Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari


Download 0.51 Mb.
Pdf просмотр
Sana28.12.2019
Hajmi0.51 Mb.

“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

1



 

 

To’ychiyev A.J. - TMI, kafedra mudiri, i.f.d. 



Ismoilxo’jayeva H.G’. – TMI, magistrant 

 

BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI 

JAMG’ARMALAR MABLAG’LARI HISOBI 

VANAZORATISAMARADORLIGINI OSHIRISH 

Mazkur  maqolada byudjet tashkilotlarining byudjettan  tashqari  jamg’armalari, 

jamg’armalar  mablag’larini  shakllantirish,  hisobga  olish  va  ularning  nazorati  yoritib 

berilgan.  Byudjetdan  tashqari  jumladan  rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’larining 

taqsimlanishi  Toshkent  Moliya  instituti  misolida  tahlil  qilingan.  Jamag’armalar 

mablag’larini  taqsimlash,  ularni  hisobga  olish  bo’yicha  muammolar  hamda  ularning 

yechimi keltirib o’tilgan 

 

Kalit  so’zlar:  byudjet  tashkiloti,  byudjetdan  tashqari  jamg’arma,  daromad, 

xarajat, ijaradan tushgan mablag’lar, homiylik mablag’lari, faoliyat turiga xos ishlab 

chiqarish, iqtisod qilingan mablag’lar, boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar. 

This  article  outlines  the  budget  allocations,  budgeting,  accounting  and 

supervision of budget funds. The allocation of the budget for the development budget 

was  analyzed  by  the  example  of  the  Tashkent  Financial  Institute.  Distribution  of 

gross funds, accounting problems and their solutions.

 

 

Key  words:  budget  organization,  extra-budgetary  funds,  income,  expense, 



lease payments, sponsorship, business-type production, savings, other non-budgetary 

funds. 


В этой статье изложены бюджетные ассигнования, бюджетирование, учет 

и  надзор  за  бюджетными  средствами.  Распределение  бюджета  бюджета 

развития  было  проанализировано  на  примере  Ташкентского  финансового 

института.  Распределение  валовых  фондов,  проблемы  бухгалтерского  учета  и 

их решения.

 

 



Ключевые  слова:  бюджетная  организация,  внебюджетные  фонды, 

доходы,  расходы,  арендные  платежи,  спонсорство,  производство  бизнес-типа, 

сбережения, другие внебюджетные фонды. 

 

Kirish 

Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

sharoitida  byudjet  mablag’lari  bilan bir  qatorda byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan 

tashqari  mablag’lari hisobi va nazoratiga ham  alohida  e’tibor qaratilmoqda. Byudjet 

ijrosi jarayonida Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan 

tashqari  mablag’lari  shakillanishi  hamda  sarflanishini  uzluksiz  hisobga  olish,  ularni 

hujjatlashtirish  va  axborotlarni  tizimli  shakllantirish  uchun  byudjet  tashkilotlarida 

buxgalteriya hisobi tashkil etilmoqda. 

Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi  va  nazoratini  takomillashtirish 

uning  aniqligi  va  ishonchliligini  oshirish  yo’lida  islohotlar  olib  boorish  o’zining 

ijobiy  natijasini  berishi  aniq.  Bunday  islohotlar  natijasida  byudjet  mablag’lari, 

byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  mablag’lari,  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

2



 

 

tashqari  mablag’lari  kelib  tushishi  ularning  maqsadli  va  imtiyozli  ravishda 



sarflanishi,  byudjet  tizimidagi  mablag’lar  bilan  bog’liq  o’g’irliklar,  kamomadlar  va 

zararlarning oldini olish imkonini yaratadi. Nazorat sohasining takomillashtirilishida 

mablag’larning  maqsadli  sarflanishi  yuzasidan  tizimli  asos  yaratilishi  nazoratning 

aniq va kamchiliklardan holi bo’lishiga yordam beradi. 

Byudjet  mablag’larini  tejash  va  samarali  foydalanish  borasida  prezidentimiz 

Sh.Mirziyoyev nutqlarida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan, “Byudjet tizimini isloh qilish 

sohasida  mahalliy  hokimiyat  organlari  vakolatlari  yanada kengaytirildi. Endi har bir 

hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to’la o’z zimmasiga 

olishi,  o’z  aravasini  o’zi  tortishi  kerak.Yaqin  kelajakda  barcha  davlat  xaridlarini 

amalga  oshirish  va  davlat  mulkini  sotish  uchun  Internet  tarmog’ida  yagona  maydon 

tashkil  etish  lozim.  Bu  byudjet  xarajatlarini  qisqartirish,  davlat  mulkini  samarali 

boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi. 2018 yilda 

soliq  siyosatini  amalga  oshirishda  keskin  chora-tadbirlardan  voz  kechamiz.  Chunki 

islohotlar  davrida  davlat  tizimining  uzluksiz  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  byudjet 

barqarorligi suv bilan havodek zarur”

1



Byudjet  tashkilotlarini  hususan,  oliy  ta’lim  muassasalarini  davlat  byudjetidan 

moliyalashtirish  hozirgi  kungacha  yuqori  ko’rsatkichlarda  ekani  ijobiy  holat  emas. 

Byudjet  tashkilotlarida  byudjetdan  tashqari  mablag’larni  faoliyat  turiga  hos  va  mos 

holda  shakllantirishga  keng  yo’l  ochib  berish,  byudjet  tashkilotlarini  o’zini  o’zi 

moliyalashtirish imkoniyatini yaratib, byudjet mablag’lari tejalishiga olib keladi. 

 

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 

Ushbu  mavzu  doirasida  bugungi  kungacha  ilmiy  ish  shakllantirilmagan 

bo’lsada,  ushbu  mavzuga  mamlakatimiz  olimlaridan  S.U.Mehmonov  o’z 

munosabatini bildirgan. S.U.Mehmonov byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 

mablag’lariga  “Byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  - 

qonunchilikda  nazarda  tutilgan  byudjetdan  tashqari  manbalar  hisobidan  tashkilotlar 

ixtiyoriga  kelib  tushadigan  mablag’lardir”[1]  deya  o’z  ta’rifini  keltirgan.  Ushbu 

ta’rifdan  bilish  mumkinki,  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag’lari 

ularning  faoliyat  turlariga  mos  holda  boshqa  faoliyat  turlarini  kengaytirish  orqali 

kelib  tushadigan  mablag’lardan  iborat  bo’ladi.  Byudjetdan  tashqari  mablag’lar 

hajmini  oshirish  tashkilotni  byudjetdan  moliyalashtirish  hajmini  pasaytiradi.  Bu  esa 

davlat byudjeti uchun samarali hisoblanadi.  

Byudjet  tashkilotlarida  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  tashkil  bo’lish 

manbalari quyidagilarga ajratilgan; 

  Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari; 



  Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armasi 

mablag’lari; 

  Ta’lim  muassasalarida  o’qitishning  to’lov  kontrakt  shaklidan  tushgan 



mablag’lari; 

  To’lovlarning maxsus turlariga doir mablag’lar; 



                                                           

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22 dekabr 2017 yil. 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

3



 

 



  Boshqa byudjetdan tashqari maxsus mablag’lar.[2] 

Mamlakatimiz qonunchilik tizimida byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari 

jamg’armalar va ularning mablag’lariga taalluqli bo’lgan quyidagi me’yoriy huquqiy 

hujjatlar qabul qilingan. Jumladan: Byudjet kodeksining 44-moddasiga ko’ra Byudjet 

tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagilar: 

  Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi; 



  Tibbiyot 

tashkilotlarining 

moddiy 


rag’batlantirish 

va 


rivojlantirish 

jamg’armasi; 

  Vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idorlarining  byudjetdan  tashqari 



jamg’armalari; 

  Byudjet  tashkilotlarining  undiriladigan  to’lovlar  hisobiga  shakllantiriladigan 



byudjetdan tashqari mablag’lari.[3] 

Qonunchilikda  nazarda  tutilgan  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  esa  Vazirlar 

Mahkamasining  414-sonli  “Byudjet  tashkilotlarini  mablag’  bilan ta’minlash tartibini 

takomillashtirish  to’g’risida”gi  Qarorida  keltirib  o’tilgan.  Qarorga  ko’ra  byudjet 

tashkilotlariga Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish huquqi 

berilgan.  Ushbu  qarorga  muvofiq  byudjet  tashkilotlarini  rivojlantirish  jamg’armasi 

mablag’lari,    Moliya  vazirligining  g’aznachiligi  va  uning  hududiy  bo’linmalarida 

ochilgan  hisob  raqamlarida  hisobot  choragining  oxirgi  ish  kuni  oxirida  byudjet 

mablag’lari  bo’yicha  tejab  qolingan  mablag’lar,  faoliyati  turiga  muvofiq  tovarlar 

(ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotishdan  olingan  daromadlar,  balansida 

bo’lgan  davlat  mulkini  ijaraga  berishdan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  olingan 

mablag’larning  bir  qismi,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  beriladigan 

homiylik  yordami  (beg’araz  yordam)  hisobidan  shakllantirilishi  belgilangan. 

Shuningdek  rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari  hisobiga  birinchi  navbatda 

kreditorlik  qarzlarni  tugatish,  moddiy  texnika  ba’zasini  mustaxkamlash,  xodimlarni 

moddiy  rag’batlantirishga  yo’naltirilishi  belgilangan.  Ta’lim  muassasalarida 

O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  1999  yil  6  avgustda  795  –  son  bilan 

ro’yxatdan  o’tgan  “O’zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 

muassasalarida  o’qitishning  to’lov-kontrakt  shakli  va  tushgan  mablag’larni 

taqsimlash  tartibi  haqida”gi  Nizomga  ko’ra  o’qitishning  to’lov-kontrakt  shaklidan 

mablag’lar tushumi amalga oshiriladi va ushbu mablag’lar hisobiga xarajatlar amalga 

oshiriladi.  Byudjet  tashkilotlarining  maxsus  mablag’lari  bo’yicha  boshqa  tushumlar  

ikkilamchi  xom  ashyoni  topshirishdan  tushgan  tushumlar,  keraksiz  va  eskirgan 

moddiy  qiymatliklarni  (byudjetdan  tashqari  mablag’lar  hisobiga  olinganlarini) 

sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar 

hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. 

Ushbu  qarorda  keltirilgan  byudjetdan  tashqari  mablag’larni  shakllantirish  va 

sarflash yo’nalishlari bilan bir qatorda, bu yo’nalishlarni kengaytirish, erkinlik berish 

shu bilan bir qatorda muntazam nazoratda ushlab turish muhim hisoblanadi. Bu orqali 

byudjet tashkilotlarining byudjetga qaramligini oldi olinadi. 



Uslubiyot va tahlillar 

“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

4



 

 

Hozirgi  vaqtgacha  byudjet  tashkilotlarida  byudjetdan  moliyalashtirish 



yuqoriligi 

kuzatilmoqda. 

Rivojlantirish 

jamg’armasi 

mablag’lari 

o’sishi 


kuzatilmasligini  Toshkent  Moliya  institutining  Rivojlantirish  jamg’arrmasi 

mablag’larini 3 yillik harakati tahlilidan ham ko’rish mumkin. 

 

Ushbu  rasmda  Toshkent  moliya  institutining  rivojlantirish  jamg’armasi 



daromadlarining yillar bo’yicha shakllanishi foiz miqdorida keltiriligan(1-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-rasm. Toshkent moliya instituti rivojlantirish jamg’armasi daromadlari 

(% miqdorida)

2

 

 

 

Toshkent 



moliya 

institutida 

2014 

yilda 


rivojlantirish 

jamg’armasi 

daromadlarining katta qismini homiylik yordamidan kelgan mablag’lar tashkil etgan. 

2015  yilda  esa  bu  yuqori  ko’rsatkich  iqtisod  qilingan  va  boshqa  mablag’lar 

salmog’iga  to’g’ri  keladi.  Iqtisod  qilingan  mablag’lar  umumiy  daromadning 

yarmidan  ko’pini,  ya’ni  64,0  foizni  tashkil  etgan.  2016  yilda  iqtisod  qilingan  va 

homiylikdan  kelgan  mablag’lar  jamg’armaning  asosiy  daromadini  tashkil  qilgan. 

2017  yilda  yuqori  daromad,  iqtisod  qilingan  va  boshqa  mablag’lar  hisobiga  to’g’ri 

keladi. Ijaradan tushgan mablag’lar umumiy daromadning yillar kesimida qaralganda 

5 foizini ham tashkil etmaydi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  prezidentining  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim 



sifatini  oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli 

islohotlar  faol  ishtirokini  ta’minlash  bo’yicha  qo’shimcha  chora  tadbirlar 

to’g’risida”gi  PQ-3775  son,  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora 

tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-2919  son  va  “Oliy  ma’lumotli  mutaxassislar  tayyorlash 

sifatini  oshirishda  iqtisodiyot  soxalari  va  tarmoqlarining  ishtirokini  yanada 

kengaytirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-3151  son  Qarorlaridan  kelib  chiqib 

Toshkent  moliya  institutida  rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari  daromadlari 

                                                           

2

 Toshkent moliya instituti 2014-2017 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan olindi.  



34,6

64,1


39,3

64,7


49,2

38,2


14,3

32,0


19,3

31,5


1,8

4,0


3,3

3,8


0%

10%


20%

30%


40%

50%


60%

70%


80%

90%


100%

2014


2015

2016


2017

Iqtisod qilingan va boshqa mablag'ar

Homiylik yordami (beg'araz yordam)

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar

Ijaradan tushgan mablag'lar


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

5



 

 

tarkibi  bo’yicha  homiylik  mablag’lari  va  tovar  (ish,  xizmat)lar  ishlab  chiqarish 



faoliyatini kengaytirishga zaruriyat mavjudligi namoyon bo’lmoqda. 

 

Ushbu  tushumlar  quyidagi  yo’nalishlarga  sarflangan(2-rasm).  Ushbu  rasmda 



sarf  xarajatlar  foiz  ko’rinishida  keltirilgan  bo’lib  Toshkent  moliya  instituti 

Rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari  asosan  tashkilotni  moddiy-texnika  bazasini 

rivojlantirish tadbirlariga sarflangan. 2014 yilda 98,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 

yilga  kelib  89,2%ni  tashkil  etgan.  2017  yilda  74  foizni  tashkil  etgan.  O’tgan  yilga 

nisbatan  xodimlarni  moddiy  rag’batlantirish  miqdori  oshgan.  Xodimlarni  moddiy 

rag’batlantirish  tadbirlariga  xarajatlar  yildan  yilga  oshib  borgan.  2014  yilda  1,6% 

miqdorda qilingan xarajat 2017 yilga kelib 26,0 foizga yetgan. 

 

 



2-rasm. 

Toshkent 

moliya 

instituti 

Rivojlantirish 

jamg’armasi 

xarajatlari(% miqdorida)

3

 

 

 

Rasm  ma’lumotlaridan  ma’lum  bo’ladiki  2017  yilga  kelib  rivojlantirish 

jamg’armasi mabag’lari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet 

tashkilotlarini  mablag’  bilan  ta’minlash  tartibini  takomillashtirish  to’g’risida”gi  414 

son  Qarori  talablari  bajarilgan.  Oldingi  (2014-2016yil)  davrda  esa  rivojlantirish 

jamg’armasi  mablag’larining  deyarli  barchasi  moddiy-tehnik  bazani  rivojlantirishga 

sarflangan. Aslida esa, rivojlantish  jamg’armasi  mablag’larining 25  foizi  xodimlarni 

moddiy rag’batlantirishga sarflanishi belgilangan.  

 

 

Xulosa va takliflar 



 

Bizningcha, Toshkent moliya instituti homiylik va faoliyat turiga xos mahsulot 

(ish,  xizmat)lar  realizatsiyasi  daromadlar  tushumini  kengaytirishi  hamda  ushbu 

mablag’larning  25  foizini  qat’iy  tartibda  xodimlarni  moddiy  rag’batlantirishga 

sarflashi zarur. 

 

Byudjet tashkiloti faoliyat turiga xos mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasini 



tashkil  etish  va  ularni  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  bilan  bog’liq  muammolar 

                                                           

3

Toshkent moliya instituti 2014-2017 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan olindi. 



98,3

97,2


89,2

74,0


1,6

2,8


10,8

26,0


0%

10%


20%

30%


40%

50%


60%

70%


80%

90%


100%

2014


2015

2016


2017

Moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash

Xodimlarni moddiy rag'batlantirish


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

6



 

 

mavjud.  Jumladan,  ta’lim  muassasasi  ta’lim  xizmatini  tashkil  etish  orqali 



rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’larini  shakllantirishi  mumkin.  Ammo,  ushbu 

faoliyat  asosiy  dars  mashg’ulotlari  yakunlangach  amalga  oshiriladi  va  ma’lum  bir 

vaqt  davomida  ta’lim  xizmatini  ko’rsatish  uchun  asosiy  vositalardan  foydalaniladi. 

Asosiy  vositalarning  eskirishi  ushbu  asosiy  vosita  kirim  qilingan  manba  bo’yicha 

haqiqiy xarajatlarda aks ettirilishi belgilangan. 

 

Ma’lum  vaqt  oralig’ida  foydalanilgan  asosiy  vositalarning  eskirishi 



ko’rsatilayotgan  ta’lim  xizmati  tannarxida  aks  ettirilishi  zarur. Ammo,  ushbu  asosiy 

vositalar  bo’yicha  hisoblangan  eskirish  summasining  qancha  qismini  xizmat 

tannarxiga qaysi tartibda kiritish biror me’yoriy-hujjatda belgilanmagan. 

 

Shuningdek, ta’lim xizmatini ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan kommunal 



xizmatlar,  internet  xizmatlari,  qo’riqlash  xizmati  va  boshqa  shu  kabi  xarajatlarni 

ta’lim xizmati tannarxiga kiritishning aniq tartibi mavjud emas. 

 

Bizningcha,  ushbu  muammoni  ijobiy  hal  etish  maqsadida  byudjet 



tashkilotlarida  ishlab  chiqariladigan  mahsulot,  bajariladigan  ish  va  xizmatlarning 

tannarxini aniqlash va hisoblashga qaratilgan alohida me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi 

zarur. Ushbu me’yoriy hujjatda mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlar ko’rsatish 

bo’yicha  xususiyatlarni  inobatga  olgan  holda  xarajatlarni  tannarxga  kiritish  aniq 

belgilanishi  kerak.  Xususan,  ta’lim  xizmati  tannarxi  tarkibidagi  eng  katta 

xarajatlarning ulushidan kelib chiqib, asosiy vositalarning eskirishi, foydalaniladigan 

kommunal  xizmatlar,  internet  xizmatlari,  qo’riqlash  xizmati  va  boshqa  shu  kabi 

xarajatlarni ta’lim xizmati tannarxiga kiritish maqsadga muvofiq.  

 

Rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari  iqtisod  qilingan  byudjet  mablag’lari, 



homiylik mablag’lari, ijaradan tushumlar, faoliyat turiga xos ishlab chiqarish va ular 

realizatsiyasidan tushumlar hamda boshqa tushumlardan iborat ekanligi belgilangan. 

 

Shuningdek,  byudjet  tashkilotining  boshqa  byudjetdan  tashqari  mablag’lari 



bo’yicha  daromadlari  ham  mavjud.  Ushbu  holatda  mavxumlik  mavjud,  ya’ni 

rivojlantirish 

jamg’armasining 

boshqa 


tushumlari 

tarkibi 


chagarasi 

aniq 


belgilanmagan.  Bu  o’z  navbatida,  rivojlantirish  jamg’armasi  daromadlarini  bir 

vaqtning  o’zida  ham  rivojlantirish  jamg’armasi,  ham  boshqa  byudjetdan  tashqari 

daromadlar  tarkibiga  kiritishga  olib  keladi.  Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlarida 

noaniqlikni keltirib chiqaradi. 

 

Bizningcha,  ushbu  holatni  ijobiy  hal  etish  uchun  rivojlantirish  jamg’armasi 



daromadlari tarkibini aniq belgilab olish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlariga 

kiritishning  imkoni  bo’lmagan  daromadlarni  esa,  boshqa  byudjetdan  tashqari 

daromadlarga kiritish maqsadga muvofiq. 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI: 



 

1. O’zbekiston  Respublikasi  Byudjet  kodeksi.  23.12.2013y.  O’RQ-360-

son//www.lex.uz 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 

 

7



 

 

2. O’zbekisot  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  414-sonli  “Byudjet 



tashkilotlarini  mablag’  bilan  ta’minlash  tartibini  takomillashtirish  to’g’risida”gi 

Qarori 3.09.1999//www.lex.uz  

3. Mirziyoyev Sh.M “Oliy Majlisga Murojaatnoma” 22 dekabr 2017 yil 

4. S.U.  Mehmonov  Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi:  nazariya  va 

amaliyot. Toshkent. Iqtisod-moliya 2016 /7,8-bet 

5. S.U. Mehmonov Byudjet hisobi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2012 /106-bet 



6. Toshkent moliya institutining moliyaviy hisobot ma’lumotlari. 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling