Buyuk britaniya qirolicha viktoriya davrida


I. BOB. XIX-ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUYUK BRITANIYA


Download 123.5 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1623221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORIYA DAVRIDA

I. BOB. XIX-ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUYUK BRITANIYA.
1.1. XIX-asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yo`nalishlari.

XIX asrning dastlabki o`n yili Angliyada kapitalizmning jadal tarakkiyot davri buldi. Avvallari yengil sanoat, birinchi navbatda tukimachilik va ayniksa uning yangi soxdsi bulgan ip gazlama sanoati jadal sur'atlar bilan rivojlangan edi. Endilikda sanoatning boshka soxdlari, jumladan, ogir sanoatda muvaffakiyatlarga erishildi. Armiya uchun artilleriya qurollariga davlat buyurtmalari metallurgiya savdosining rivoji uchun katta turtki bo`ldi. Mexanik kuchdan keng foydalanish tobora ommalashib bordi: 1810-yili Angliya sanoatida 5 mingta bug` mashinalari ishlatilgan bulsa, keyingi 15 yilda ular soni uch barobarga oshdi. Mashinasozlik, ayniqsa 1824 yili parlament Angliyadan tashkariga mashinalar olib chiqishga qisman ruxsat bergandan sung, jadal rivojlandi. 1811-yilga kelib savdo va sanoat soxasida Angliya axolisining 44%i band edi. Sanoat proletariatining soni xam tez o`sib bordi. Mashinali ishlab chiqarish bilan raqobatga bardosh bera olmagan, xonavayron bulgan mayda ishlab chiqaruvchilar ishsizlarning sonini tuldirib borganligi natijasida ishchilarning ish xaqi ishlab chikarishga proporsional ravishda o`sib bordi. Kam ish xaqi to`lanadigan ayollar va bolalar mexnatidan foydalanish keng tarqalgan edi. Xukumat hali xamon davom etayotgan luddchilikka qarshi keskin kurash olib bordi. 1813-yili mashinalarni buzganlik uchun o`lim jazosi belgilandi. 1820-yillarning boshlariga kelib Angliya Napoleon urushlari oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib, sanoat taraqqiyoti davriga chiqib oldi. Angliya tovarlari uchun keng maxsulotlar bozoriga aylangan Lotin Amerikasi mamlakatlari xisobiga eksport ancha o`sdi. Iqtisodiy kon'yukturaning yaxshilanishi mamlakatda siyosiy vaziyatning xam yumshashiga olib keldi. So`l kuchlar, ayniqsa ularning asosiy vakili bulgan, 1822-yildan xukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Jorj Kanning (1770-1827) ba'zi isloxotlarning amalga oshirilishiga erishdi: g`alla va sanoat xomashyosiga boj tulovlari pasaytirildi, tovarlarni chetga olib chiqish qoidalari yengillashdi. Jinoyat qonunchiligi xam qayta kurib chiqilib, ba'zi jinoyatlar uchun jazo yengillashtirildi.


Shu davrdagi muxim isloxotlardan biri ishchilarning turli xil ittifoqlarga birlashishlarini qatiyan taqiqlovchi 1799-yilgi qonunning bekor kilinishi bo`ldi. Yangi qonun kasaba uyushmalari tred-yunionlar faoliyatiga ruxsat berdi. Bu ishchilar xuquqlarini ximoya qilish, fukarolik jamiyatini shakllantirish borasida katta kadam buldi.
1825-yili Angliyada kapitalizm tarixida birinchi marta sanoatning siklli inqirozi yuz berdi. U Angliya iqtisodiyotining deyarli barcha soxalarini qamrab oldi. Natijada mamlakatdagi siyosiy vaziyat yana keskinlashdi. Siyosiy kurashlar markazida parlament isloxoti masalasi turardi. Bu talab umumiy saylov xuquqlari va boshka siyosiy erkinliklar uchun kurash olib borayotgan so`l radikal kuchlar tomonidangina qo`yilayotgan emasdi. Parlament isloxotlarini, albatta radikallarnikiga nisbatan cheklanganrog`ini, sanoat burjuaziyasi vakillari xam talab qilayotgan edilar. Feodal aristokratiyaning xukmronligi, burjua inqilobidan so`ng shakllangan tuzum manfaatlarini ximoya qilayotgan bo`lsada, jamiyatning yangi xolatiga allaqachon mos kelmayotgan edi. Sanoat burjuaziyasi endi mamlakatni boshqarishda bevosita ishtirok etish talabi bilan chiqdi. Bu talabga ko`ra mamlakatdagi saylov tizimi shunday islox qilinishi lozimki, natijada parlament ustidan nazorat tuliq burjuaziya qo`liga o`tishi kerak edi. Kanning boshchiligidagi xukumat o`tkazgan isloxotlar bu asosiy masalani xal etmagandi. Uning o`limidan so`ng xokimiyatga kelgan Artur Vellington (1769-1852) boshchiligidagi o`ng tori vakillari Angliyadagi tizimni mukammal deb xisoblab, xech qanday uzgarishlarni lozim topmadi. Natijada parlament isloxotlari uchun kurash yanada keskin tus oldi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling