Byudjet tashkilotlarida ichki audit Joriy nazorat 1-Masala


Download 19.64 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi19.64 Kb.
#1015139
Bog'liq
Joriy nazorat


Byudjet tashkilotlarida ichki audit
Joriy nazorat
1-Masala: Budjet tashkilotlarida ichki audit xizmati tomonidan 2021 yilda Kimyo texnologiyari institutida ichki audit nazorati o’tkazildi. Nazorat davomida o’ta muhim bo’lgan xatolar aniqlanmadi. 2021 yil yakunlari bo’yicha oliy ta’lim muassasasiga ijobiy xulosa berildi. Ichki audit nazorati yakunlanganidan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshiruv keldi va ushbu oliy ta’lim muassasasida jiddiy tartibda qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Talab qilinadi:

  1. Ushbu vaziyatda ichki auditorlar qanday yo’l tutadilar?

Javob: Bu vaziyatda auditorlar tekshirish ma’lumotlariga tanlanma usulda tekshirildi deb yozib ketadi.



  1. Hisob palatasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni zarari kim tomonidan qoplanadi?

Javob: Bu zarar miqdori dalolatnomada yozilgani bo’yicha qoplanadi. Dalolatnoma bo’yicha kamomadlar moddiy javobgarlar ya’ni o’quv va pedagogik yuklamalar o’qituvchilar va boshqalar tomonidan qoplanadi.



  1. O’z vaqtida aniqlanmagan kamchiliklar uchun kim javobgar hisoblanadi va bu vaziyatda Hisob palatasi hamda ichki audit boshqarmasining o’zaro aloqasi qanday bo’ladi?

Javob: Bu vaziyatda Hisob palatasi ichki audit boshqarmasiga nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalarini beradi. Aniqlanmagan kamchiliklar uchun esa ichki auditorlar javobgar, biroq ular to’la tekshiruv amalga oshirilmaganligini hisobga olingan taqdirda javobgarlikka tortilmaydilar.

2-Masala: Tashkilotda ichki audit boshqarmasi tomonidan ichki audit tekshiruvlari oʼtkazilayotganda tashkilotning boshqaruv xodimlari va ichki auditorlar oʼrtasida nizolar vujudga keldi. Bunga sabab tashkilot xodimlari tomonidan ichki auditorlarga nisbatan axloq meʼyorlari buzilganligi boʼldi. Ichki auditorlarning mustaqilligiga toʼsqinlik qiluvchi, ularning ish faoliyatiga xalal beruvchi va ular bilan oʼzaro muomala munosabatlari qoʼpol buzilishi yuzaga kelgan.
Talab qilinadi:

  1. Bu vaziyatda ichki auditorlar o’z nazoratlarini davom ettiradilarmi?

Javob: Bu vaziyatda ichki auditor tashkilot rahbariga yozma murojaat qiladi va bo’lgan holatni batafsil yoritib beradi. Bunday holatda tashkilot rahbari xodimlariga nisbatan choralarni ko’radi. Ichki auditor o’z nazoratini davom ettiradi. Nazoratga to’sqinlik bo’lsa, ichki auditorga har xil tahdidlar qilinsa, huquqni muhofaza qilish xodimlariga murojaat qilib ular bilan birgalikda nazoratni davom ettirishi mumkin.



  1. Tashkilotga nisbatan bu vaziyatda qanday choralar ko’riladi?

Javob: Bu vaziyatda tashkilot rahbariga murojat qilinadi va tashkilot rahbari tomonidan xodimlariga nisbatan kerakli choralar ko’riladi
Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling