C++ dasturi tarixi, alfaviti, asosiy tushunchalari, standart funktsiyalar
Download 0.81 Mb.
|
MPQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Скомпилировать
- Выполнить
- Свойства
Dev C++ dasturi mihitida ishlashDev-C ++ (Dev-Cpp) - bu C / C ++ dasturlash tillari uchun bepul dasturlarni ishlab chiqish muhiti. Dev-C ++ dastur oynasini quyidagi ko`rinishda bo`ladi: Fayllardan birini ochish uchun navigatsiya panelida ko'rsatilgan element orqali yoki Ctrl + O tugmalaridan foydalanish mumkin. C ++ tilida yozilgan dasturlar ishga tushirishdan oldin kompilyatsiya qilinishi kerak va shundan keyingina ijro etilishi kerak. Buning uchun Dev-C ++ uchta piktogrammadan foydalanadi . - Скомпилировать - dastur kodini oddiy kompilyatsiya qilish. Ushbu bosqichda kompilyator yozilgan kodni xatolar uchun tekshiradi va agar hamma narsa tartibda bo'lsa, dastur kodini - *. exe bajaruvchi faylga uzatadi. Agar xatolar bo'lsa, unda kompilyator ishi to'xtatiladi va xatolarni topish va tuzatishga yordam berish uchun " Компилятор " oynasida xato kodlari ko'rsatiladi. Tezkor tugma - F9. Выполнить - bu buyruq kodni qayta kompilyatsiya qilmasdan takroran ishlashimizga imkon beradi. Tezkor tugma - F10. -Скомпилировать и выполнить - agar biz kompilyatsiya qilinganidan keyin darhol dasturning bajarilishini konsolda ko'rishni istasak, unda biz ushbu belgidan foydalanamiz. Tezkor tugma - F11. Barcha ishlaydigan dasturlar konsol oynasida ochiladi. Agar dasturda rus tilidagi matnni ishlatsangiz, u holda bu matn konsolda tushunarsiz belgilar bilan ifodalanadi. Buni tuzatish uchun konsol oynasining yuqori qismiga sichqonchaning o'ng tugmachasi bosish va paydo bo`lgan darchaning pastki qismida " Свойства " punktini tanlash kerak. " Шрифт “ varag`iga o`tiladi - va "Lucida Console" buyrug`i tanlanadi. Konsol oynasida matnni ko'rsatish uchun shrift o`lchamini o`zgartirish mumkin. «Цвета“ varag`iga o`tiladi. Bu erda konsol oynasida fon rangini va shrift rangini o'zgartirishimiz mumkin. Agar qora fonda oq shriftni afzal ko'rsangiz, unda hech narsaga tegish kerak emas. O'zgarishlardan so'ng dastur konsol oynasida quyidagi ko`rinishga keladi: Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling