Buyumlar va ularning turlari


Download 149.5 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1472310
1   2   3   4
Bog'liq
BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI

Murakikab siltashlar - yuqorida aytib o'tilgan siltashlarning barchasini yoki ko'pchiligini o'z ichiga oladi.
Xarakterli misol -oldinga (yonga) yaxlit siltash bilan bir nomli oyoq bilan siltashni birga olib boorish
.
Sakrashlar


Sakrashlar - badiiy gimnastikadagi eng yorqin elementlardan. biri bo'libgina qolmay, balki gimnastikachidan yaxshi jismoniy va texnik tayyorgarlikni talab qiluvchi murakkab harakat turlaridan biridir. Gimnastikachi sakrashni bajarganda minimal vaqt ichida esda qoladigan obrazni yarata olishi kerak.
Sakrashlarning tasnifl
Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko'pligini izohlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omil laming turli kombinatsiya imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning mohiyatiga ko'ra qat'iy va to'liq tasniflab bo'lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to'g'risida ma'lum darajada tasawurga ega bo'lish mumkin bo'lgan qisqa va qoniqarli tasnifl paydo bo'ldi.
Irg'ishlar - sakrashning oddiy turidir. Irg'ishlar oddiy hollarda yugurib kelmasdan, qo'llar bilan va bo'sh oyoq bilan siltanmasdan bajariladi (agar bir oyoq bilan depsinsa).
Bunday sakrash turi uchun tana a'zolarining kichik amplitu-dadagi erkin harakati va uchishning minimal balandligi xarakter-lidir. Murakkabroq irg'ishlarda harakat uncha ifodali bo'lmagan shaklda imitatsiya qilinishi mumkin, masalan oyoq holatlarini almashtirish, burilishlar. Lekin bunday irg'ishlarda bu belgilar sakrashning umumiy qiyinchiligini o'zgartirmaydi.
Ikki oyoqda baland sakrash juda murakkab bo'lishi mumkin. Ular joyidan yoki yugurib, kelib ikki oyoqqa qo'nib bajariladi. Bunday sakrashlarda faqat qo'llar bilan siltashdan foydalaniladi («irg'ishlar» bilan solishtirganda). Baland uchish uchish paytida aniq belgilangan samarali holatni qabul qilish uchun qo'llanilishi mumkin. Bunday sakrashga boshqa murakkab harakat kiritilganda (masalan, burilishlar), u boshqa bir guruhga taalluqli bo'lishi ham mumkin, chunki harakatning asosiy qiyinchiligi boshqa harakat bilan aniqlanadi.
Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling