Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta
Download 14.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Angliya - Vikipediya
Angliya Angliya — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-sharqini egallagan. Buyuk Britaniyaning ma’muriy-siyosiy qismi, uning tarixiy oʻzagi. Buyuk Britaniya o.ning janubiy va oʻrta hududida joylashgan. Germaniyada yashagan va 5 — 6-asrlarda Yevropa qitʼasidan orolga koʻchib borgan angllar qabilasidan Angliya nomi kelib chiqqan. Keng maʼnoda koʻpincha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligini Angliya deb ataydilar. Maydoni 131 ming km², aholisi — 56 mln. kishidan ortiq (2019). Buyuk Britaniya butun maydonining 54% va aholisining 80%dan koʻprogʻi. Angliya 39 graflik, 6 metropoliya grafligi va katta Londonga boʻlinadi. Angliya Birlashgan Qirollik xaritasida Londonning alohida boshqaruv tizimi bor: uning 28 okrugidan har birida kengash mavjud. Londondagi ijroiya hokimiyatini lord-mer amalga oshiradi. Angliya — iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng rivoj-langan boʻlagi. Mamlakatning anʼanaviy sanoat tarmoqlari: konchilik (toshkoʻmir, temir ruda), qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati asosiy markazlari shu yerda joylashgan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik), elektr va radiotexnika, atom sanoati ham yaxshigina rivojlangan. Angliyada mamlakatning eng katta sanoat markazlari: London, Birmingem, Liverpul va boshqa joylashgan. Buyuk Britaniya jami ekinzorlarining salkam 70% Angliyaga toʻgʻri keladi. U sut chorvachiligi, sabzavotchilik va bogʻdorchilikning asosiy maskani hamdir. Angliyada transport tarmogʻi qalin, uning portlari (London, Liverpul, Sautxempton va boshqalar) orqali mamlakat yuk aylanmasining 80%dan koʻprogʻi oʻtadi. Buyuk Britaniya [1] . 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Yana qarang Manbalar Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/ w/index.php?title=Angliya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Angliya&oldid=3577599" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 13-Fevral 2023, 20:01 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 14.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling