Buyruqlarni xotiraga addreslash usullari


Download 7.2 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.2 Kb.
#1531444
Bog'liq
11-ma\'ruza (3)

Buyruqlarni xotiraga addreslash usullari

Reja:

  • Addreslash usullari
  • Addreslash usullariga misollar

Addreslash usullari

Addreslash usullari mashina tilining ko’rsatmasiga ko’ra har bir buyruqning operandini qanday aniqlashni belgilaydi. Addreslash usullari orqali xotiradan samarali foydalaniladi.

Adreslashning quyidagi usullari mavjuddir:

  • Registrli adreslash;
  • Bevosita adreslash;
  • Tug’ri adreslash;
  • Vositali registrli adreslash;
  • Stekli adreslash;
  • Ayon bo’lmagan adreslash;

Regstrli addreslash

Bu addreslash 8 razryadli MPda bitta baytli buyruq orqali amalga oshiriladi, 8 —bit (1 bayt) mashina so’zini tashkil etadi va 256 ta har xil kombinatsiyanig bittasidir.

  • Bu yerda, amallar kodi — 01;
  • A registrining adresi — 111;
  • V registrining adresi — 000;

D7

D6

D5

D4

D3

D2

D1

D0

0

1

2

3

4

5

6

7

AMK

V registrining addresi

A registrining addresi

Ayon bo’lmagan adreslash usuli

Ayon bo’lmagan addreslash usuli bir baytli buyruqdan tashkil topgan bo’lib 2 — mikrotsiklda bajariladi. Birinchi mikrotsiklda amallar kodi tanlanadi, ikkinchi mikrotsiklda esa u bajariladi. Ayon bo’lmagan adreslash usuli asosan akkumulyatordagi qiymat ustida amalga oshiriladi.

Bevosita adreslash usuli

Bu adreslash usulida buyruq amallar kodining (AMK) birinchi baytiga bevosita joylashtirladi. Amallar kodidan keyin esa darhol bitta yoki ikkita baytga ega bo’lgan qiymatlar yoziladi. Bu qiymatlar xotiradan olinmaydi, ularning buyruqlarini mashinaga programmistning o’zi kiritadi. Albatta, bu joyda AMK va qiymatlar ikkilik kodi bo’yicha ma’lumotga ega bo’ladilar.


Amallar kodi

1 — bayt

Qiymatlar

2 — yoki 3 — bayt

To’g’ri addreslash usuli

Bu addreslash usulida qiymatlarni qaysi bir xotira massiviga joylashtirish hamda bu qiymatlarga murojaat qilishga zarurat tug’ilganda foydalaniladi. To’g’ri addreslash buyrug’i 2 yoki 3 baytli uzunlikka ega bo’lishi mumkin.Birinchi bayt amallar kodi uchun belgilangan, ikkinchi baytlar addreslar uchun belgilangan. Addres qayta ishlashga belgilangan qiymatlar joylashgan xotira massivini ko’rsatadi.


Amallar kodi (AMK)

1

bayt

Adresning katta razryadi

2

bayt

Adresning kichkina razryadi

3

bayt

Vositali addreslash

  • Bitta so’z uzunligiga ega bo’lgan buyruq orqali amalga oshiriladi. Bu yerda buyruqning qiymati, amallar kodidan tashqari berilgan qiymatlar joylashgan xotiraning addresini ham ko’rsatadi.
  • Vositali adreslash tez—tez foydalanib turiladigan xotira massiviga murojaat qilganida, hamda asosan qiymatlar fayl yoki ro’yxat ko’rinishida tashkil etilganda qulaydir.

M Vositali yuklash

1

Bayt

Stekli addreslash

Operandning adresi stekning ko’rsatkichini registrida ko’rsatiladi, bu yerda operandga murojaat qilganda stek ko’rsatkichining qiymati avtomatik ravishda ikkitaga yo ko’payadi, yo kamayadi.

RUN buyrug’i bajarilganda stekli ko’rsatkichning SR — 1 addresli xotirasiga juft registrning katta razryadini qiymati yoziladi, SR—2 adresli xotirasiga esa juft registrning kichkina razryadini qiymati yoziladi. SR stek ko’rsatkichining qiymati ikkitaga kamayadi

Addreslash usullariga misollar

Regstrli addreslash usullari

MOV A,L — L registrining qiymati A registrga o’tkazilsin.

  • (A)<-(L).
  • SPHL — HL registrini qiymati SP registriga o’tkazilsin.

  • (SP)<-(HL)
  • Ayon bo’lmagan addreslash usuli

    SMA — Akkumulyatorning qiymatini teskarisiga aylantirish, ya’ni

    (A) <— (A)

    Vositali registrli addreslash usuliga misollar

    ADDM — Akkumulyatorning qiymati xotira massividagi qiymat bilan ko’shilsing’(A)<-(A)+((N)(L)

Nazorat savollari

1. Buyruqlarni adreslash usullarini keltiring.

2. To’g’ri adresslash usuli qachon qo’llaniladi va unga misollar keltiring.

3. Bevosita adreslash usuli qachon qo’llaniladi va unga misollar keltiring.

4. Vositali adreslash usuli qachon qo’llaniladi va unga misollar keltiring.

5. Stekli adreslash usuli qachon qo’llaniladi va unga misollar keltiring.

6. Registrli adreslash usuli qachon qo’llaniladi va unga misollar keltiring.


Download 7.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling