Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi


Download 362.7 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi362.7 Kb.
#1450851
  1   2

BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR HAMDA QARZLAR HISOBI.

RAHMATULLAYEV SARVAR


Daromadlar tushumi bilan xarajatlaning amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga oshirishga berilishi mumkin.
Byudjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet ssudasi oluvchi moliya organi bilan byudjet ssudasi beruvchi moliya organi o’rtasida tuzilgan “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma” asosida beriladi va qaytariladi. Byudjet ssudasi tegishli byudjetdan to’lov topshiriqnomasini tuzib byudjet ssudasi olayotgan byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvarag’i”ga o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Byudjet ssudasini qaytarish “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma”da ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish: mablag’larni byudjet ssudasi olgan mahalliy byudjetga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan to’lov topshiriqnomasini tuzib o’tkazib berish; yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga o’zaro qoplash; yuqori byudjet bilan quyi byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha ularning qarzlari hisobiga o’zaro qoplash hamda mablag’larni byudjet ssudasi olgan quyi mahalliy byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvaragi” yuqori moliya orgaani tomonidan inkasso topshiriqnomasi berish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan ssudalar hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi: 051- “Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobiga olish uchun tayinlangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet va mahalliy byudjetlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari so’mmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti,
Kredit 051 – “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari so’mmasi O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytarib berilganda bu qaytarib berilgan so’mmaga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida v amahalliy organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 051 - “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti,
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti.

Download 362.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling