Kreditor qarz budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda moliyalashtirilmaganligi munosabati bilan paydo bo'lgan taqdirda, kreditorlik qarzining budjet tashkilotini rivojlantirish fondi mablag'lari hisobidan to'langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi. Vaqtincha to'la moliyalashtirilmaganligi natijasida budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy budjet depozit hisobvarag'ida mablag' bo'lmaganda, budjet mablag' lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan keyinchalik to'ldirilishini hisobga olingan holda, budjet hisobidan qilinadigan xarajatlar budjet tashkilotini rivojlantirish fondi - budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan ham qilinishi mumkin.
Budjet bo'yicha kreditorlik qarzlanni uzish uchun budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ining mablag'lari hisobidan mablag'lar o'tkazishga tayyorlangan to'lov topshiriqlarining «To'lov maqsadi» ustunida quyidagi «Xarajatlarning budjet qismi bo'yicha kreditorlik qarzlarini to'lash summasi o'tkazilmoqda» degan yozuv qilinadi. Bu operatsiyaga quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) Debet 178-«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitobhm> sub-
schyoti; Kredit 114-«Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisob-varag'i» subschyoti.
2) Debet 275 - «Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to'lash uchun zaxira»
subschyoti; Kredil 134 - «Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti.
Budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'iga mablag' tushganida budjet tashkilotini rivojlantirish fondi - budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘ining mablag'lari qaytariladi. Bu operatsiyaga quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1)Debetll4-«Budjet tashkilotini rivojlantinsh fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlan uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti) yoki Kredit 100 -«Tashkilot xarajatlan uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti). 2) Debet 134-«Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti;
Kredit 275 - «Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to'lash uchun zaxira» subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |