"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
1 – chizma. Byudjet ijrosi natijalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishning sxematik ko‘rinishi. 3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi bo‘yicha joriy hisobvaraqlarni yopish. ''Byudjet ijrosining natijalari" nomli 090-sonli hisobvaraq byudjetlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Natijalar yilning ohirida 090-sonli hisobvaraqning kreditiga "Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika byudjetidan olingan va berilgan mablag‘lar" nomli 071-sonli, "Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, 090-sonli hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig‘ini va 071-sonli va 072-sonli hisobvaraqlar bo‘yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo‘li bilan aniqlanadi.[2] 090-sonli hisobvaraq bo‘yicha olingan kredit qoldig‘i byudjetning ijro etilishi natijasi bo‘ladi. Keyingi moliya yilida byudjet parametrlari tasdiqlangandan so‘ng 090-sonli hisobvarag‘idan “Byudjetlar ijrosi natijalari” byudjetda hisobot yili xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutilgan yil boshiga qolgan qoldiq summasi hisobdan chiqariladi, bunda 040-sonli hisobvaraq “Byudjetlar daromadlari” kreditlanadi. Tegishli buxgalteriya ma’lumotnomalari Memorial order (274-b shakl) "Bosh jurnal" daftari (1-k shakl) Hisobot shakllari Memorial order (274-f shakl) Memorial order (274-t shakl) Memorial order (274-v shakl) Tasdiqlangan byudjetda ko‘zda tutilgan aylanma kassa mablag‘i va byudjet mablag‘ining erkin qoldiqlari (ular mavjud bo‘lganda) 090-sonli “Byudjetlar ijrosi natijalari” hisobvarag‘ida qoladi. Moliya yili davomida moliya organlari byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli xarajatlar smetasiga va byudjetlarga o‘zgartirishlar kiritish davomida g‘aznachilik bo‘linmalariga, qonunchilikda belgilangan muddatlarda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq ko‘zda tutilgan, belgilangan maqsadlar yo‘nalishlari va miqdorlari, har bir holat va byudjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha byudjet mablag‘larning erkin qoldiqlari summalari to‘g‘risida yozma ma’lumot beradi. G‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlaridan olingan hujjatlar asosida ushbu mablag‘larni 090- sonli hisobvaraqdan “Byudjetlar ijrosi natijalari” 040-sonli hisobvarag‘iga “Byudjetlar daromadlari” kreditiga ularni tegishli hisob registrlarida aks ettirgan holda, mazkur chorakka tegishli miqdorlarda, hisobdan chiqarish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling