- Kapitalni o’sishiga solinadigan soliq foyda keltiradigan capital aktivlarni ayrim turlarini sotganda solinadigan soliq. Ular quyidagilardan iborat; xususiy avtomobillar, uy-joy, milliy omonat sertifikatlari, obligatsiyalar va boshqalar. Soliqning asosiy maqsadi chayqovchilik bitimlarini hajmini va foydasini chegaralashdan iborat. Noreziden bo’lgan kompaniyalar bu soliqni to’lamaydilar.
- Shimoliy dengizda neft qazib oladigan kompaniyalarga maxsus soliq tartibi o’rnatiladi. Bu kompaniyalar neftli korporatsiya solig’ini 75% stavka bilan to’laydilar. Lekin ular umumiy korporatsiya solig’ini to’lashdan ham ozod qilinmaydilar.
QQS-(VAT) - Ushbu soliq Buyuk Britaniya byudjetida katta ahamiyat kasb qiladi. Bu soliq 1973-yil 1-apreldan beri amal qiladi. Keyinchalik bu soliqni qo’llash bilan bog’liq yangi qonunlar kiritilgan va ushbu qonunga ko’ra qqs ni Angliya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uels da qo’llaniladi. QQS Moliya Vazirligini boj to’lovlari va aktsiz boshqarmasi ixtiyoriga kiradi. Buyuk Britaniya qirolligida qqs ni to’lovchilar guruxi qat’iy belgilangan. Ular asosan Tovar sotuvchi va xizmat ko’rsatuvchi shaxslar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda soliqni 3ta stavkasi qo’llaniladi; 0%, 8%li, 17,5% li
Aktsizlar va bojlar - Bilvosita soliqlar ichida aktsiz solig’i ikkinchi o’rinni egallaydi. Aktsiz olinadigan tovarlarga spirtli ichimliklar, yoqilg’i, tamaki maxsulotlari, transport vositalari kiradi. Spirtli ichimliklar va yoqilg’idan aktsiz qat’iy belgilangan tartibda olinadi. Tamaki maxsulotlariga aktsiz bahoga ustama qo’yish shaklida foiz hisobida belgilanadi. Aktsiz yig’imlarini stavkasi 10 dan 30% gacha belgilanadi.
Gerb yig’imi - Gerb yig’imi Buyuk Britaniyaning eng eski soliqlaridan hisoblanadi. Bu soliq 1694-yili kiritilgan. Yig’im bitim yoki shaxsga emas, hujjatga solinadigan soliq hisoblanadi. 1891-yilgi va keying chiqqan qonunlarga ko’ra bu soliq shaslar tomonidan fuqarolik-huquqiy bitimlarini tuzayotganda to’lanadi. Ayrim holatlarda gerb yig’imini stavkasi qat’iy summada va boshqa holatlarda advaler printsipi asosida olinadi, ya’ni bitimda qatnashuvchi mulkni qiymatidan foiz hisobida olinadi.
Mulk solig’i - Mulk solig’i 1990-yilgacha mahalliy byudjetlarni daaromadiga tusahdigan soliqlar manbai, ko’chmas mulkdan olinadigan soliq hisoblangan. Bu mulkka uy, yer, magazinlar, muassasalar, zavod va fabrikalar kirgan. Soliq stavkasi funt sterlingda hisoblangan mulk qiymatidan foiz hisobida belgilangan. 1990-yilda M. Tetcher hukumati mol-mul solig’ini bekor qilib jon boshidan solig’ini kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |