Byudjet soliq siyosatining mazmuni ва


– rasm. 2018 – 2019 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd.so’m)


Download 0.75 Mb.
bet7/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1610995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Byudjet soliq siyosatining mazmuni ва

2 – rasm. 2018 – 2019 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd.so’m)
2018 yilda byudjetga jami tushumlar 54203 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa 2019 yilda 29063 mlrd so’mga ortib 83266 mlrd so’mni tashkil etgan. Shu jumladan bevosita soliqlar 2018 yilda 17540 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa 2019 – yilda mos ravishta 5132 mlrd so’mga ortib 2019 –yilda 22672 mlrd so’mni, bilvosita soliqlar esa 2018 – yilda 20282 mlrd so’mni tashkil etgan va 2019 yilda 12874 mlrd so’mni o’sish suratlarini tashkil etgan va resurs to’lovlari va mol – mulk solig’i 2019 – yilda 2018 – yilga nisbatan 1. 55 nisbat bilan o’sish suratlarini qayt etgan hamda davlat boji va jarimlari 1.26 nisbat bilan va oxirgisi boshqa soliqlar va yig’imlar 2.65 nisbat bilan bu o’sish suratlarini ko’rsatib o’tgan.
3 – rasm. 2019 yildagi jami tushumlarda soliq turlarining ulushi (foizda)5
O’zbekiston Respublikasida eng ko’p tushum yig’indisini qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanadi. Va keyingi o’rinlarda mos rsavishta yer qa’ridan foydaganlikgi uchun soliq, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i hamda oxirgi o’rinlarda davlat boji va resurslaridan foydalanganlikgi uchun soliq hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolar quyidagi, o’zlarining huquqlari va majburiyatlari Soliq kodeksi mujassamlashtirilgan bular quyidagilari
Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir.
Soliq organlari, Soliq Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar, Soliq Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilganiga o‘xshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling