Buyuk zotga tazim


Download 20.84 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi20.84 Kb.
#1192395
Bog'liq
Buyuklar yashaydi qalblarda mangu


` “Buyuk zotga tazim“ nomli tadbir senariysi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum ,aziz mehmonlar.Qalbi quyosh ustozlar. Bugun she’riyat mulkining sultoni ,buyuk mutafakkir Amir Nizomiddin mir Alisher Navoiyning muborak ruhlarini shod etgani to`plandik.
Sheriyat olamida tengsiz ham tanho
Gazallarin o`qib lutfiydir shaydo
Qalamin tebratgan ikki til aro
Qutlug` yosh muborak Navoiy bobo,
Meliboyeva ustoz,
2-boshlovchi:Alisher Navoiy hazratlari haqli ravishda Turkiy tilning asoschisidir .Hozirgi kunda yurtimiz bo`ylab Alisher Navoiyning 578 yilligi keng nishonlanmoqda .Bugun biz ham Navoiyni yod etish uchun bu yerga yig`ildik.
2) 5D . Navoiy Xikmatlari.
3) Alisher Navoiy haqida ma’lumot.
Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevral kuni hirot shahrida dunyoga kelganlar. Otalari G’iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar .Shoir bolalik chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib ,4-5 yoshlaridan boshlab o`qish va yozishni o`rganib olganlar ,ko`plab g`azallarni yod bilganlar.
4) Sahna ko`rinishi . 5 B NON isi

5. 6 sinf .Ruboiylar.


6) boshlovchi: Navoiy g`azallaridan parchalar.
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa
Bulbulg`a tikandek oshiyon bo`lmas emish .

---------------------------------------------------


7. boshlovchi: 7 B sher
8) “Xamsa” haqida ma`lumot.
Alisher bobomlar qutlug` odamlar
Dostonlari chiqmagay yoddan
So`rang Majnun ,Qaysdan ,Farhoddan,
Layli ,Shirin qaddi shamshoddan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
Alisher Navoiy bizga ulug` ma’naviy xazina 5 dostondan iborat xamsa asarini yozib qoldirganlar. Asar 1483-1485 yillarda yozilgan .
Asar 26 ming baytdan iborat bo`lib ,”Hayrat ul –abror”,”Layli va Majnun “, “Farhod va shirin “, “Sabbai sayyor”,”Saddiy Iskandariy” dostonlarni oz ichiga oladi .
-Navoiydan oldin Nizomiy va Dehlaviy ham “Xamsa” yaratganlar.U shulardan ilhomlanib ,o`z “Xamsa”sini Turkiy tilda bitdi .
9 ) Navoiy va Husayn Boyqaro sahnasi:
(H.Boyqaro taxtda o'tirgan)
Eshik ochildi: Shohim Mir Alisher tashrif buyurdilar .
Shoh: Ayting kirsinlar.
Navoiy: Assalomu-alaykum, olampanoh.
Boyqaro: Va alaykum-assalom, marhabo do'stim, keling.
(Ko'rishdilar o'tirish uchun joy ko'rsatadi.)
Navoiy: Ahvollarinigiz, nechun, shohim?
Boyqaro: Qulluq, do'stim, qulluq. O'zingizda ne yangiliklar? Ijod olamida ne yangiliklar? Yangi ash'orlar biturmisiz?
Navoiy: Biturmen shohim, biturmen. («Hamsa»ni shoxga beradi) Mana shu siz orzu qilgan obida ham tayyor bo'ldi. Buni sizga armug'on eturmen/
Boyqaro: (kitobni qo'lga olib, varaqlab, o'rnidan turadi)Tassano ,do'stim, tassano, ofarin:
Emas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasiga panja urmoq
Kerak sher ollida ham sheriy jangi
Agar sher o'lmasa bori palangi
Tasanno. Bu asar turkiy nazmida betakror asar bo'libdur. Bu xizmatingizni taqdirlamoq lozim. (qarsak chaladi).
Mulozim:-Labbay Boyqaro:-Oq tulporni hozirlang. Do'stimni otga mindirib, butun Hirot ko'chalari bo'ylab o'zim jilovdorlik qilurmen. qani do'stim marhamat. (Birga chiqishadi)
10. 7 A

11. 9 B’ Sahna ko`rinishi.



12) boshlovchi; Navoiy asarlarini o`qishning o`zi yetarli emas .Navoiyni anglash kerak. Navoiy bilan hamnafas bo`lib yashashimiz kerak.Shunda ulug` bobomizning ruhi shod Bo`ladi ,ham qalbimiz obod bo`ladi.
13.boshlovchi : Aziz ustozlar ,hurmatli mehmonlar , shu bilan shoir Alisher Navoiy Bobomiz tavalludiga bag`ishlangan ”Buyuk zotga tazim ” deb nomlangan .Tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi . Xayr sog` bo`ling.
Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling