Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish


Byudjet – bu moliyaviy reja


Download 0.73 Mb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1321262
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish

Byudjet – bu moliyaviy reja hisoblanib, unda korxonaning asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyati bo’yicha daromadlar va xarajatlar qamrab olinadi. Ularning farqi kutilayotgan moliyaviy natija sifatida aks ettiriladi. Daromadni aniqlash uchun sotish byudjeti tuziladi. Xarajatlarni byudjetda bayon etish uchun xarajatlarning turkumlanishiga mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari va noishlab chiqarish xarajatlari smetalari bayon etiladi.

  • Byudjet – bu moliyaviy reja hisoblanib, unda korxonaning asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyati bo’yicha daromadlar va xarajatlar qamrab olinadi. Ularning farqi kutilayotgan moliyaviy natija sifatida aks ettiriladi. Daromadni aniqlash uchun sotish byudjeti tuziladi. Xarajatlarni byudjetda bayon etish uchun xarajatlarning turkumlanishiga mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari va noishlab chiqarish xarajatlari smetalari bayon etiladi.
  • Sotish byudjetida xo’jalik sub’ektining xaridorlar va buyurtmachilardan olgan buyurtmalar hamda bozorni o’rganish asosida Mahsulotga bo’lgan talab aniqlanadi. Marketing tadqiqotlari va tuzilgan shartnomalar sotish bo’yicha byudjetda o’z aksini topadi. Uning tavsiyaviy shakli quyida berilgan.
  • Sotish byudjeti, ya’ni dasturi kompaniya sotishni rejalashtirayotgan mahsulot miqdori va bu mahsulotning sotish bahosini ko’rsatadi. Dasturda yalpi daromad taxmini ko’rsatilgan bo’lib, uning asosida sotib oluvchilardan tushgan naqd pullar baholanadi va ishlab chiqarish, sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar byudjetini tuzish uchun asosiy ma’lumotlar ko’rsatiladi. Sotish dasturi – boshqa barcha byudjetlarning asosidir, chunki barcha xarajatlar sotish hajmiga bog’liq va sotishdan tushum hisobiga qoplanadi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan baholarni inobatga olgan holda belgilanadi, biroq mahsulot yoki xizmatning bahosi talab va taklifga bog’liq. Talab va taklifga uchta asosiy omil ta’sir etadi:

  • Ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan baholarni inobatga olgan holda belgilanadi, biroq mahsulot yoki xizmatning bahosi talab va taklifga bog’liq. Talab va taklifga uchta asosiy omil ta’sir etadi:
    • Haridor;
    • Raqobatchi;
    • Xarajatlar.
  • Baho siyosatini aniqlashda ushbu omillar aniq bir vaziyatga bog’liq. Masalan, xarajat, mahsulot hajmi va foydaning o’zaro bog’liqligini o’rganib, ya’ni CVP – tahlili o’tkazib, shunday minimal bahoni o’rnatish mumkinki, u qisqa muddat ichida foydani ta’minlashi mumkin. qaror qabul qilish uchun menedjer albatta hisoblarni ko’rib chiqishi kerak. SHuningdek korxonaning bozor strategiyasi, chegirma sohasidagi siyosat va shu kabi omillarning ham bahoga ta’sirini hisobga olish lozim.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling