Buzoqlarni og'iz suti davrida oziqlantirish


Buzoqlar 12 hafta davomida og'iz sutibilan oziqlantirilgandan so'nggi parvarish


Download 29.71 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1118851
1   2   3   4
Bog'liq
Buzoqlarni ozqlantirish

Buzoqlar 12 hafta davomida og'iz sutibilan oziqlantirilgandan so'nggi parvarish Og'iz suti davri (hayotining birinchi haftasi) dan so'ng, buzoqlar qaymog'i olinmagan sut, sut o'rnini bosuvchilar yoki yog'i olingan sut bilan oziqlanadi. Qaymog'i olinmagan sut buzoqlar uchun parvarishning boshlang'ich bosqichida to'laqonli ozuqa hisoblanadi. Bunda sutdagi yog' va proteinlar miqdorining farqi 0,6% dan ortib ketmasligini kuzatib turish kerak. Agar ortib ketsa, sutning energiyasi oqsil to'plash uchun to'liq sarflanmay qoladi, bundan tashqari, hazm jarayoni buzilishi xavfi tug'iladi. Ayniqsa, buzoqlami sut bilan boqishda sutning optimal haroratining saqlanishini sinchiklab kuzatib turish lozim. Sutni isitish maqsadida qaynoq suv qo'shish to'g'ri kelmaydi, chunki bu sutning ivish vaqti cho'zilib ketishiga olib keladi. Buzoqlarni tug'ilgandan keyin 12 hafta davomida qaymog'i olingan sut bilan oziqlantirish sxemasi berilgan. Sut o'mini bosuvchi (SO'B) aralashmalaming uzoq muddat saqlanishi bilan, bunday almashtirgichlar oksidlanishga qarshi xususiyati borligiga qaramasdan, yog'da eruvchi vitamin laming parchalanishi sodir bo'ladi. Saqlanish muddati tayyorlangan sanadan 4 oy o'tgan sut o'mini bosuvchi aralashmalar ilk yoshdagi buzoqlar ratsionida foydalanilmasligi kerak. SO'Blami quruq, salqin, yorug' Iikdan panajoylarda saqlash lozim. Quruq holdagi sut o'mini bosuvchi aralash~'l1alardan suyuq ozuqa tayyorlashda critish uchun suv haroratini belgilash tayyorlovchi zavod ko'rsatmasiga amal qilgan holda o'tkaziladi. Suv harorati optimal me'yordan farq qilsa, quruq aralashma suv bilan yaxshilab aralashtirilmasa, ko'pincha, cho'kma hosil qiladi. Ular suvda kukunni yaxshilab aralashtirmaslik natijasida ham paydo bo'lishi mumkin. Cho'kmalar oshqozon va ingichka ichakda yomon o'zlashtiriladi, yo'g'on ichakda esa kasallik chaqiruvchi mikrotlora uchun a'lo darajadagi ozuqa hisoblanadi. Buzoq tomonidan ichilgan sut o'rinini bosuvchi suyuqlik miqsori 1 I suvda eriydigan quruq aralashtirgich miqdoriga, shuningdek, qo'shimcha ozuqa sifatida beriladigan o'simlik ozuqasini iste'mol qilishiga bog'liq. I I suyuq SO'B tayyorlash uchun quruq SO'B ning optimal miqdori 100- 125 gramm.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling