Buyuk Britaniya davlatining investitsiya faoliyati, statsitik malumotlar, investitsiya faoliyatini o’ziga xosligi


Download 2.76 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi2.76 Mb.
#1760941
Bog'liq
Buyuk Britaniya davlatining investitsiya faoliyati, statsitik malumotlar

Buyuk Britaniya davlatining investitsiya faoliyati, statsitik malumotlar, investitsiya faoliyatini o’ziga xosligi.

INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR

MMT-89 guruh talabasi

Choriyev Shahruz


Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsion faoliyati  tarmoq tarkibi
Buyuk Britaniyaning xorijiy mamlakatlardagi eng yirik aktiviga ega bo`lgan korporatsiyalari kimyo va nеft qazib olish, sanoat korxonalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi hamda sharbatlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy mashinasozlik kompaniyalari hisoblangan. Uning to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalari asosan sanoati rivojlangan Еvropa mamlakatlariga qaratilgan edi. Xullas, hozirgi kunda mamlakat kapital qo`yilmalarining 75 %i rivojlangan davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi.
Britaniya TMKning ustunlik tomoni shundaki, ular qudratli London banklarining yordamiga tayangan holda faoliyat ko`rsatadi. Angliyaning yirik “katta to`rtlik” banklari (“Barkleyz bank”, “Neshnl vestminster bank”, “Middland bank”, Lloyd bank”) xalqaro krеdit sohasida muhim ahamiyatga egadir. Xalqaro moliya markazlarida joylashgan, yirik resurslarga va keng masshtabda tarqalgan filiallar tizimiga ega bo`lgan ushbu banklar xalqaro ssuda kapitali bozori hisoblangan еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda. 
Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi doimo “Neshnl Vestminster bank” ning mijozi va “Danlon xolding” kompaniyasi doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi. 
Britaniya korporatsiyalari xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim omillaridan biri texnika va texnologik jihatdan ustunligidir. Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz. Angliyaning “British petrolium PLK” korporatsiyasi jahonning eng yirik nеft monopollaridan biri bo`lib, u 1909 yilda tashkil topdi. Korporatsiya jahon mamlakatlarining sanoat korporatsiyalari orasida 6-o`rinda, noamerika korporatsiyalari ichida esa 2-o`rinda turadi. Korporatsiya aktsiyalarining 48-49 %i davlatga tegishlidir. “British petrolium” korporatsiyasi xalqaro kartellar tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. tabiiy gaz, 17-18 mln. t. ko`mir qazib oladi. Bundan tashqari yiliga 2,5-3 mln. t. siqilgan gaz va shuningdek 114,5 mln. t.ga teng bo`lgan 111 ta tanker va 26 ta davlatda umumiy quvvati 120 mln. t.ga ega bo`lgan 38 ta nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan (Angliya, Fransiya, Germaniyada 4 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan, AQSHda 3 ta zavod ustidan, Kanada va Avstraliyada 2 tadan zavodlar ustidan, Irlandiya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya,Shveytsariya, Turkiya, Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va boshqa davlatlarda 1 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari) ustidan o`z nazoratini o`rnatgan.
90-yillar boshida va hozirgi kunda ham “British petrolium” kompaniyasi mamlakatning kimyo sanoatidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning etilen, propilen, bo`tadien, plastmassalari ishlab chiqaruvchi zavodlari 6 ta xorijiy mamlakatda joylashgan. XX asrning 70-yillaridayoq kompaniyaning ximiya sanoat korxonalari Еvropa Hamjamiyati davlatlari ichida birinchi bo`lib nеft va nеft mahsulotlaridan sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi.
“Bat indastriz PLK” korporatsiyasi 1902 yilda tashkil topgan bo`lib, jahonda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bo`yicha eng yirik monopoliyalaridan biridir. “BAT” korporatsiyasi yiliga 350 dan ortiq sigaretalarjumladan, 210 xil tamaki, 130 xil sigara ishlab chiqaradi. 90-yillarda kompaniya eng yirik noamerika kompaniyalari ichida 24-o`rinda turgan.Aktsiyadorlik kapitali 2885 mln.funt sterlingga teng bo`lib, dunyoning 50 dan ortiq xorijiy davlatlarida joylashgan 120 dan ortiq tamaki fabrikalari faoliyat ko`rsatadi. Kompaniya o`z mahsulotlarining asosiy qismini (deyarli 90%) tamaki fabrikalar joylashgan davlatlarning ichki bozorlariga chiqaradi, qolgan mahsulotlarni esa 180dan otiq mamlakatlarga eksport qiladi. 
“BAT” korporatsiyasining shu'ba korxonalari AQSH, Germaniya va boshqa davlatlarning bozorlarida oldingi o`rinlardan birida turadi. Masalan, “Braun end Uilyamson tobako korporatsiyasi” (AQSHdagi filiali) AQSH kompaniyalari orasida sotuvlar bo`yicha 3-o`rinda turadi. Firmaning Germaniyadagi filiali “X.B. Krenanfiltr” kompaniyasi esa nafaqat Germaniyada, balki butun G`arbiy Еvropa mamlakatlarida eng yirik tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. “BAT” kompaniyasining xomashyo yеtkazib beruvchi bozorlari AQSH, Kanada, Turkiya, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari hisoblanadi.
Kompaniya jahon mamlakatlarida qog`oz ishlab chiqaruvchi 26 ta fabrika ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. Qog`oz ishlab chiqaruvchi fabrikalarning 8 tasi Belgiya, Fransiya, Irlandiya, Braziliya, Hindiston va Afrika davlatlarida joylashgan. “BAT” kompaniyasi qutilar ishlab chiqaruvchi 111 ta korxonaga ham ega bo`lib, ulardan 68 tasi Angliya va Irlandiyada, 31 tasi AQSH va Kanadada, qolganlari esa Germaniya, Frantsiya va JARda joylashgan. "BAT" kompaniyasi Buyuk Britaniyada atir-upa mahsulotlarini sotuvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning atir-upa ishlab chiqaruvchi korxonalari 35 ta davlatda joylashgan bo`lib, ularning mahsulotlari 150 ga yaqin davlatlarda sotiladi. Jahon bozorlarida Angliya bilan raqobat qila oladigan davlatlarning (Germaniya, Yaponiya va AQSH kabilar) soni oshib bordi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin mavqei kuchayib ketgan AQSH Buyuk Britaniyani ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan quvib o`tdi va u dunyoda sanoat mahsulotlarining eksporti bo`yicha birinchi o`ringa chiqib oldi. Xullas, Ikkinchi jahon urushidan so`nggi dastlabki yillarda Angliya sanoat mahsulotlarini 5 marta kam chiqarib, AQSH dan 3 barobar kam eksport qilgan edi.
2011-yil dekabr oyida Bishkekda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi 5-davlatdagi elchixonasining ochilishi bilan Buyuk Britaniya butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan to`liq diplomatik aloqaga kirishdi. Buyuk Britaniyaning mintaqadagi hamkorlik yo`nalishlari mamlakatlarning muammolariga qarab o`zgarib turadi. Masalan, iqtisodiy aloqalar Qozog`iston bilan keng yo`lga qo`yilgan. Eng ko`p invstitsiyalar ham Qozog`istonga kiritiladi. Investitsiyalar, asosan, yoqilg`i – energetika sohasiga kiritiladi. Shuningdek 2 tomonlama savdo yiliga 1 trillion funt sterlingdan oshadi.
Qirg`iziston va Tojikiston bilan savdo va investitsion aloqalar nisbatan chegaralangan, ammo bu 2 mamlakatda Buyuk Britaniyaning Taraqqiyotga ko`mak Dasturi mavjud, shuningdek, mintaqaviy idorasi Dushanbeda joylashgan Xalqaro Taraqqiyot departamenti va ko`p tomonlama hamkorliklar ishtirokchisi.
O`zbekiston va Turkmaniston bilan 2 tomonlama iqtisodiy va siyosiy aloqalar Qozog`istonga nisbatan chegaralangan.
Buyuk Britaniya 1992-yil Qozog`istonda, 1993-yil O`zbekistonda, 1995-yil Turkmanistonda va 2001-yil Tojikistonda, 2011-yilda Qirg`izistonda o`z elchixonalarini barpo etdi, shuningdek, 2007-yil Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo qabul qilgan.
Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bilan savdosi oxirgi yillarda kuchli rivojlandi. Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoga mashina va asbob-uskunalar hamda moliyaviy xizmatlar eksport qiladi. Eksport va importning katta qismi Qozog`iston hissasiga to`g`ri keladi.Qozog`istonga neft-gaz, konchilik, energiya quvvati va ishlab chiqarish uchun tovar va xizmatlar eksport qilsa, Qozog`istondan, asosan, mineral resurslar, mis va ishlov berilmagan neft import qiladi.
Qozog`istonning salmoqli investorlaridan biri Buyuk Britaniya hisoblanadi. Ayniqsa, ikkilamchi energiya sohasida. Energiya sohasidagi asosiy investorlar: 
Neft va gaz kompaniyasi BG Group and Shell; 
Injiniring konsultant AMEK; 
Texnologiya kompaniyasi Invensys. 
Shuningdek, Qozog`istonda Buyuk Britaniyaning 100 dan ortiq kichik xizmat ko`rsatish kompaniyalari faoliyat yuritadi.
Ta’lim sohasida BG Group and Shell fan nomzodlari dasturini moddiy ta`minlaydigan Qozoq-British texnika universiteti mavjud.
2014-yil 18-21 fevral davomida Qozog`istonda Britan savdo missiyasi tashrifda bo`ldi. Buyuk Britaniyaning Ostona shahridagi elchixonasi qoshidagi Buyuk Britaniya savdo va investitsiya departamenti tomonidan Buyuk Britaniya korxonolari savdo missiyasining Qozog`istondagi hamkorlari bilan nafaqat xususiy balki davlat sektorining asosiy namoyishchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Savdo missisiyasida ishtirok etuvchi korxonalar quyidagi tarmoqlarda namoyon bo`ldi:
-ta`lim;
-“yashil” texnologiyalar;
-qishloqhojaligi;
-xavfsizlik;
-telekommunikatsiya.
Unda quyidagi Buyuk Britaniya korxonalari ishtirok etdi va Qozog`iston bilan aloqalarini yanada mustahkamladi va turli kelishuv va shartnomalarni imzolab, hamkorlik yo`nalishlarini kengaytirishdi:
Dando Drilling International (£22 million);
North East-based Kilfrost, (£50 milliondan ko`p) ; 
UK Export Finance (£526 million) ; 
Petrofac, KazMunaiGas Exploration Production JSC bilan hamkor bo`lgan neft va gaz sanoatiga xizmat ko`rsatuvchi; 
SUN Gold Ltd(£263 million) ; 
Guildford-based Surrey Satellite Technology; 
Atkins; 
Virgin Mobile Central & Eastern Europe (VMCEE) ; 
Wood Group (£3.2 million) ; 
Optasense; 
Churchill College; 
UCL;
The British Council Endi esa Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada jadallashtirish uchun kiritgan investitsiyalarning tarmoq tarkibi mamlakatlar bo’yicha diagrammalarda keltirib o’tilgan. Ular qaysi tarmoqlarga yo’naltirilganligi bilan tanishib chiqaylik. Eng avvalo O’zbekiston misolida qarab chiqaylik
1-rasm ma’lumotlaridan ham ko’rinib turibdiki, eng ko`p qo`yilmalar davlat sektoriga ajratilgan bo`lib, u 37%ni tashkil etgan. Iqtisodni boshqarish sohasiga 34%, sog`liqni saqlashga 17%, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimiga 9%, “Europe Hause”ga 3% investitsiyalar ajratilgan. Buyuk Britaniya investitsiyalarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga va iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga jalb qilingandir. Shuningdek mamlakatlar o’rtasida o’rnatilgan aloqalar va jalb qilingan investitsiyalarda ta’lim sohasining ham roli kattadir.
Endi esa Qozog’iston Respublikasiga Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning qaysi tarmoqlarga yo’naltirilganini ko’rib chiqaylik.
2-rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, Buyuk Britaniya tomonidan Qozog’iston Respublikasiga kiritilgan jami investitsiyalarning eng katta qismi (35%i) iqtisodiy taraqqiyot sohasiga, keying o’rinda esa davlat sektori va mahalliy boshqarish sohalarini isloh etishga (25% va 16%) va ijtimoiy, ta’lim, sog’liqni saqlash sohalariga investitsiyalar kiritgan. Qozog’iston Respublikasi mintaqadagi eng katta tashqi davlat qarzlariga ega davlat hisoblanadi. Bu tashqi qarzlar mamlakat iqtisodiyotini yanada tez suratlar bilan rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Bunda Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning ham o’z xissasi bor.
Mintaqaning eng betaraf va iqtisodiyoti qisman yopiq bo’lgan Turkmaniston Respublikasi iqtisodiyotiga ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsion loyihalarining asosiy qismi iqtisodiy rivojlanish siyosatini taminlashga (jami investitsiyalarning 34%i) yo’naltirilgan. Qolgan tarmoqlarni ham ko’rib chiqaylik.
Shuningdek, jami investitsiyalardan davlat sektoriga 25%, aholi daromadlari boshqaruviga 18%, ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada rivojlantirishga 16%, “Europa House”ga esa 7% investitsiyalar ajratildi.
Markaziy Osiyodagi nisbatan kichik ko’lamli iqtisodiyotga ega bo’lgan Qirgiziston Respublikasiga ham iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga Buyuk Britaniya tomonidan investitsiyalar kiritilgan. Shuningdek, Qirg`izistonga Buyuk Britaniyaning yordamlari ham ajratilga. Ular 4-rasmda ko’rsatilgan tarmoqlarga yo’naltirilgan.
Ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni 31%i ijtimoiy himoya dasturini amalga oshirishga kiritilgan. Shuningdek, davlat sektori, ta’lim tizimini isloh etish, oziq-ovqat xavsizligi va qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar investitsiyalar tarmoq tarkibida asosiylari hisoblanadi.
Buyuk Britaniyaning Tojikiston Respublikasiga kiritgan investitsiyalari 5-rasmda ko’rsatib o’tilgan.
5-rasm ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki, Buyuk Britaniya tomonidan Tojikistonga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi ijtimoiy himoya dasturlariga yo’naltirilgan.Qisqacha qilib aytganda, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo davlatlariga kiritgan invistitsiyalari tarmoq tarkibida ijtimoiy himoya dasturi, davlat sektorini qo’llab quvvatlash va iqtisodiy rivojlanish siyosatini taminlashga kiritilgan investitsiyalar asosiy o’rinni egallaydi.
Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiyalar kiritilganda, asosan, qo`shma korxonalar barpo etiladi. Ular Markaziy Osiyo mamlakatlarida korxonalarini, kompaniyalarini barpo etish bilan u yerda ish o`rinlari ham yaratadi. 
Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi investitsion faoliyati rivojlanishi
O`zbekistonning investitsion hamkorlari tarkibida Xitoy va Rossiya salmog`i yuqori. Ammo Buyuk Britaniyaning investitsiyalari ham muhim ahamiyatga ega.1-rasmda O`zbekistonning asosiy investor mamlakatlari keltirilgan.
Ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimizga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning uchdan bir qismi Xitoyga tegishli, keying o`rinda 27% bilan Rossiya turibdi. Janubiy Koreya Respublikasi va Niderlandiyaning ulushi 3% dan bo`lsa, Buyuk Britaniya va Malayziya 2% ulushga ega. Germaniya investitsiyalari esa mamlakat umumiy xorijiy investitsiyalarining yuzdan bir qismini tashkil etadi.
O`zbek – Britan aloqalarining poydevori 1993-yili noyabrda Prezident I.A.Karimovning Buyuk Britaniyaga tashrifi bilan o`rnatilgan. Hozirda ikki tomonlama aloqalarda ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. Davlatlar o`rtasida turli darajadagi doimiy tashriflar bor. Oxirgi vaqtlarda O`zbekiston 40 dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarida ishtirok etdi. 2013-yil 19-22-noyabrda O`zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri A.X.Komilov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi bilan yanada faollashdi. 2010-yili avgustda O`zbekiston parlamenti Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlikda Oliy Majlis guruhi tuzildi, 22 sentabrda, esa “Britaniya –O`zbekiston” gruppasi haqida memorandum imzolandi.
2013-yili 20-22 – noyabr kunlari London shahrida tuzilgan O`zbek – Britan hamkorlik kengashi savdo va og`ir sanoat bo`yicha o`tkazilgan 20-yillik yubiley yig`ini savdo iqtisodiy aloqalarning harakatlantiruvchi mehanizmi bo`lib xizmat qildi. 2012 – yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi savdo aylanmasi 206,3 mln dollari bo`ldi, undan 11,2 mln dollari eksport, 96,1 mln dollari import. 2013 – yilning yarim yilida esa ikki tomonlama savdo 60,6 mln dollarni tashkil etdi, undan 23,2 mln dollari eksport, 37,4 mln dollari importdir.
Xulosa
Har bir mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, chet el investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Har qanday davlat jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan, dunyodan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, uni chet el investitsiyalari rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Xorijiy investitsiyalar har bir davlatning iqtisodiy o'sishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lsada shu bilan birga ularning samaradorligi jiddiy muammolar bilan bog`liq. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining dastlabki yillarida inflyatsiya darajasining katta bo'lishi tufayli kapital asosan savdo sohasida ishtirok etdi. Bu holat ishlab chiqarish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hokimiyat tomonidan keskin choralar ko'rishni talab etadi.
Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan TTXI oqimini rag`batlantirish kerak.
Download 2.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling