Byudjet g`azna ijrosi hisobi
Download 14.41 Kb.
|
8-variant
8. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi. Byudjet g`azna ijrosi hisobi - bu byudjet g`azna ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Byudjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Byudjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Byudjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchidir. Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida; Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida; Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida; Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida; Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Download 14.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling