1. Do’konga 96 t karam keltirildi. Agar karamning 80% i sotilgan bo’lsa, do’konda qancha karam qolgan.
A) 16 B) 19,2 C) 24 D) 20,2
2. Ikki sonning ayirmasi 33 ga teng. Agar shu sonlardan kattasining 30% i kichigining 2∕3 qismiga teng bo’lsa, shu sonlarni toping.
A) 56 va 23 B) 63 va 30 C) 27 va 60 D) 37 va 70
3. Ishchining oylik maoshi 350 so’m. Agar uning maoshi 30% ortsa, qancha maosh oladi?
A) 405 so’m B) 455 so’m C) 1050 so’m D) 595 so’m
4. Magazinga keltirilgan tarvuzlarning 56% i birinchi kuni, qolgan 132 tasi ikkinchi kuni sotildi. Birinchi kuni qancha tarvuz sotilgan?
A) 158 B) 148 C) 178 D) 168
5. 40 dan 32 necha prosentga kam?
A) 20 B) 18 C) 22 D) 25
6. Olxo’ri quritilganda 35% olxo’ri qoqisi hosil bo’ladi. 64 kg olxo’ri quritilsa, gancha olxo’ri qoqisi olinadi?
A) 20 B) 18,2 C) 25 D) 22,4
7. 32 dan 60 necha prosent ortiq?
A) 90 B) 87,5 C) 83,5 D) 85
8. 200 ni 30 foizga orttirildi, hosil bo’lgan son 20 foizga kamaytirildi. Natijada qanday son hosil bo’ladi?
A) 208 B) 210 C) 206 D) 212
9. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish birinchi yili 10% ga, ikkinchi yili 15% ga oshdi. Mahsulot ishlab chiqarish ikki yil mobaynida necha foizga ortgan?
A) 26,5 B) 26 C) 27,5 D) 25
10. Xo’jalikda paxta ishlab chiqarish har yili 10% ga ortsa, 3 yilda paxta ishlab chiqarish necha foizga ortadi?
A) 33,1 B) 32 C) 33 D) 33,3
Do'stlaringiz bilan baham: |