Bvzgdj g‘ ylmn ng r. Jarangsiz: pfskt sh x q h


Download 23.87 Kb.
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi23.87 Kb.
#1189404
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Jarangli: b v z g d j g‘ y l m n ng r.

Jarangsiz: p f s k t sh x q h.


Bu tasnifdan kelib chiqadiki, demak, b-p, v-f, z-s, g-k, d-t, j-sh, g‘-x tovushlari o‘zaro juftlik hosil qila oladi. Y, l, m, n, ng, r jarangli tovushlarining jarangsiz jufti, q, h jarangsiz tovushlarining jarangli jufti yo‘q. Shu kunlarda aksariyat o‘qituvchilar darslikdagi mazkur xatoni aynan shundayligicha o‘qitib kelmoqda. Sababi, darslik — har qanday holatda birlamchi, to‘g‘ri, asosiy manba. Boz ustiga, unda yozilgan har bir qoida test savoliga aylanishi mumkin. Hatto shu tasnif asosida abituriyentlarga ham test taqdim qilinyapti. Nega yillar davomida j ning jarangsiz jufti ch, g‘ ning jarangsiz jufti — q deb yod olgan qoidalarimiz o‘zgarib ketdi? Aslida darslikda xatoga yo‘l qo‘yilib, biz o‘quvchilarimiz ongiga shu xatoni


muhrlayotgan bo‘lsak-chi?

Jarangli-jarangsizlik tasnifi ovoz paychalarining harakatiga asoslangan. Qiziq, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ovoz paychalari o‘zgarib qoldimikan?


Fikrimcha, bu darslik mualliflarining texnik xatosi tufayli kelib chiqqan. Chunki bu tasnif berilgan mavzuning o‘zida g‘ va q undoshlari juftligiga ishora qilingan. Shu mavzudagi qoidaga e’tibor bering: “So‘z oxirida g va k hamda g‘ va q jarangli va jarangsiz undoshlari o‘rtasidagi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k, q va g‘ harflari orqali yoziladi” (5-


sinf “Ona tili” darsligi, 143-bet).

Bu ta’rifdanoq, g undoshining jarangsiz jufti k, g‘ undoshining jarangsiz jufti q undoshi ekanligiga ishora qilingan.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Mualliflar: A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova) darsligidagi undoshlar
tasnifini aynan keltiramiz:

“Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i va til muhim ahamiyatga ega. O‘pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to‘siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ba’zi hollarda unga jarang ham qo‘shiladi.


Masalan, b undoshining talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo lablar to‘sig‘iga uchraydi. P undoshining hosil bo‘lishida ham shunday holat bor, lekin uning b dan farqi talaffuzida jarang ishtirok etmaydi.

O‘zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng. Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.

Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:

I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:

1. Lab undoshlari:

a) lab-lab undoshlari: b, p, m;

b) lab-tish undoshlari: f, v.

2. Til undoshlari:

a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, l, r;

b) til o‘rta undoshi: y;

d) til orqa undoshlari: g, k, ng;

e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.

3. Bo‘g‘iz undoshi: h.

II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:

a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;

b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, l, sh, g‘, x, h;

d) qorishiqlar: ch.

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:

1. Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, y, g‘, l, m, n, ng, r.

2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).

Endi har ikki darslikda berilgan ana shu qoidalardagi chalkashliklarni ko‘ramiz:

— o‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor (5-sinf “Ona tili”, 124-bet);

— ular ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz turlarga ajratilgan (aslida “tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra” bo‘lishi kerak);

— portlovchilar, sirg‘aluvchilar va qorishiq undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnif qilingan (ammo qorishiq undoshlar undoshlarning tarkibiga ko‘ra tasniflanadi”.

Navbatdagi qoida darslikdagi shu sahifaning o‘zidayoq, o‘zgacha aks ettirilganini ko‘ramiz: “Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra, sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l yon tovush, r titroq tovush sanaladi. (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).

E’tiborimizni 2-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidagi 7-mashqqa qaratamiz:

1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra:

a) lab undoshlari;

b) til yoki til-tish undoshlari;

d) bo‘g‘iz undoshlari.

2. Aytilish usuliga ko‘ra:

a) portlovchilar;

b) sirg‘aluvchilar.

3. Тovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra:

a) jarangli undoshlar;

b) jarangsiz undoshlar.

4. Ovozning ishtirokiga ko‘ra:

a) sonorlar;

b) shovqinlilar.

5. Тarkibiga ko‘ra:

a) sof undoshlar;

b) qorishiq undoshlar.

Tovush va Fonema


Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi fonetika (yunoncha-phone “tovush”degani)deyiladi. O‘pkadan chiqayotgan havoning tovush paychalariga urilib, og‘iz va burun boshlig‘iga o‘tishidan nutq tovushlari paydo bo‘ladi. Nutq jaroyonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eg kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush deyiladi. Biz tovushlarni aytamiz va eshitamiz. Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir biridan farqlanadi. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so’z va uning ma‘noli birliklarini shakllantirish, farqlash vazifasini bajarishga xoslangan ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Nutqimiz ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: og‘zaki va yozma nutq. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og‘zaki nutq deyiladi. Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi. Yozma nutqning harflar tizimini grafika deyiladi. Undosh tovushlar va ularning tasnifi Talaffuz qilinayotganda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi ma’lum to‘siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va bo‘g‘in hosil qilolmaydigan fonemalar undosh fonemalar deyiladi. O‘zbek tilida 23 ta undosh harf, 24 ta undosh tovush bor. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 xildir. 1.Jarangli undoshlar 2.Jarangsiz undoshlar Mashg‘ulot jarayonida jarangli va jarangsiz undosh ajratishni o‘rgatish, shunday so‘zlarga duch kelganda ularni ajratishni o‘rgatish talaffuzi bilan farqlanishi, eshitgani bilan yozilishi farqlanadi. 1)Jarangli undoshlar: b,v,g,d,z,j,g‘,j,y,m,ng,n,l,r. 2)Jarangsizlar:p,f,k,t,s,ch,q,sh,x,h. Bu undoshlar jufti bilan o‘rganish eng onsonidir (8ta). Jarangli va jarangsiz undoshlarning 8ta jufti bori mavjud. Ular quyidagilar [3]. Jarangli: b v g d z j g‘ j Jarangsiz: p f k t S ch q sh Jarangli va jarangsiz undoshlarni jufti bilan yodlatish bolalarda ularni ajratib olish ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. O‘qituvchidan katta mahorat talab etadi . 1-sinf Ona tili va O‘qish savodxonligi kitobining ”Sog‘ tanda sog‘lom aql” bo‘limida 3-mashq orqali mustahkamlangan. 3-mashq. Audioni tinglash davomida so‘zlarni yozing. Aytilishi va yozilishi har xil bo‘lgan tovushlarni tagiga chizing [4]. Ko‘b-ko‘p, daromat-daromad, qant-qand, oftop-oftob, mikrop-mikrob. Ushbu mashq orqali b-p, t-d jarangli va jarangsiz undoshlar farqlangan. Aytilishi va yozilishi, farqlanishi ko‘rsatilgan. 2-sinf Ona tili va O‘qish savodxonligi kitobining 79-betida quyidagi qoida keltirilgan: ”Ba’zi so‘zlar aytilganidek yozilmaydi. Bunday so‘zlarni mavzular davomida o‘rganib yodda saqlab borishingiz kerak: mikrop-mikrob, mikroskobmikraskop [5]. Bu mashq orqali o‘quvchilarning imloviy savodxonligi yanada oshadi.Bu so‘zlarni eshitishi bilan , ko‘rishi bilan ajratib oladi va to‘g‘risini yozadi. 3-sinf Ona tili darsligi orqali aniq mukammalroq o‘rganadilar” Talaffuzda ayrim so‘zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o‘rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, ozod.Bunday so‘zlar oxirida qaysi harf yozilishni aniqlash uchun shu so‘zdan so‘ng unli qo‘shib aytiladi: kitob-kitobi, mard-mardi, yalpizyalpizi”[6]. Shu qoida orqali qaysi harf yozilishini aniqlab olsa bo‘ladi. Bu qoida darslikda mashqlar orqali mustahkalangan. Bolalarning imloviy savodxonligi shakillanishiga bu mashqlar yordam beradi. O‘quvchilar mashg‘ulotda bilimlarning barcha sohalarini o‘rganishga va dunyo qarashini kengayishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga faqat qoidalarni yodlatishdan ko‘ra ularni bolalar bilan birgalikda ijod qilib yaratilsa, ularni ongli o‘zlashtiradila. Shundan so‘ng, darslikka murojat qilish, mashqlar bajarish maqsadga muvofiqdir. Shunisi aniqki, kitob odamni-bilog‘on, suhbatdatopqir qiladi, yozib olishi esa un aniqlikka o‘rgatadi.


Download 23.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling