Buyuk davlatchilik shovinizmining paydo bo‘lish sabablari reja: XXI asr muammolari


Buyuk davlatchilik shovinizmi paydo bo‘lishining sabablari nimada?


Download 286.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi286.22 Kb.
#1764540
1   2
Bog'liq
BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMINING PAYDO BO‘LISH SABABLARI

Buyuk davlatchilik shovinizmi paydo bo‘lishining sabablari nimada? 
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda buyuk davlatlar 
maqomiga ega bo‘lgan ayrim mamlakatlar ko‘pgina mintaqalarni o‘zlarining 
“hayotiy manfaatlari” hududi sifatida bosib olib, uzoq vaqt mustamlakachilik
siyosati yurgizganiga ishonch xosil qilish mumkin. Aynan bosib olingan 
hududlarning tabiiy xom ashyo resurslaridan foydalanish, bu 
mamlakatlarning moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zlashtirish ularga ulkan 
va qudratli davlatga aylanishiga imkon yaratadi. Buning oqibati o‘laroq, o‘z 
atrofidagi mamlakatlar va xalqlar bilan munosabatda o‘zini ustun, tanho va 
yagona deb bilish, insoniyat taqdiri, xalqlar kelajagini belgilashda alohida 
mavqyega da’vogarlik ifodasi sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan 
mumtozlik mafkurasi tarix sahnasiga chiqdi. Bunday mafkura davlat 
siyosatining asosiga aylanganida uzoq davom etgan qonli urushlar kelib 
chiqishi, butun bir mintaqalarning vayron bo‘lishi, ko‘plab xalqlarning 
qaram qilinishini isbotlovchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan, ijtimoiy totuvlikka zil ketgan, ichki 
ziddiyatlar kuchaygan, Vatan, millat taqdiridan o‘zining tor manfaatlarini 
ustun qo‘yadigan, o‘zaro kelisha olmayotgan hokimiyatga da’vogar siyosiy 
guruxlarning mavjud muammolarini tashqi kuchlar yordamida hal qilishga 
urunish va ma’naviy-ruhiy parokandalik, ertangi kunga ishonchsizlik 
tuyg‘ulari hukmron bo‘lgan mamlakatlar buyuk davlatchilik shovinizm 
nishoniga aylanishini zamonaviy tarix ham ko‘rsatib turibdi. 
Afsuski, bizning o‘lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining falokatli 
ta’siridan chetda qolmadi. “U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik 


va agressiv millatchilik g‘oyalarining butun jafolarini tortib keldi, - deb 
yozadi Islom Karimov. – O’zbekiston Rossiya imperiyasi, so‘ngra esa sobiq 
Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni 
boshdan kechirdi”
71

Buyuk davlatchilik shovinizmining xavfi bunday pozisiyada turgan kuchlar, 
davlatlarning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy salohiyatining kattaligidagina 
emas, balki axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq ko‘rsatish 
imkoniyatlarining kengligida, ular qo‘lidagi g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish vosita 
va mexanizmlarning xilma-xilligida hamdir. 
Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovetizm bilan o‘ziga xos 
tarzda qo‘shilib ketmoqda. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir 
ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan 
muayyan yaqinlik, o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va 
bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan. Ammo Prezidentimiz o‘rinli 
ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-
ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini hayotimizga 
qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‘z 
bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish 
yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur. 
Buyuk davlatchilik shovinizmining pansovetizm bayrog‘i ostida 
jonlanishining sabablari nimada? Jiddiy tahlil qilinadigan bo‘lsa, birinchidan,
behisob xomashyo resurslari, ishchi kuchi, transport 
kommunikasiyalaridanfoydalanishdan, geostrategik mavqyedan maxrum 
bo‘lish; ikkinchidan, sobiq koloniyalarning o‘z metropoliyasi ta’siri va 
tazyiqidan xalos bo‘lishga intilishi, mustaqil ichki va tashqi siyosatyurita 
boshlashi; uchinchidan, xalqaro maydonda teng huquqli va o‘zaro manfaatli 
xamkorlik ustuvor bo‘lib borayotganini tushunmaslik, to‘g‘rirog‘i 
tushunishni istamaslik; to‘rtinchidan, boshqa kuchlar markazi tomonidan 
go‘yoki uning “hayotiy manfaatlari” tan olinmayotgani, u amal qilayotgan 
hududlar toraytirilayotganini ro‘kach qilish va nihoyat, beshinchidan, 
maqtanchoqlik, insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga ortiqcha baho 
berish, uni betakror va noyob deb hisoblash hozirgi kunda buyuk davlatchilik
shovinizmining jonlanishi uchun “asos” bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’sir o‘tkazishning 


yangidan-yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos 
muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim 
tarixiy voqyea-xodisalarni umuman bo‘lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-
faniga ulkan xissa qo‘shgan ulug‘ allomalarimizni bizga aloqasi yo‘qdek 
qilib ko‘rsatishga urinishlar mavjud.Shuningdek, mintaqa davlatlari o‘rtasida
ziddiyatlar keltirib chiqarish va jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida 
noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga bo‘layotgan intilishlarni hyech qachon 
e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. 
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, 
xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi 
tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura
hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jixatdan 
o‘ziga qaram qilishgabo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. 
Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi 
aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan 
qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi 
tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik bayrog‘i ostida siyosiy 
birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu diniy-
siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. 
U diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-
ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining 
birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo‘l ochsa buning nimasi yomon, 
degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap to‘g‘riga 
o‘xshaydi. Bunday mafkura tarfdorlari o‘z qarashlarini aksariyat xollarda ana
shunday “beozor” shaklda taqdim etishga harakat qiladilar. 
Ammo jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy 
suverenitetdan voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat 
tuzishni ko‘zlayotganlari ma’lum bo‘ladi.Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, 
uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu xol aynan millat sifatida 
o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani 
tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u 
beradilar.To‘g‘ri, biz musulmon xalqmiz. Masalani nozik jihati shundaki, 
bunday kuchlar ana shu reallikni tan oladilaru, o‘z tariximiz, tilimiz, betakror
madaniyatimiz, jahon xalqlari o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘rnimiz, o‘z taraqqiyot 


yo‘limiz borligini inkor etishga harakat qiladilar. Albatta bu haqiqatni tan 
olish yoki olmaslik ularning ishi. Ammo o‘zlarining bunday g‘ayriilmiy 
qarashlarini kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirishga harakat 
qilayotganliklariga befarq qarab bo‘lmaydi. 
Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha 
aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni 
yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning 
shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har
biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni 
egallashga urinmoqda. 
Bugungi kunda xalqlarning lisoniy birligiga tayangan xolda ulrning 
ma’naviy-ma’rifiy birligini ta’minlash bayrog‘i ostida taqdim etilayotgan 
g‘oyalar ortida ham aslida g‘arazli maqsadlar yashiringanligini unutmaslik 
lozim. 
Olamning bugungi kundagi mafkuraviy manzarasi haqidagi mulohazalar 
yakunida nima deyish mumkin? Mafkura va mafkuraviy tarbiya maslasi o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqorolik 
jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimizuchun ham muxim 
hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, ko‘zlangan 
maqsadlargaushbu orzu-umid va intilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan 
g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga 
asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men, - deb 
yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – 
yo mamot, yo najot – yohalokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan 
fikrini ko‘p mushohada qilaman.Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari 
asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muxim va dolzarb bo‘lgan 
bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra 
muxim va dolzarbdir”
72

Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining 
xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz 
ta’kidlagandek, ularga g‘oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish lozim. 
Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni 
saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni 
himoya qilamiz. Xalqaro xamjamiyat, shu jumladan tarix taqazosi bilan 


aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli 
munosabat, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning 
muxim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina, Yurtboshimiz ta’biri 
bilan aytganda, mintaqamiz hyech qachon sivilizasiyalar to‘qnashmaydigan, 
balki ular bir-biriga ta’sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini 
beradigan makonga aylanadi. 
Mafkuraviy poligon - odamlar va xalqlarning qalbi ongini egallashga 
qaratilgan turli g‘oyalarning o‘ziga xos sinov maydonidir. Odatda, «poligon»
deganda qurol- aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy 
tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun 
mo‘jallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix o‘zga hududlarni zabt etish 
maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib 
borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, 
zambaraklardan - yer yuzining har qanday nuqtasiga yetib boradigan 
qit’alararo ballistik raketalargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. 
Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q 
qilinishiga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish 
uchun ularning aholisini jismonan maxv etish shart emas. Zero, turli 
mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va 
kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalishga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har 
qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy 
aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab ko‘riladigan 
maydonga aylanganini bildiradi 
Mafkuraviy tahdidlarga kurashning eng yaxshi usullaridan biri o‘z vaqtida 
mafkuraviy profilaktika ishlarini olib borishdir. 




Download 286.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling