Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi. Bajardi: Ibrohim Ulug’bekovich Sayfiyev Ilmiy rahbar: K. o’q. Sh. Xalilova toshkent


Download 91.32 Kb.
bet1/12
Sana27.02.2023
Hajmi91.32 Kb.
#1234863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Ibrohim Sayfiyev


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI


BYUDJET HISOBI” FANIDAN


KURS ISHI
Mavzu: Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi.


Bajardi: Ibrohim Ulug’bekovich Sayfiyev
Ilmiy rahbar: K. o’q. Sh. Xalilova

TOSHKENT 2023
REJA:
KIRISH
I BOB. XODIMLAR BILAN HISSOBLASHUVLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
1.1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari.
2.1. Budjet tahskilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari
II BOB. BUDJET TASHKILOTLARIDA XODIMLAR VA STIPENDIYA OLUVCHILAR BILAN HISOBLASHUVLARNI HISOBINI TASHKIL ETISH
2.1. Xodimlar bilan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.
2.2. Stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi.
2.3. Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar hisobini buxgalteriya hisobvaraqalarda aks ettirilishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR

Kirish
Bugungi iqitisodiyotning jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy davrida budej tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yanada to’g’ri va to’liq tashkil etish budjet hisobining asosiy maqsadiga aylanib bormoqda. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish jarayonida xodimlar bilan hisob kitoblar bugungi davlat budjeti xarajatlarining eng yuqori ko’rsatkichlaridan birini tashkil etmoqda, xususan respublika bo’ylab oliya ta’lim sohasida 2022-yilda amalga oshirilgan 5448,8 mlrd so’m qiymatdagi xarajatlarning 2245,9 mlrd so’mi, ya’ni 41,2 foizi sohadagi xodimlarning oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari uchun qilingan. Oliy ta’lim sohasi xarajatlarining yana bir turi mavjudki uni ulushining kattaligi sababli e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Stipendiyalar 2022-yil bo’yicha jami 1223,7 mlrd so’mni tashkil etib ushbu xarajat umumiy oliy ta’lim xarajatlarining 22.5 foizini tashkil etgan.1
Ko’rinib turibdiki budjet tashkilotlari ish haqi hisoblash paytida ehtiyotkor bo’lishlari kerak, zero budjet mablag’lari maqsadli va yo’naltirilgan bo’ladi. Ularning xato sarflanishi budjet sohasidagi boshqa biror yo’nalishda kamchilik bo’lishiga olib keladi.
Ish haqi masalasi har doim muhim masalalardan bo’lib kelgan, davlat miqyosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti har yilgi murojaatnomalarida buni alohida ta’kidlab o’tadilar, xususan 2022.12.18 da bo’lib o’tgan Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murjaatnomasida “Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz,”2 - deb aytib o’tilgan. Ko’rinib turibdiki ish haqi masalasi bugungi dolzarb masalalardan biridir.
Bu borada ish haqi to’g’risida 2022-yil 20-maydagi 138-sonli Prezident Qaroriga asosan 2022-yil 1-iyundan budjet tashkilotlari xodimlarining eng kam oylik ish haqi miqdori 12 foizga oshirilgani natijasida budjet sohasida ish haq fondi
ham sezilarli miqdorga oshdi.3
Avvalroq, «Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori inflyasiyadan yuqori darajada oshiriladi”4, seb aytgan ediShavkat Mirziyoyev.
Ushbu fikr mulohazalarga asoslangan holda ish haqi va stipendiya masalalari haqida ushbu kurs ishi davomida tahliliy ishlarni amalga oshiramiz.



Download 91.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling