C++ 3-darslik funksiyalar
TASODIFIY QIYMATLARNI KELTIRIB CHIQARISH
Download 47.74 Kb.
|
C da matematik funksiyalar
TASODIFIY QIYMATLARNI KELTIRIB CHIQARISH
Kompyuter faning ko'p sohalarida tasodifiy qiymatlar bilan ishlash kerak bo'ladi. Masalan o'yin tuzganda, ma'lum bir tabiiy hodisani modellashtirganda va hokazo. Bunda dasturlash tasodifiy qiymatni olishga asoslangan. Va o'sha tasodifiy qiymatga bog'langan holda biror bir funksiya bajariladi yoki ifoda hisoblanadi. Tasodifiy qiymatni standart kutubhonaning rand() funksiyasi bilanolsa bo'ladi. rand() 0...RAND_NAX orasida yotgan butun son qiymatini qaytaradi. RAND_MAX void srand(unsigned int seed); int rand();
Biz har gal dastur ishlaganda srand() ga seed o'zgaruvchisini klaviaturadan kiritishimiz mumkin, yoki buni avtomatik tarzda bo'ladigan qilishimiz mumkin. Buning bir yo'li srand( time(NULL) ); deb yozishdir. Bunda kompyuter avtomatik ravishda o'z ichidagi soatning qiymatini time() funksiyasi yordamida o'qiydi va srand() ga parametr sifatida beradi. time() ni NULL yoki 0 argument bilan chaqirganimizda kompyuter soatining joriy vaqti sekundlar ko'rinishida qaytaradi. Vaqt bilan ishlash uchun
//rand()/srand() bilan ishlash. # include # include # include
int main() { srand( time(NULL) ); int k; for (k = 1; k<11; k++){ cout << (1 + rand() % 6) << ( (k % 5 == 0) ? endl : " " ); }//end for(k...)
return (0); }//end main()
Bu yerda amallar siklda bajarilmoqda. rand() % 6 ifodasi masshtablash (scaling) deyiladi. rand() dan qaytuvchi qiymat 0...RAND_MAX orasida bo'lishi mumkin, biz bu qiymatni 6 ga ko'ra modulini olsak, bizda javob sifatida faqat 0, 1, 2, 3, 4 va 5 qiymatlari bo'lishi mumkin. Keyin esa biz bu qiymatlarni siljitamiz, yani 1 raqamini qo'shamiz. Shunda javoblar bizga kerakli oraliqda yotgan bo'ladi. ?: shart operatori bilan biz har bir raqamdan keyin ekranga nima bosilib chiqishini hal qilyapmiz, bu yoki endl bo'ladi, yoki bo'shliq bo'ladi. Tasodifiy qiymatlar bilan biz keyingi dasturlarimizda hali yana ishlaymiz. C/C++ dagi enumeration (ketma-ketlik) tipini tanishtirib o'taylik. Enumeration butun sonli konstantalar yig'indi-sidir.Konstantalar qiymati agar boshlangich qiymat berilmagan bo'lsa, noldan boshlanadi va 1 ga oshib boraveradi, yoki biz qiymatlarni o'zimiz berishimiz mumkin. Masalan: enum MeningSinifim {AKMAL, TOHIR, NIGORA}; MeninigSinfim SinfA; SinfA = TOHIR; SinfA = AKMAL; Bu yerdagi MeningSinfim qo'llanuvchi tarafidan tuzilgan yangi tipdir.Keyin esa ushbu tipda bo'lgan SinfA o'zgaruv chisini e'lon qilamiz. Ushbu tipdagi o'zgaruvchi faqat uchta farqli qiymatni qabul qiladi. Bunda AKMAL 0 ga teng, TOHIR 1 ga va NIGORA 2 ga teng bo'ladi. Lekin biz enumeration tipida bo'lgan o'zgaruvchilarga faqat {} qavslar ichida berilgan simvolik ismlarni bera olamiz. Yani to'g'ridan-to'g'ri sonli qiymat bera olmaymiz. Boshqa bir ketma-ketlik: enum Oylar {YAN = 1, FEV, MAR, APR, MAY, IYUN, IYUL, AVG, SEN, OKT, NOY, DEK}; Bunda qiymatlar birdan boshlanadi va birga ortib boradi. Enumeration qiymatlari katta harflar bilan yozilsa, dastur ichida ajralib turadi. Va sonli konstantalardan ko'ra ishlash qulayroqdir.
Download 47.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling