Buyuk san’atshunos olimlarning tasviriy san’atga qo’shgan xissasi
Tasviriy faoliyat metodikasining rivojlanishiga xissa qo’shgan pedagog olimlarning xronologiyasi
Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) – rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy a’zosi
Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912.18.8, Troitsk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati – 1995.13.5, Toshkent) – monumentalist rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi
Hakimov Jalil (1920. 16.5 - Toshkent — 1980.29.10) — naqqosh. Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Oʻzbekiston xalqrassomi
Vladimir Aleksandrovich Riftin (1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950).
Boris Aleksandrovich Kim (1922. 10.10, Vladivostok — 1996.3.6, Buxoro) — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1970).
Choriyev Roʻzi Choriyevich (1931.28.8, Sherobod tumani, Poshxurd qishlogʻi — 2004.18.9, Toshkent) — rang-tasvir ustasi. Oʻzbekiston BA faxriy akademigi (1997). Oʻzbekiston xalq rassomi (1987).
Cheprakov Konstantin Pavlovich (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972.31.5, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967).
Neʼmat Mirzaboyevich Qoʼziboyev (1929.20.7, Fargʻona — 2004.14.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970).
Nikolay Grigoryevich Karaxan (1900.17.5, Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati — 1970.18.6, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1950)
Ortiq Fayzullayev (1933.1.5, Toshkent) — yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston BA akad. (1999). Oʻzbekiston xalq rassomi (1997).
Vladimir Yelpidiforovich Kaydalov (1907.27.7, Barnaul — 1985.21.4, Tosh-kent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1957).
Anvar Mirsoatov (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001).
Do'stlaringiz bilan baham: |