BXA 57-2sirtqi Otamurotov.Sh
1-Topshiriq.
Pul nazariyalari- mavzusini mustaqil o’zlashtirish.
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan pul1 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida 1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100 afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo bo’ladi.) Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi. Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.
Quyidagi savollarga javob bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |