Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi st-85 guruh talabasi salohov a


Download 445 b.
Sana12.11.2017
Hajmi445 b.


BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI

  • ST-85 GURUH TALABASI SALOHOV A.


MOLIYAVIY NATIJALAR

  • MOLIYAVIY NATIJALAR – bu xo’jalik subyektlarida ma’lum bir hisobot davrida xo’jalik jarayoni natijasida o’ziga qarashli mablag’larni oshishi yoki kamayishidir. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlar, byudjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali oshirgan kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha haqiqiy xarajatlarning o’zaro solishtirilishi natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi.



BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJANI SHAKLLANISHI





Byudjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning haqiqiy harajatlaridan ortiq bo’lishi:

  • a) Debetorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin.

  • b) Tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarning qoldiq qiymati oshgan bo’lishi mumkin.

  • Shartli misol: Byudjet tashkilotining 2011 yil mobaynidagi byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirgan kassa xarajatlari 10.0 mln so’mni, uning mazkur davr mobaynidagi haqiqiy xarajatlari 9.5 mln so’mni tashkil qiladi. Mazkur operatsiyalar natijasida byudjet tashkilotining balansi quyidagicha bo’lishi mumkin:



  • Debetorlik qarz vujudga kelgan bo’lishi mumkin, ya’ni mablag’ yetkazib berilgan (kassa xarajati amalga oshirilgan ), lekin 500.0 ming so’m miqdorda tovar olinmagan.



  • Materiallar olingan lekin xarajatga chiqarilmagan (asosiy vositaga eskirish hisoblanmagan) yoki byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari hisob-varaqlariga (masalan, rivojlantirish jamg’armasiga) o’tkazilgan, lekin xarajat qilinmagan.



Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi

  • Byudjet tashkilotining byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning byudjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natija 23 “ Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar ” scho’tida hisobga olinadi.



Buxgalteriya o’tkazmalari

  • Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Byudjet mablag’lari hisobiga ish haqi 231 173

  • hisoblanganda

  • 2. Byudjet mablag’lari hisobiga hisoblangan 231 161

  • ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to’lov

  • ajratmalari summasiga

  • 3. Byudjet mablag’lari hisobiga berilgan 231 172

  • xizmat safari xarajatlari hisobdan

  • chiqarilganda

  • 4. Byudjet mablag’lari hisobiga komunal to’lov 231 15

  • hisoblanganda

  • 5. Byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan

  • haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarilganda 230 231



  • Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijalar 280 “ Byudjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschotining kreditiga debetiga nisbatan chiqariladi va subscho’t boyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.

  • № Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan

  • kassa xarajatlar hisobdan chiqarilganda 232 230

  • 2. Moliyayilining oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha

  • joriy yilga moliyaviy natijalar (ijobiy) hisobdan

  • chiqarilganda 230 280

  • 3. Moliyayilining oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha

  • joriy yilga moliyaviy natijalar (salbiy) hisobdan

  • chiqarilganda 280 230



Byudjet tashkilotining byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi



To’lovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi

  • Byudjet tashkilotining to’lovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijasi bu – tashkilotning mazkur mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Bu 24 “To’lovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijaslar” scho’tida hisobga olinadi.



Buxgalteriya o’tkazmalari

  • № Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Ota-onalardan bolalarni ta’lim 156 242 muassasalarida saqlanganlik uchun hisoblangan to’lovlar

  • 2. Ota-onalardan bolalarni ta’lim 242 240 muassasalarida saqlanganlik uchun hisoblangan to’lovlar hisobdan chiqarilganda.

  • Shartli misol: G’azna ijrosiga o’tilgan byudjettashkilotining 2011 yil mobaynidagi to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlari 10.0 mln so’mni tashkil qildi. Bu summa albatta, 241-subscho’tning debetida 2011 oxirigacha yeg’ilib boradi. Mazkur davr mobaynidagi hisoblangan ota-onalarning mablag’lari 14.0 mln so’mni tashkil qildi.



  • Bu summa albatta, 242 – subscho’tningkreditida 2011 yilning oxirigacha yeg’ilib boradi. Yilning oxirida ushbu subscho’tlar quyidagicha yoziladi.

  • a) amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (10.0 mln so’m)ni yopilishi:

  • Debet 240-subscho’t 10.0 mln so’m

  • Kredit 241-subscho’t 10.0 mln so’m

  • b) hisoblangan ota-onalar mablag’lari (14.0 mln so’m)ni yopilishi:

  • Debet 240-subscho’t 14.0 mln so’m

  • Kredit 241-subscho’t 14.0 mln so’m

  • Mazkur operatsiyadan keyin 240 – subscho’tning “Bosh jurnal kitobi” dagi korinishi quyidagicha bo’ladi:



“Bosh jurnal kitobi” dagi korinishi

  • D-T 240 – subscho’t K-T

  • 10.0 mln. 14.0 mln.

  • so’m so’m

  • 4.0 mln so’m



Byudjet tashkilotlarida ota-onalar mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi



Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi

  • Byudjet tashkilotining ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijasi bu – tashkilotning ushbu mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida hisoblangan to’lov-kontrakt mablag’lari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Ushbu 25 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijaslar” scho’tida hisobga olinadi.



Buxgalteriya o’tkazmalari

  • Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 251 173 mablag’lari hisobiga ish haqi hisoblanganda

  • 2. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 251 161 mablag’lari hisobiga ish haqiga nisbatan 25% YIT ajratmalari summasiga

  • 3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 251 172 mablag’lari hisobiga berilgan xizmat safari xarajatlari hisobdan chiqarilganda

  • 4. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 251 159 mablag’lari hisobiga komunal to’lovlar uchun to’lov hisoblanganda

  • 5. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 250 251 mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarilganda



Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi



Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi

  • Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning ushbu mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida hisoblangan daromadlari va mazkur vaqt mobaynida amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 26 “Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” scho’tida hisobga olinadi.



Buxgalteriya o’tkazmalari

  • № Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobdan 260 261 chiqarilganda

  • 2. Moliya yili oxirida byudjet tashkilotining 262 260 rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar hisobdan chiqarilganda

  • 3. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari mablag’lari bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy) hisobdan 260 283 chiqarilganda

  • 4. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari mablag’lari bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (salbiy) hisobdan 283 260 chiqarilganda



Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi



Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi

  • Byudjet tashkilotining boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning ushbu mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida hisoblangan daromadlari va mazkur vaqt mobaynida amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Bunda ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlarva ular hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bo’yicha moliyaviy natijalarni aks ettiriladi. Byudjet tashkilotining boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 27 “Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” scho’tida hisobga olinadi.



Buxgalteriya o’tkazmalari

  • № Muomalalar mazmuni DT KT

  • 1. Boshqa daromadlar hisobiga sotib olinganda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobdan 270 271 chiqarilganda

  • 2. Moliya yili oxirida boshqa byudjetdan tashqari 272 270 daromadlar hisobdan chiqarilganda

  • 3. Yil oxirida inventarizatsiya natijalariga ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-mulklar qiymatini 273 270 moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilganda

  • 4. Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy) hisobdan 270 284 chiqarilganda

  • 5. Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (salbiy) hisobdan 284 270 chiqarilganda



Byudjet tashkilotlarida boshqa daromadlar bo’yicha moliyaviy natijani shakllanishini sxematik ko’rinishi



Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi

  • Yakuniy moliyaviy natija – bu byudjet tashkilotining hisobot yili yakunida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha daromadlar bilan haqiqiy xarajatlar o’rtasida yuzaga keladigan farqidir.Shuningdek, byudjet tashkilotining yakuniy moliyaviy natijasi barcha aktivlarining (nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar va debetorlari) umumiy summasidan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasiga tengdir.Byudjet tashkilot faoliyatining yakuniy bo’yicha moliyaviy natijalari 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar scho’tida aks ettiriladi.



Yakuniy moliyaviy natijalar” scho’tining sxematik ko’rinishi

  • D-T 28- scho’tining subscho’tlari

  • K-T




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling