Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi


Download 24.51 Kb.
bet2/5
Sana28.09.2023
Hajmi24.51 Kb.
#1689499
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi

7, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipibyudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.
8, Kassaning yagonaligi prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi. 9, Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipibyudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi.
10, Ochiqlik prinsipidavlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini), byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi. Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko’ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan guruhlash ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.



Download 24.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling