"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

 
 
 
1 – chizma. Byudjet ijrosi natijalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishning 
sxematik ko‘rinishi. 
 
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi bo‘yicha joriy 
hisobvaraqlarni yopish. 
''Byudjet ijrosining natijalari" nomli 090-sonli hisobvaraq byudjetlarning ijro etish 
natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Natijalar yilning ohirida 090-sonli hisobvaraqning 
kreditiga "Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika 
byudjetidan olingan va berilgan mablag‘lar" nomli 071-sonli, "Mahalliy byudjetlardan olingan va 
berilgan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, 090-sonli 
hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig‘ini va 
071-sonli va 072-sonli hisobvaraqlar bo‘yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo‘li bilan 
aniqlanadi.[2] 
090-sonli hisobvaraq bo‘yicha olingan kredit qoldig‘i byudjetning ijro etilishi natijasi bo‘ladi. 
Keyingi moliya yilida byudjet parametrlari tasdiqlangandan so‘ng 090-sonli hisobvarag‘idan 
“Byudjetlar ijrosi natijalari” byudjetda hisobot yili xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutilgan yil 
boshiga qolgan qoldiq summasi hisobdan chiqariladi, bunda 040-sonli hisobvaraq “Byudjetlar 
daromadlari” 
kreditlanadi.
Tegishli buxgalteriya ma’lumotnomalari 
Memorial order 
(274-b shakl) 
"Bosh jurnal" daftari (1-k shakl) 
Hisobot shakllari 
Memorial order 
(274-f shakl) 
Memorial order 
(274-t shakl) 
Memorial order 
(274-v shakl) 


Tasdiqlangan byudjetda ko‘zda tutilgan aylanma kassa mablag‘i va byudjet mablag‘ining erkin 
qoldiqlari (ular mavjud bo‘lganda) 090-sonli “Byudjetlar ijrosi natijalari” hisobvarag‘ida qoladi. 
Moliya yili davomida moliya organlari byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli xarajatlar 
smetasiga va byudjetlarga o‘zgartirishlar kiritish davomida g‘aznachilik bo‘linmalariga, 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq 
ko‘zda tutilgan, belgilangan maqsadlar yo‘nalishlari va miqdorlari, har bir holat va byudjetdan 
mablag‘ oluvchi bo‘yicha byudjet mablag‘larning erkin qoldiqlari summalari to‘g‘risida yozma 
ma’lumot 
beradi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlaridan olingan hujjatlar asosida ushbu mablag‘larni 090-
sonli hisobvaraqdan “Byudjetlar ijrosi natijalari” 040-sonli hisobvarag‘iga “Byudjetlar 
daromadlari” kreditiga ularni tegishli hisob registrlarida aks ettirgan holda, mazkur chorakka 
tegishli miqdorlarda, hisobdan chiqarish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling