Buyruq tartibida ish yuritish


Download 8.54 Kb.
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi8.54 Kb.
#1698769
1   2   3
Bog'liq
Buyruq tartibida ish yuritish S.Abdullayev

Davlat boji.

  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
  • Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
  • Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.

Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati.

  • Arz qilingan talabning mazmuni bo‘yicha sud buyrug‘i ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi.
  • Sud buyrug‘i sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz beriladi.
  • Sud buyrug‘i sudya tomonidan imzolanadi.
  • Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz kelib tushmasa, sudya undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq ko‘chirma nusxasini ijroga taqdim etish uchun beradi.
  • Undiruvchining iltimosiga ko‘ra sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.
  • Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun yuboriladi.

Qarzdorga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini yuborish.

  • Sud buyrug‘i berilganidan keyin sud uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi.
  • Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi.

  • Sud buyrug‘i u berilgandan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.

 Sud buyrug‘ini bekor qilish.

  • Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da’vo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
  • Alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

Download 8.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling