Buyuk ipak yo`LI
Download 51 Kb.
|
BUYUK IPAK YO`LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk meridianal yo`l
- Eslab qoling!
- Shoh yo`li
BUYUK IPAK YO`LI Kirish. Buyuk ipak yo`li. Vujudga kelishi va tarmoqlari Buyuk Ipak yo`li Chjan Syan tavsifida Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Vujudga kelishi va tarmoqlari Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G`arb xalqlari o`rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadirmgi dunyoda mashhur bo`lgan BuyukIpak yo`li muhim o`rin tutgan edi. Bu yo`l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va "Buyuk meridianal yo`l" deb atalgan. Bu yo`lga "Ipak yo`li" degan nom 1877- yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan avval O`rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo`llar mavjud bo`lgan. Eng qadimgi yo`llardan biri miloddan avvalgi 3—2 mingyillikda vujudga kelgan "La'l yo`li" dir. U Pomir tog`laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqalio`tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la'l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la'li ishlatilganbuyumlar Misr fir'avnlari maqbaralaridan ham topilgan. Eslab qoling! Buyuk Ipak yo`li Sariq dengiz sohilidan O`rtayer dengizi sohiligacha cho`zilib ketgan. Bu yo`l 12 ming km uzunlikda bo`lgan. Eslab qoling! Buyuk Ipakyo`li mil. avv. II asrda vujudga kelgan. U "Buyuk meridianal yo`l" deb atalgan. Bu yo`lga "ipak yo`li" degan nom 1877-yilda nemis geografiF.Rixtgofen tomonidan berilgan. Boshqa bir karvon yo`li Eron ahamoniylari sulolasining yo`li bo`lib, "Shoh yo`li" deb atalgan. U miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini,O`rtayer dengizi bo`yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri — Suza bilan bog`lab turgan. Tag`in bir yo`l Eron, Baqtriya orqali So`g`diyona, Toshkentvohasi va Qozog`iston hududidan o`tgan va Oltoygacha borgan. Buyuk Ipak yo`li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo`lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqaliO`rtayerdengizi sohillarigacha borgan. Bu yo`lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlarjoylashgan edi. Do`mbirachi. Ayritom yodgorligidan namuna; Tuyadagi chavandoz haykalchasi; Fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari; Sopol idishlar Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling