Byudjetlashtirish – bu korxonalarda moliyaviy rejalashtirish masalalari
Download 190.72 Kb.
|
28 Byudjetlashtirish – bu korxonalarda moliyaviy rejalashtirish masalalari
Moliyaviy o’sish rejasi. Korxona faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning o’z manbalari kengayib borishi moliyaviy o’sishning mazmunini tashkil etadi. Qarz manbalar hisobiga korxona moliyaviy resurslari kengaytirilishi tom ma’noda moliyaviy o’sish deb qaralishi o’rinli emas, chunki buning hisobiga erishilgan moliyaviy o’sish vaqtinchalik xarakterda bo’lib, qarzlar qaytarilganda moliyaviy resurslar ham muvofiq ravishda kamayadi. Demak, korxonadagi moliyaviy o’sish jarayoni korxona kapitali umumiy hajmining ortib borishida ifodalanadi.Kapital hajmining nominal ravishda ortishi korxona kapitaliga yangi ulushlar qo’shilishi, taqsimlanmagan foydaning ko’payishi, grantlar va subsidiyalar olinishi, shuningdek korxona aktivlari balansdagi qiymatining ularni qayta baholash natijasida ortishi orqali sodir bo’lishi mumkin. Lekin, so’nggi holda kapitalning real hajmi amalda o’zgarishsiz qoladi. Chunki aktivlarni qayta baholashda hech qanday yangi boylik hosil bo’lmaydi.Korxona kapitalini oshirishning eng maqbul varianti foyda hajmini oshirishga erishish hisoblanadi. Buning uchun esa ishlab chiqarish va savdo faoliyati samarali olib borilishi lozim. Kapitalni yangi ulushlar hisobiga kengaytirish eng ko’p darajada aksiyadorlik jamiyatlariga, ayniqsa ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga xos.Korxona kapitalini oshirishning eng maqbul varianti foyda hajmini oshirishga erishish hisoblanadi. Buning uchun esa ishlab chiqarish va savdo faoliyati samarali olib borilishi lozim. Kapitalni yangi ulushlar hisobiga kengaytirish eng ko’p darajada aksiyadorlik jamiyatlariga, ayniqsa ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga xos.Kapitalni kengaytirish zaruriyatiga duch kelganda yopiq aksiyadorlik ko’rinishidagi korxona ko’pincha och iq aksiyadorlik jamiyatiga aylanish yo’lini tanlaydi. Chunki, aksiyalar chiqarish yo’li bilan kapital jalb etilishida potentsial investorlar doirasi muhim ravishda kengayadi.oddiy aksiyalar bo’yicha qat’iy belgilab qo’yilgan to’lovlar sifatidagi majburiyatlar mavjud emas, masalan, kredit olinganda foiz to’lash majburiy bo’lib qoladi; oddiy aksiyalar muayyan so’ndirilish muddatiga ega emas, korxona mablag’dan doimiy foydalanadi; aksiyalar qo’llanishi korxonaning kredit qobiliyatini mustahkamlaydi, chunki korxona tugatilishida kreditorlar talablari qondirilganidan so’ng qolgan mablag’largina aksiyadorlarga taqsimlab beriladi; aksiyalarni tarqatish, ko’pincha, obligatsiyalarni joylashtirishdan osonroq kechadi. Korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylanganda bu ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi. Oddiy aksiyalar emissiyasi orqali moliyaviy resurslar jalb etilishi quyidagi afzalliklarga ega: Download 190.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling