Byudjet tasnifi


Download 8.37 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi8.37 Kb.
#1829204
Bog'liq
tezis . Bahriddinova Marjona


DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 5MM-21 gruhi talabasi Baxriddinova Marjona
BYUDJET TASNIFI
Budjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarining turli tumanligi, moliya-budjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat moliyasini boshqarishni pul oqimlarini xarakatining qonuniy tasdiqlangan yagona tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga yaqin budjet ko‘rsatkichlarni umumlashtrish yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadigan muxsus budjet tasnifi xizmat qiladi. Budjet tasnifi o‘z vazifa va funksiyalarni bajarish uchun mablag‘larni qanday sarflashni ko‘rsatib beradi.
Budjet tasnifi smetalarni va budjetlarni umumiy jamlanmaga birlashtirish uchun sharoit yaratadi, ularni ko‘rib chiqishni soddalashtiradi va iqtisodiy tahlil qilish imkoniyatini yaratadi, budjet ijrosi nazorati va mablag‘larni o‘z vaqtida to‘liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni osonlashtiradi. Budjet tasnifi budjet ijrosi bo‘yicha hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va budjdet mablag‘lari sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Davlat moliyasi aniqrog‘i, davlat budjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, bu o‘z navbatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan budjet jarayonining hamma bosqichlarini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday tizimlardan biri bu budjet tasnifidir.Iqtisodiy adabiyotlarda budjet tasnifining umumiy tamoyillariga, davlat va mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish va budjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim fikrlar berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy budjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy mohiyati va uning roli to‘g‘risida ham ko‘p ta’kidlab o‘tiladi. Bunda budjet daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, tasnifni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi.Budjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, budjet daromadlari va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uniboshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va budjet sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish, bu budjet jarayonining samarali ishlashiga sharoit yaratadi. Shuningdek, budjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib guruhlash nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni va budjet intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat moliyasi tizimida budjet tasnifi budjet holati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob ma’lumotlarini ham ta’minlab beradi. Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi. Budjet tasnifi budjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. Budjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu budjet tasnifi bo‘lib, turli darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, budjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi. Xalqaro tasniflash asosida davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini milliy tasniflashni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Ushbu tasniflar davlat moliyasi hisobini yuritish va uni boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Turli darajadagi budjetlarning barcha daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari belgilanadi.
Budjet tasnifi hamma budjetlarning ma’lumotlarini bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshiruvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadaari va xarajatlari bir xil xususiyatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
Barcha darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi-daromadlar va xarajatlarni tasnif ob’ektlariga guruhlovchi xos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida prognozlashtiriladi, shakllantiriladi va ijro etiladi.
Davlat moliyasi tizimida budjet tasnifi davlat budjetining holati to‘g‘risidagi malumotlarni hisobini yuritish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.Budjet tasnifidan budjet jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Budjet tasnifi tasdiqlangan budjet asosida daromadlarni tushishi va xarajatlarni moliyalashtirishni hisobga olish imkonini beradi. Budjet tasnifi asosida davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tuziladi. Budjet tasnifidan foydalanish daromadlarni har bir turi bo‘yicha tushishi, xarajatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha moliyalashtirish, bir turdagi tashkilotlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini taqqoslash, hamda tahlil qilish imkonini beradi. Uning asosida ko‘rsatkichlar rivojlanishi dinamikalari va tendentsiyalari kuzatiladi, budjet munosabatlari rivojlanishiga nisbatan prognozlar ishlab chiqiladi, hamda budjet ko‘rsatkichlariga statistik ishlov beriladi.
Download 8.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling