruq bilan 2022-2023- o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari orasidan 20 nafardan iborat a’zosi bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari (ota onasining rozilik arizasiga binoan) ixtiyoriylik asosida tashkil etilsin. 3. Bolalarni ijtimoiy psixologik qo’llab-quvvatlash markazi metodisti(X.Bozorov)ga: Umumta’lim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilishini tuman mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda nazoratga olish hamda harakat faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga metodik yordam berish vazifasi yuklatilsin. 4. Tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlariga: -O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 27-aprelidagi ”Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy–vatanparvarlik harakati to‘g‘risidagi DENOV TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING 14«9»2022 yil. 229-8-111-XT/2022-son nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son buyrug‘ining ilovasi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy –vatanparvarlik harakati to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida ishlarni tashkil etish, jumladan; -Vatan tayanchi” otryadi a’zolarini tarix fanidan hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimi bo‘yicha nazariy sinovlardan o‘tgan o‘quvchi yoshlar orasidan tanlab olish; -har bir otryad a’zosiga shaxsiy yig‘ma jild (yig‘ma jildda 10-11-sinf o‘quvchilarining a’zo bo‘lish to‘g‘risida ixtiyoriy yozgan arizasi, ota-onasining yozma rozilik arizasi, sinf rahbari tomonidan berilgan tavsiya, otryad a’zosi anketasi,tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi)ni yuritish; -umumiy o‘rta ta’lim muassasasida “Vatan tayanchi” otryadini tuzish va unga rahbarlik qilish, otryadga oid xujjatlarni yuritilishini maktabning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi zimmasiga buyruq asosida biriktirish; - har bir maktabning xovlisiga ko‘zga ko‘rinadigan joyda ”Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy–vatanparvarlik harakati faoliyatini aks ettiruvchi bannerlar tashkil etish hamda maktab o‘quvchilarini ushbu harakatning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ishlarini yo‘lga quyish vazifalari yuklatilsin. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish bo‘lim mudiri o‘rinbosari A.Meliyev zimmasiga yuklatilsin. Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. CHORI XAYDAROV TURAPOVICH Imzolangan sana 14 сен 2022 09:11 Hujjat kodi LN0461150066 Hulosa kodi UL1567886420 Buyruq bilan tanishdim _____________ (xodimning imzosi) _______________ (F.I.Sh.) Buyruq bilan tanishdim _____________ (xodimning imzosi) _______________ (F.I.Sh.) Buyruq bilan tanishdim _____________ (xodimning imzosi) _______________ (F.I.Sh.) Download 168.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling