4 - chizma. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor maxsulotlar hisobini
xujjatlashtirishning sxematik ko‘rinishi.
Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning o‘zida bir qancha turdagi
mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan biri yoki bir qancha turi asosiy
(maqsadli) turga tegishli bo‘lsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot
(ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor maxsulotlar hisobi buxgalteriya hisobida
belgilangan tartibda dastlabki va yig‘ma xujjatlarda aks ettiriladi (4-chizma).
Jumladan material xarajatlar - yuk xati (talabnoma), material qiymatliklarni
hisobdan chiqarish
dalolatnomalari bilan, mehnat haqi - tabel, bajarilgan ishlarni
topshirish va qabul qilish
dalolatnomalari bilan, chet tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan ish va xizmatlar - bajarilgan ish va
xizmatlar bajarilgan ishlarni topshirish, qabul
qilish dalolatnomalari bilan, asosiy vositalar
amartizatsiyasi - buxgalteriya ma’lumotnomalari va boshqa
tegishli xujjatlar bilan
rasmiylashtirilib yig‘ma xujjatlar, xisob registrlariga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: