Byudjet hisobi”fanidan nazorat ishi mavzu: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti daromadlarini buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari va hisob registrlarida aks ettirish


Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar


Download 66.72 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1518262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Budjet fanidan Mus. Ish Axmedov S. BXA-55-2

Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar.

Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat byudjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika byudjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib boradi. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organiari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun moliya organiari byudjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan byudjetlar bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda byudjet mablag‘ larining butligini ta’minlaydi. Moliya organiari byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va byudjet ijrosi natijalarini aniqlaydi. Moliya organiari o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar byudjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. Moliya organlari byudjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi. Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga:

  1. 1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;

  2. 2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya hisobini yuritish;

  3. 3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;

  4. 4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;

  5. 6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish;

  6. 7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.

  7. Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  8. 1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

  9. 2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;

  10. 3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;

  11. 4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;

  12. 5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;

  13. 6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.

  14. Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:


Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling