Buyruqlar tizimi arxitekturasi; Bizning dasturimiz tizimda bajarilgandan sung, tizimda nima


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1437492
1   2
Bog'liq
3.1-amaliy ish

Operandalarning formatlari - Mashina ko‘rsatmalari operandlar 
deb ataladigan ma'lumotlar ustida amallar bajariladi. Operandlarning eng 
keng tarqalgan (asosiy) turlariga quyidagilar kiradi:
1. Manzillar
2. Sonlar
3. Simvillar
4. Mantiqiy ma’lumotlar


 Bevosita manzillash (Immediate)-
Operandni ko‘rsatishning eng oson 
usuli operandning manzilini yoki operandning joylashgan joyini 
tavsiflovchi boshqa ma'lumotlarni emas, balki uni o‘zi manzil qismida 
saqlashdir
To‘gridan-to‘g’ri manzillash (Direct)-
Operandni aniqlashning 
navbatdagi
usuli bu shunchaki uning to‘liq manzilini berishdir.
Bilvosita manzillash (Indirect) -
Operandni aniqlashda xotiraning 
biror manzilini ko‘rsatkich rolini bajaradi.
• 
Registrli manzillash (Registr) - Ro‘yxatdan o‘tish manzillari 
to‘g'ridanto‘g'ri manzilga o‘xshab ketadi, faqat bu holda xotira 
yacheykasi o‘rniga registr ko‘rsatiladi. Registrlar juda muhim bo‘lganligi 
sababli (tezkor kirish va qisqa manzillar tufayli), ushbu manzillar rejimi 
ko‘pchilik kompyuterlarda eng keng tarqalgan.   


• 
  
Bilvosita registrli manzillash (Registr) - Bilvosita adreslashning 
afzalligi shundaki, yo‘riqnomada to‘liq manzilsiz xotiraga kirish
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu buyruqni qayta-qayta bajarish 
orqali registrdagi qiymatni o‘zgartirib, har xil xotira so‘zlaridan 
foydalanishingiz mumkin.
• 
Indeksli manzillash (Index) - Bilvosita adreslashning 
afzalligi shundaki, yo‘riqnomada to‘liq manzilsiz xotiraga kirish
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu buyruqni qayta-qayta bajarish 
orqali registrdagi qiymatni o‘zgartirib, har xil xotira so‘zlaridan 
foydalanishingiz mumkin.


Tizim qo‘shilishidan to o‘chishigacha protsessor o‘zining asosiy 
vazifasini (uzliksiz, bir laxzada) ko‘rlarcha va ko‘pmarotiba bitta ishni 
bajaradi. U komandalar schetchigi ko‘rsatgan intruksiyani hotiradan 
o‘qiydi. Bit intruksiyasini interperitatsiya (izoxlash, sharxlash) qiladi, 
intruksiyalangan oddiy ishlarni bajaradi, keyingi adres intruksiyada 
ko‘rsatilingan schetchik qiymatini yangilaydi, tizimda bajarilish uchun 
berilganmi, berilmaganmi farq qilmagan xolda.
Yuqoridagilarga mos keluvchi bir nechta amallar mavjudki, ular 
assoiy xotira, registrlangan fayl va AMQ orasida sirkulatsiyalanadi.
REGISTRLANGAN FAYL- katta bo‘lmagan hotira qurilmasi, bir 
so‘z rezmeriga mos keluvchi registrlarning jamlamasidan iboratki, 
ularning har biri o‘zining noyeyob nomiga ega. Bu qurilma 
ma’lumotlarning yangi qiymatlarini va adreslarini hisoblaydi. Quyida biz 
u yoki bu instruksiya talabini bajarilishi uchun protsessor amalga 
oshiradigan oddiy ishlardan misol keltiramiz.  
• 
Yuklash-bayt yoki so‘zni asosiy xotiradan registrga ko‘chiradi, shu 
joyda mavjud oldingisini siqib chiqaradi.
• 
Esda saqlash- bayt yoki so‘zni resistrdan aosiy xotiraning katagiga 
(yacheykasiga) ko‘chiradi. Oldin shu joyda mavjudini siqib chiqaradi.


• 
Ma’lumotlarni yangilaydi (obnovleniye)- AMQ ning ikkita
registrini qamrab olgan ma’lumotlarini ko‘chirish, bu ikkita so‘zni 
joylashtirish va natijani bita registrda saqlash, registrda oldin mavjud 
bo‘lgan ma’lumotni yo‘qotish. Kiritish va chiqarishlarni o‘qish- 
kiritish va chiqarish qurilmalaridan so‘z yoki baytni registrga ko‘chirish.
• 
Kiritish va chiqarishlarni yozish- registrdagi bayt va so‘zni kiritish 
va chiqarish qurilmalariga ko‘chirish.
• 
Almashtirish – instruksiyadan so‘zni chiqarish va uni buyruqlar 
schyotchigiga kuchirish, u yerda mavjudini siqib chiqarish.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan yirik tizimlarini tadqiq 
qilishda mashinali modellash usuli eng samarali usul bo‘lib qoldi va usiz 
ko‘pgina yirik xalq xo‘jalik muammolarini yechish mumkin emas. 
Shuning uchun muxandissistematexniklarni tayyorlashda dolzarb 
masalalardan biri - matematik modellash nazariyasi va usullarini 
o‘zlashtirish hisoblanadi. Bular nafaqat o‘rganilayotgan ob’ektlar 
modellarini qurish, ular dinamikaisni taxlil qilish va model bilan 
mashinali 
eksperimentni 
boshqarish 
imkonini 
beradi, 
balki 
o‘rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarning monandligi 
xaqida ma’lum miqdorda, qo‘llanish chegarasida fikr yuritish 
mumkinligi 
hamda 
zamonaviy 
hisoblash 
texnika 
vositalarida 
tizimlarning modellashni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi. Mashinali 
modellashning matematik, algoritmik, dasturiy va amaliy jixatlarini 
ko‘rishdan avval, hisoblash texnikasi vositalarida amalga oshirilayotgan 
ob’ektlar matematik modellarining keng sinfi uchun umumiy 
metodologik jixatlarini o‘rganish kerak. Hisoblash texnikasi 
vositalaridan foydalanib modellash real ob’ektda katta yoki kichik tezlik 
bilan o‘tayotgan xodisalar mexanizmini tabiiy tajribalarda qisqa vaqt 
davomida bo‘lib o‘tadigan yoki o‘tishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladigan 
o‘zgarishlarning ishonchli natijalarini olish imkonini beradi.


Mashinali model kerak bo‘lganda xaqiqiy vaqtni shartli “cho‘zish” yoki 
“siqish” imkonini beradi, chunki mashinali modellash reallikdan 
farqlanadigan tizimli vaqt tushunchasi bilan bog‘liq. Undan tashqari, 
dialogli tizimda mashinali modellash
ABT personalini ob’ektni boshqarishda, masalan boshqarish jarayonini 
amalga oshirish uchun kerakli amaliy malakani ishlab chiqish zarur 
bo‘lgan ishbilarmon o‘yinlarni tashkil etishda yechimlar qabul qilishga 
o‘rgatadi.
Tizimning mashinali modellash mohiyati o‘zida ayrim dasturiy 
majmuani ifoda etadigan model bilan hisoblash mashinasida tajribani 
o‘tkazishdan iborat bo‘lib, uning ishlash jarayonini S tizim 
elementlarining shaklan va (yoki) algoritmik tavsiflaydi, ya’ni ular bir-
biri bilan va tashqi muxit E bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Mashinali 
modellash tizimning ishlash sifatini baxolash mezonini aniq ifoda etish 
va uning maqsadi to‘la shakllanishi qiyin bo‘lgan xollarda 
muvaffaqiyatli qo‘llaniladi, chunki u EHM ning dasturiy – texnik
imkoniyatlarining insonning noformal kategoriyalar bilan fikr yuritishini 
birga olib borish imkonini yaratadi. Kelajakda turli pog‘onadagi 
ABTlarni yaratishda tadqiqotning eng samarali vosita sifatida shaxsiy va 
malakaviy EHM yordamida tizimlarni modellashga asosiy diqqat-e’tibor 
qaratiladi.
S tizim ishlash jarayonining M modeliga qo‘yiladigan asosiy 
talablarni ifodalaymiz:
Modelni to‘liqligi foydalanuvchiga tizimning talab qilinadigan 
aniqlik va ishonchlilik bilan harakteristikalar baxolarining zarur 
to‘plamini olish imkonini berishi kerak.
Struktura, algoritm va tizimning parametrlari variatsiyalaganda 
turli vaziyatlar tiklanish imkonini modelning moslanuvchanligi 
ta’minlashi kerak.


Mavjud resurslarga cheklanishlarni hisobga olganda yirik tizim 
modelini ishlab chiqish davomiyligi va amalga oshirilishi imkon boricha 
minimal bo‘lishi kerak.
Modelning strukturasi blokli bo‘lish kerak, ya’ni butun modelni 
qayta ishlamasdan almashtirish, qo‘shish va chiqarib tashlash imkoniga 
ega bo‘lishi kerak.
Axborot ta’minoti ma’lum sinfdagi tizimlarning ma’lumotlar 
bazasi bilan modelning samarali ishlash imkoniga yo‘l berishi kerak.
Dasturiy va texnik vositalar modelning samarali (tez ishlash va 
xotira bo‘yicha) mashinali amalga oshishi va foydalanuvchining u bilan 
qulay muloqotini ta’minlashi kerak.
Chegaralangan hisoblash resurslari mavjudligida tizim modeli 
bilan 
taxliliyimitatsion 
yondashuvdan 
foydalanib 
maqsadga 
yo‘naltirilgan (rejalashtirilgan) mashinali tajribalarni o‘tkazishni amalga 
oshirish kerak.
Ushbu talablarni hisobga olib, S tizimlarni hamda ularning 
nimtizimlari va elemenlarni EHMda modellashda xaqqoniy bo‘lgan 
asosiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz. S tizim mashinali modellashganda 
uning ishlash jarayonining harakteristikalari M model asosida aniqlanadi. 
M model modellash ob’ekti xaqida mavjud kirish axborotdan kelib 
chiqib quriladi. Ob’ekt xaqidagi yangi axborot olinganda, yangi 
axborotni hisobga olish bilan uning modeli qayta ko‘rib chiqiladi va 
aniqlanadi, ya’ni modellash jarayoni modelning ishlab chiqish va 
mashinali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan xolda, iteratsiyalidir. Bu 
iteratsiyali jarayon S tizimning qo‘yilgan tadqiq qilish va loyixalashtirish 
masalani yechish doirasida monand deb hisoblash mumkin bo‘lgan M 
model olinguncha davom etadi.
EHM yordamida tizimlarni modellashni quyidagi xollarda qo‘llash 
mumkin:


a) 
tashqi muxitning va modellash ob’ektining parametrlar, algoritmlar 
va strukturalarning o‘zgarishiga bo‘lgan sezgirligini aniqlash maqsadida 
loyixalanishidan oldin S tizimlarni tadqiq qilish uchun;
b) tizimning turli variantlarining sintezi va taxlili uchun S tizimini 
loyihalash bosqichida;
v) tizimni loyihalash va joriy qilish tugagandan keyin, ya’ni uning 
ishlashida, real tizimni tabiiy sinovlar (ishlashi) natijalarini to‘ldiruvchi 
axborotni va vaqt davomida tizimning rivojlanish bashoratlarini olish 
uchun.
Mashinali 
modellash 
hamma 
qayd 
etilgan 
xolatlarga 
qo‘llanilayotgan umumiy qoidalar mavjud. Xatto modellashning aniq 
usullari 
bir 
biridan 
farq 
qilganda 
ham 
modellarning 
turli 
modifikatsiyalari 
mavjuddir, 
masalan, 
mashinali 
modellash 
metodologiya asosida qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq dasturiy-texnik 
vositalardan foydalanib modellash algoritmlarni mashinali amalga 
oshirish sohasida, tizimlarni modellash amaliyotida umumiy tamoyillarni 
ifodalash mumkin.
S tizimni modellash asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqamiz, ular 
qatoriga quydagilar kiradi:
- tizimning konseptual modelini qurish va uni 
formallash; - tizim modelini algoritmlash va uni 
mashinali amalga oshirish; - tizimni modellash 
natijalarini olish va talqin qilish.
Shunday qilib, S tizimning modellash jarayoni, uch bosqich 
ko‘rinishida guruxlangan, qayd etilgan nimbosqichlarni bajarishga olib 
keladi. MK konseptual modelini qurish bosqichida va uni shakllanishida 
modellashtirilayotgan ob’ektni uni ishlash jarayonining asosiy 
tuziluvchilarini ajratish nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi, modellashning 
ikkinchi bosqichida modelni ketma-ket algoritmlash va dasturlash yo‘li 


bilan MM mashinali modelga o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan 
aproksimatsiyalar aniqlanadi va S tizim modelining umumlashgan 
sxemasi paydo bo‘ladi. Tizimni modellashning oxirgi uchinchi bosqichi, 
tanlangan dasturiy-texnik vositalardan foydalangan xolda olingan rejaga 
muvofiq EHM da ishchi hisoblarni o‘tkazish, Ye tashqi muxit ta’sirini 
hisobga olib S tizimni modellash natijalarini olish va talqin qilishga olib 
keladi. Ravshanki, yangi axborotni olishda, modelni qurishda va uni 
mashinali amalga oshirishda ilgari qabul qilingan yechimlar qayta 
ko‘rilishi mumkin, ya’ni modellash jarayoni iteratsiyalidir. Har bir 
bosqichning mazmunini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning yirik tizimlarini yaratilishi alohida 
korxonalar, tashkilotlar va ularning bo‘limlariga xizmat ko‘rsatuvchi 
hisoblash texnikasi vositalarining aloqa vositalari yordamida yagona 
taqsimlangan hisoblash tizimiga birlashishi bilan bog‘liqdir.
Hisoblash vositalarining bunday komplekslashtirilishi birinchidan, 
harajatlarni kamaytirish hisobiga; ikkinchidan ishlayotgan EHMlar 
ishonchini 
va 
unumdorligini 
oshirish 
hisobiga; 
uchinchidan 
markazlashgan va markazlashmagan ma’lumotlarni qayta ishlash 
afzalliklarining ratsional birikmasi hisobiga; shuningdek, yagona kudratli 
hisoblash va axborot resurslaridan kompleksli foydalanish axborotlarini 
qayta ishlash tizimlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining markazlashtirilishi ikki 
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. 
Alohida EHM(yoki hisoblash markazi doirasida birlashgan 
EHMlar majmui) ga ko‘plab foydalanuvchilar abonent punktlarining 
ulanishi orqali, ya’ni ma’lumotlarni teleishlashi tuzilishini yaratish.


2. 
Hisoblash tarmoqlarini yaratish orqali bu tarmoqlarda bir-
biridan uzoklashgan ko‘plab EHMlar yoki hisoblash markazlari 
oralaridagi birlashuv ro‘y beradi.
Bu kabi taqsimlangan tizimlarning territorial uzoqlashgan 
komponentlari orasidagi axborot uzatishi standart telefon va telegraf 
yo‘llari yordamida, shuningdek o‘ralgan bug‘ simlari va aloqa koaksial 
kabellari orkali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon hisoblash tarmoqlariga quyidagilar xos:
Bir-biridan uzoklashgan kuplab EHM lar va alohida hisoblash 
tizimlarining yagona taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlashning 
tizimlarga birlashishi; Hisoblash texnikasi vositalarining o‘zaro ta’siri 
jarayonida 
axborotlar 
bilan 
almashuvni 
tashkil 
qilish 
uchun 
ma’lumotlarni qabul qipish va uzatish vositalari va aloqa yo‘llarining 
tatbiq etilishi:
Abonent 
punktlari 
va 
foydalanuvchilar 
terminali 
sifatida 
ishlatilayotgan sirtqi asbob-uskananing keng spektori mavjudligi;
Asbob-uskunani 
almashtirish 
va 
oshirish 
jarayonini 
yengillashtiradigan aloqa yo‘llari va texnik vositalarning ulanishi bir xil 
usullarining ishlatilishi;
Operatsion tizimning mavjudligi. Bu operatsion tizim hisoblash 
tarmog‘i foydalanuvchilarining masalalarini yechish jarayonida texnik va 
dasturiy vositalarni samarali va ishonchli qo‘llanilishini ta’minlab beradi.
Hisoblash tarmoqlari ishlatilishining o‘ziga xos xususiyatli 
tomonlari bu nafaqat apparat vositalarining ma’lumotlar qayta ishlash va 
yaratilish joyiga bevosita yaqinlashishi, balki bir nechta EHM lar orasida 
foydali 
taqsimlash 
maksadida 
boshqarish 
va 
ishlov 
berish 
funksiyalarining alohida tuzuvchilariga bo‘linishi hamdir. Shuningdek 
foydalanuvchilarning hisoblash va axborot resurslariga kirish yullarining 


tez va ishonchli ta’minlanishi va bu resurslarning kollektiv ishlatilishini 
tashkil etish ham hisoblash tarmoqlarining xususiyatli tomonlaridan biri.
Hisoblash tarmoqlari alohida xudud va umuman mamlakat 
miqyosida ishlab chiqarish, transport, moddiy texnik ta’minotni 
boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi.
Hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarning katta xajmini to‘plash 
imkoniyati. bu ma’lumotlarning ommabopligi, shuningdek dasturiy va 
apparat vositalarining ishlatilishi va ularni ishlab turishining yuqori 
ishonchliligi - bularning hammasi foydalanuvchilarning axborot 
xizmatini yaxshilashga va hisoblash texnikasi qo‘llanilishining 
samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Hisoblash tarmoqlari sharoitida quyidagi imkoniyatlar ko‘zda 
tutilgan:
EHMlar tomonidan ma’lumotlar parallel ishlatilishini tashkil etish;
Turli 
xil 
EHMlar 
xotirasida 
joylashadigan 
taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ma’lum bir masalani samarali yechish uchun alohida EHMni 
(EHMlar guruxi) ixtisoslashtirish:
Alohida EHM va tarmoq foydalanuvchilari orasida axborotlar va 
dasturlar almashinuvini avtomatlashtirish;
Ishdan chiqib qolgan xolatda tarmoqning normal ishlashini tezkor 
tiklash maksadida hisoblash kuvvatlarini va ma’lumotlarini uzatish 
vositalarini zaxirada saqlash;
Foydalanuvchilarning ehtiyoji va yechilayotgan masalalarning 
qiyinligi o‘zgarishiga qarab tarmoqk foydalanuvchilarining orasida 
hisoblash quvvatlarini qayta taqsimlash;
Qimmatbaho 
sirtqi 
asbob-uskuna 
va 
EHM 
yuk 
bilan 
ta’minlanganlik darajasini oshirish va mustaxkamlash;
Ishni keng rejimlar doirasida olib borish, dialog, paketli talab-javob 
rejimlari.


Amaliyotda ko‘rayotganimizdek ma’lumotlar ustida ishlash 
imkoniyatlarining kengligi va tizim ishlashining ishonchliligini oshirish 
hisobiga hisoblash markazlarida ma’lumotlarni qayta ishlashning baxosi 
avtonom EHMlarida bu kabi malumotlar qayta ishlashining baxosiga 
nisbatan 1,5 dan ko‘proq.
Hisoblash tarmoqlari turli xil belgilariga ko‘ra turkumlanadi. 
Dasturi birbiriga mos, to‘g‘ri keladigan EHMlardan tashkil topgan 
tarmoqlar bir jinsli yoki gomogen deyiladi. Agar tarmoqning EHM lari, 
dasturiy vositalar bir-biriga mos kelmagan bo‘lsa. bunday tarmoq bir 
jinsli emas yoki geterogen deyiladi.
Tarmoqlar ma’lumotlar uzatilishining tashkil etilishi bo‘yicha 
quyidagilarga farqlanadi:
Kanallar kommutatsiyasi bilan;
Xabarlar kommutatsiyasi bilan:
Paketlar kommutatsiyasi bilan.
Birinchi holda tarmoq tarkibiga kiradigan har bir EHM bajaradigan 
tarmoq operapiyalarining koordinatsiyasi uchun dasturiy vositalar to‘liq 
to‘plashini o‘z ichiga oladi. Bunday turdagi tarmoqlar murakkab va 
yetarlicha qimmatbaho, chunki alohida EHMlarning operatsion 
sistemalari tarmoq xotirasinnng umumiy maydoniga kollektiv kirish 
yo‘li ko‘zda tutilib ishlab chiqiladi.
Markazlashgan
boshqaruv
ostidagi
aralash
tarmoqlar
sharoitida
ma’lumotlarning katta xajmlarini {ustida) qayta ishlash bilan bog‘lik va 
eng katta ustunlikka ega bo‘lgan masalalarning yechimlari amalga 
oshiriladi.
Tuzilish strukturasi (topologiyasi) bo‘yicha tarmoqlar:
Bir tugunli va ko‘p tugunli;
Bir yulli va ko‘p yullilarga bo‘linadi.


Hisoblash tarmogi topologiyasi aloqa tarmog‘ining strukturasi bilan 
aniqlanadi. ya’ni EHM lar yoki abonentlarning bir-biri bilan ulanishi 
orqali.
Shuningdek quyidagi tarmoqlar strukturalari ma’lum:
radial 
(yulduzsi
mon) 
halkasimo
n ko‘p 
aloqaviy 
iyerarxik 
va 
xokazo.
Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiya usullari.
Ma’lumotlarni uzatish tizimlarining asosiy vazifasi tarmoqning 
ixtiyoriy abonentlariga tezkor va ishonchli ma’lumotlarni uzatishini 
tashkil etishdan. shuningdek ma’lumotlarni uzatishga ketadigan 
harajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
Oxirgisi alohida muximdir, chunki oxirgi 10 yil ichida tarmoqdagi
Ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun ketgan harajatlar 
ichida ma’lumotlarni uzatishga ketgan harajatlar ulushining ko‘payishi 
kuzatilgan.
Chunki bu davr ichida hisoblash tarmog‘ining texnik ta’minotiga ketgan 
harajatlar taxminan o‘n baravarga kamaygan, vaxolanki, alohida 
yo‘llarni ishga solish va tashkil etishga ketgan harajatlar faqatgina ikki 
martaga kamaygan.
Kommutatsiyalanmaydigan aloqa kanallari bilan foydalanayotganda 
EHM va abonent punktlarining qabul kilish va uzatish vositalari doimo 
bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi, ya’ni “onlayn” rejimida turgan bo‘ladi. 


Bu xolda kommutatsiyaga vaqt sarflanmaydi, ma’lumotlarni uzatish 
tizimining yuqori larajadagi tayyorgarligi, aloqa yullarining ishonchliligi, 
ma’lumotlarni uzatishning shubxasiz to‘g‘riligi ta’minlanadi.
Aloqani tashkil etishning bunday usulining kamchiliklari aloqa 
liniyalari va ma’lumotlar uzatish apparaturalaridan foydapanishning past 
ko‘rsatkichi, tarmoq ishlatilishiga ketadigan katta xarajatlar hisoblanadi.
Bu kabi tarmoqlarning rentabelligiga ular kanallarining kuchi to‘la 
ishga solinganda erishiladi.
Fakatgina axborotni uzatish vaqtida EHM va abonent punktlari 
kommutatsiyasida (ya’ni normal rejim “off-layn”) kommutatsiya 
tugunini tuzish tamoyili ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborotning 
o‘tishini tashkil etish usullari bilan aniqlanadi.
Tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni tayyorlashning 
kommutatsiyaga asoslangan uchta asosiy usuli mavjud:
kanallar 
kommutatsiyasi; 
xabarlar 
kommutatsiyasi; 
paketlar 
kommutatsiyasi.
EHM tarmoqlarining dasturiy ta’minoti.
Hisoblash tarmoqlarining dasturiy ta’minoti ularning hisoblash va 
axborot resurslariga kollektiv chiqish yulxshi tashkil chtishni. 
tarmoqning resurslarini dinamik taqsimlash va qayta taqsimlashni 
ta’minlab beradi.
Hisoblash tarmoqlarining dasturiy ta’minoti uchta tarkibiy 
qismlardan iborat:
Umumiy dasturiy ta’minot tarmoq tarkibiga kiradigan alohida 
EHMlarning asosiy dasturiy ta’minoti yuzaga keladi;


Maxsus dasturiy ta’minot amaliy dasturiy vositalar bilan hosil 
bo‘lgan:
Tizimli tarmoqni dasturiy ta’minot hisoblash tarmog‘ining hamma 
resurslarining yagona tizim sifatida o‘zaro ta’sirini saqlab turuvchi 
dasturiy vositalar kompleksni ifodalaydi.
Hisoblash tarmog‘ining dasturiy ta’minotida o‘ziga xos o‘rin tizimli 
tarmoqli dasturiy ta’minotga to‘g‘ri keladi. Uning vazifalari tarmoqning 
taqsimlangan OT sifatida amalga oshiriladi.
Tarmoqning operatsion tizimi boshqaruvchi va xizmat kiluvchi 
dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilarni ta’minlab beradi: 
kirish yulining dasturlararo usuli; alohida amaliy dasturlarning tarmoq 
resurslariga kirish yuli:
bir xilda hisoblash resursiga ularning murojati sharoitida amaliy 
dasturiy
vositalarining ishini sinxronlantirish; tarmoq “pochta yashiklari”dan 
foydalanish orqali dasturlar orasida axborot
bilan almashinish:
tarmoqning EHMlari orasida ma’lumotlar (fayl) bilan almashinishi:
uzoqlashgan EHMlarda saqlanayotgan fayllarga kirish yo‘li va bu 
fayllarni
qayta ishlash; ma’lumotlar va hisoblash resurslarni himoyalash; 
tarmoqning 
axborot, 
dasturiy 
va 
texnik 
resurslarilan 
foydalanayotganligi
xaqida 
turli 
xil 
ma’lumotlarni 
berish; 
axborotlarnn 
bir 
foydalanuvchidan boshqalariga uzatilishi (elektron pochta).
Tarmoqning opersion tizimi yordamida: foydalanuvchining 
masalalarni yechish ketma - ketligi urnatiladi; foydalanuvchining
masalalari tarmoqqa saqlanayotgan kerakli
ma’lumotlar bilan ta’minlanadi; apparat va dasturiy vositalarning ishlashi 
tekshirib turilatsi: hisoblash tarmoqlaridagi turli foydalanuvchilarning 


ehtiyojlariga ko‘ra resurslarning rejali va operativ taqsimlanishi 
ta’minlanadi. Sinov savollari?  
1. Operandalarning formatlari deganda nimani tushinasiz?
2. Bilvosita registrli manzillash (Registr) ta’rif bering?
3. Indeksli manzillash (Index) arxitekturasini tushuntiring?

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling