Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja


Elektron savdolar orqali sotib olinadigan tovarlar (ish, xizmat) guruhi va ularga o’rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdori9


Download 161.86 Kb.
bet9/19
Sana23.02.2023
Hajmi161.86 Kb.
#1224110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari

Elektron savdolar orqali sotib olinadigan tovarlar (ish, xizmat) guruhi va ularga
o’rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdori9




Tovarlar (ish, xizmat) ro’yxati

Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan ulushlar (kvota) miqdori (% da)

Elektron savdolar orqali amalga oshiriladigan xaridlar

1

O’quv jihozlari sotib olish (o’quv adabiyotlaridan tashqari)

100

+

2

Qog’oz va boshqa poligrafiya mahsulotlarini sotib olish

100

+

3

Transport vositalarini kapital va joriy ta’mirlash

100

-

4

Turar va noturar joy binolarini kapital va joriy ta’mirlash

100

-

5

Kompyuterjihozlari, hisoblash va audio-video texnikalarni ijarasi bo’yicha xarajatlar

100

+

6

Turar va noturar joy binolarini saqlab turish va joriy ta’mirlash

100

-

7

Transport vositalarini saqlab turish va joriy ta’mirlash

100

-

8

Mebel va ofis jihozlarini saqlab turish va joriy ta’mirlash

100

-

9

Kompyuterjihozlari, hisoblash va audio-video texnikalarni saqlab turish va joriy ta’mirlash

100

+

10

Boshqa mashina, jihoz va texnikalarni saqlab turish va joriy ta’mirlash

100

-

11

Kiyim-kechak, poyabzal va choyshab-g’iloflar sotib olish

50

+

12

Mebel va ofis jihozlari sotib olish

50

+

13

O’quv-laboratoriya asbob-uskunalari sotib olish

10

-

14

Kutubxona fondi va o’quv adabiyotlarni sotib olish

10

-

15

Boshqa mashinalar, jihozlar va texnikalar ijarasi bo’yicha xarajatlar

10

-

16

Elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga

40

-










olish asboblarini joriy ta’mirlash bo’yicha xarajatlar







17

Kompyuter jihozlari, hisoblash va audio-video texnikalar, axborot texnologiyalar va jihozlar sotib olish

50

+

18

Avtomobil yo’llarini ta’mirlash

25

-

19

Boshqa inshoatlarni kapital va joriy ta’mirlash

50

-

20

Boshqa mashinalar, jihozlar va texnikalarni kapital va joriy ta’mirlash

40

-

21

Turar va noturar joy binolari ijarasi bo’yicha xarajatlar

30

-

22

Transport vositalarini ijarasi bo’yicha xarajatlar

20

-

23

Mebel va ofis jihozlarini ijarasi bo’yicha xarajatlar

40

+

24

Ijara bo’yicha boshqa xarajatlar

30

-

25

Boshqa inshoatlarni saqlab turish va joriy ta’mirlash

25

-

26

Boshqa moddiy zahiralar va xizmatlarni sotib olish, jumladan:




+




-Tovar-moddiy zahiralari sotib olish bo’yicha xarajatlar (Qog’oz va boshqa poligrafiya mahsulotlaridan tashqari kantselyariya buyumlari va boshqa kam baholi va tez eskiruvchan asbob-uskuna va jihozlar sotib olish)

50

+




- Kommunikatsiya xizmatlari va axborot olish bilan bog’liq xarajatlar (Halqaro axborot agentliklari xizmatlaridan tashqari)

50

+

27

Xizmat safarlaridagi yashash (mehmonxona) xarajatlari (respublika xududida)

10

-

28

Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish, jumladan:

30

+*




- paxta yog’i- sariyog’-margarin-makaronlar- xar xil yormalar (manniy, perlovka, tariq, jo’xori, bug’doy, arpa, grechka, guruch va guruch-sechkasi, suli va no’xot) -loviya (qizil va oq)-no’xot-makkajo’xori- dimlangan go’sht (tushenka)- quyiltirilgan sut- shakar (hamda oq qand)-asal- kakao- murabbo-sabzavot ikrasi- kartoshka kraxmali- quruq va presslangan xamir turish- quruq choy (qora, ko’k)- kompotlar- quruq mevalar - tuzlagan karam, pomidor, bodring










300 AQSh dollariga teng summagacha bo’lgan davlat xaridlari bo’yicha buyurtmachini hohishiga asosan elektron savdolari orqali sotib olinishi mumkin. 300 AQSh dollariga teng summagacha bo’lgan davlat xaridlari bo’yicha buyurtmachini hohishiga asosan elektron savdolari orqali sotib olinishi mumkin. Byudjet tashkiloti boshlang’ich bahoni (narx) internet, maxsus gazeta va jurnallar va boshqa matbuotda chop etilgan tovar (ish, xizmat) narxlaridan hamda respublika ichki bozorlaridagi (korxona va firmalar) narxlardan foydalangan holda mustaqil belgilaydilar. Byudjet tashkilotlari elektron savdolarda qatnashish uchun maxsus axborot portalida e’lon bergan kunidan boshlab 25 kun ichida O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining hisob kliring palatasida


54
ikkinchi depozit xisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag’iga boshlang’ich bahodan (narx) 0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yig’imi sifatida avans to’lovini amalga oshiradi. Elektron savdolarda qatnashish uchun so’rovnoma joylashtirish uchun xizmat to’lovlari miqdorlari O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi tomonidan Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Moliya vazirligi G’aznachiligi va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining ma’lumotlar bazasini elektron bog’lash yo’li orqali byudjet tashkilotlari birja tomonidan markazlashgan tartibda avtomatik tarzda buyurtmachi sifatida ro’yxatdan (akkreditatsiyadan) o’tkaziladi. Maxsus axborot portaliga e’lonlar joylashtirish va elektron savdolarda qatnishish uchun so’rovnomalar kiritishga faqatgina akkreditatsiya o’tgan buyurtmachilarga ruxsat etiladi . Byudjet tashkilotlari va agentlar o’rtasidagi munosabatlar ular o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasiga asosan belgilanadi. Topshiriq shartnomasida quyidagi shartlar ko’zda tutilishi lozim:

  • Agentlarga xizmati uchun to ’lovlar

  • Birjaning vositachilik xizmati

  • Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portaliga joylashtirganligi uchun to’lovlar

  • topshiriq shartnomasida shartnoma maqsadi, hisob-kitob qilish tartibi, buyurtmachi va agentning majburiyatlari, tomonlarning javobgarligi, shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlar ko’rsatiladi.

  • Topshiriq shartnomasida summa belgilanmaydi. Byudjet tashkiloti va agent o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomalari asosiy shartnoma vazifasini o’taydi va ular Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatga olinmaydi, faqatgina hisobi yuritiladi.

• Birjaning vositachilik xizmati elektron savdolarda tuzilgan bitim summasining 0,05 % miqdorida belgilanadi. Agentlarga xizmati uchun to’lovlar (savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portaliga joylashtirganligi uchun to’lovlar) O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi tomonidan
55
Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Birja va agentlar xizmati uchun avans to’lovlari byudjet tashkiloti tomonidan Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalariga taqdim qilingan so’rovnomalar asosida aniqlanadi (birja va agentlar xizmati bo’yicha xarajatlar, tovar (ish, xizmat) olinaetgan modda bo’yicha, tegishli so’rovnomalarning jamlamalari asosida aks ettiriladi). Birja va agentlar xizmatlariga avans to’lovini amalga oshirish uchun byudjet tashkilotlari “Davlat byudjeti g’azna ijrosi Qoidalarining” 6 - ilovasidan foydalanadilar. Elektron tizimda savdolar boshlang’ich baholarni bosqichma-bosqich kamaytirish asosida tashkil etiladi.Savdo o’tkazish, savdo g’olibini aniqlash, bitimni ro’yxatdan o’tkazish va savdo bayonnomasini (tiket) tuzish elektron tizim dasturiy majmui tomonidan amalga oshiriladi. Savdo o’tkazish jarayonida elektron tizim so’rovnoma bergan mol etkazib beruvchilarni orasidan eng past narxni taklif qilganlarni avtomatik tarzda tanlaydi va bu narx o’sha zahoti barcha burtmachi va mol etkazib beruvchilarga ko’rinadi. Agarda savdo kamida ikkita mol etkazib beruvchi ishtirok etsa, u holda sado o’tkazilgan hisoblanadi. Agarda savdo ikkitadan kam mol etkazib beruvchi ishtirok etsa, u holda savdo o’tkazilmagan hisoblanadi va savdo qayta tashkil qilinishi mumkin. Byudjet tashkilotlari hisoblangan buyurtmachilarga oziq-ovqat sotib olish uchun davlat xaridlari bo’yicha savdo mol etkazib beruvchilardan taklif tushmaganligi (yoki savdoda yagona mol etkazib beruvchi ishtirok etganda) hamda mol etkazib beruvchilar tomonidan boshlang’ich bahodan ortiq narx taklif qilinishi tufayli o’tkazilmagan deb hisoblangan hollarda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari kelishgan holda qayta savdo o’tkazmasdan buyurtma qilishga ruxsat etiladi. Bunda, buyurtmachi tegishli g’aznachilik bo’linmasiga ushbu holat yuzasidan asosli hujjatlar ilova qilingan xat bilan murojat qiladi. G’aznachilik bo’linmasida byudjet tashkilotini xatini ko’rib chiqish va xulosa berish 3 kun ortib kerak emas. Savdo o’tkazish vaqti tugashi bilan tizim avtomatik ravishda butun savdo jarayonida eng past narx taklif qilingan so’rovnomani tanlaydi. Elektron tizimda eng past narx taklif qilgan mol
56
etkazib beruvchi sado g’olibi sifatida tanlanadi. Mol etkazib beruvchi nomi elektron tizimda aks ettiriladi va g’olib bilan birja o’rtasida bayonnoma shakllantiriladi hamda tegishli shartlar bilan buyurtmachini so’rovida ifodalanadi. Savdo bayonnomasi birja yoki birjaning hududiy savdo maydonchasi va mol etkazib beruvchi (yoki uning agenti) o’rtasida qog’ozda 2 nusxada rasmiylashtiriladi va 1 nusxasi buyurtmachiga (yoki uning agentiga) beriladi.Buyurtmachi va mol etkazib beruvchi savdo bayonnomasi asosida savdo g’olibi aniqlangan kundan boshlab 5 kun ichida shartnoma tuzishi lozim. Buyurtmachi tomonidan shartnoma tuzishdan bosh tortish yoki rad qilish hollarida mol etkazib beruvchi buyurtmachini uni imzolashdan bosh tortganligi oqibatida keltirilgan zararni qoplash uchun sud murojaat qilish huquqiga ega. Davlat xaridlari bo’yicha shartnoma tuzishdan bosh tortgan buyurtmachi to’g’risida ma’lumot Hukumat komissiyasiga buyurtmachining davlat xaridlari to’g’risidagi qonunlarni buzgan mansabdor shaxslarga chora ko’rish uchun yuboriladi. Savdo g’olibi hisoblangan mol etkazib beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda uning moliyaviy bo’nagi (birjaning vositachilik yig’imini hisobga olmagan holda) holib aniqlangan kundan boshlab bir hafta ichida buyurtmachining depozit hisobvarag’iga etkazilgan zararni qoplash uchun o’tkaziladi. Shuningdek, buyurtmachi mol etkazib beruvchini etkazilgan zarani qoplash uchun sudga berish huquqiga ega.Savdo g’olibi hisoblangan lekin shartnoma tuzishdan bosh tortgan mol etkazib beruvchi birja tomonidan vijdonan ishlamagan mol etkazib beruvchilar ro’yxatiga kiritiladi, engib bo’lmas kuchlar ta’sirida bosh tortilgan hollar bundan mustasno. Vijdonan ishlamagan mol etkazib beruvchilar ro’yxatiga kiritilgan mol etkazib beruvchilar 6 oy davomida savdo kiritilmaydi.
2013 yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan elektron savdolari bo'yicha jami 416,8 mlrd. so'mlik maxsulot (ish, xizmat)lar etkazib berish bo'yicha 249 793 ta bitimlar tuzilgan bo'lib, shundan 38,3 mlrd. so'mlik 19 272 ta bitimlar 2013 yil dekabr oyiga to'gri kelmoqda. O'tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet mablaglarining 83,0 mlrd. so'mi iqtisod qilingan va bu
57
savdolar summasiga nisbatan 16,6 foizni tashkil etgan bulib, shundan 9,5 mlrd. so'mi yoki 19.8 foizi dekabr oyiga to'gri kelmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, ushbu bitimlarning 231 541 tasi, ya'ni 92,7 foizi kichik biznes sub'ektlari vakillari ishtirokida amalga oshirildi va bu bitimlarning umumiy summasi bo'yicha 388,0 mlrd. so'mni, ya'ni jami elektron savdolar bo'yicha tuzilgan bitimlarning 93,1 foizini tashkil etdi. Bugungi kunga kelib elektron savdo orqali amalga oshiriladigan Davlat xaridlariga 10 528 ta maxsulot etkazib beruvchi jalb etildi va ularning 8 745 tasi, ya'ni 83,1 foizi kichik biznes sub'ektlari vakillarini tashkil etdi. 2013 yil yanvar-dekabr oylarida tuzilgan bitimlarning o'rtacha narxi 1668,6 ming so'm tashkil etgan.

  1. jadval


Download 161.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling