C guruh Hasanov Begmurod Gandbol o‘yini texnikasi va taktikasi tasnifi Reja


Download 20.5 Kb.
bet3/4
Sana16.10.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1705122
1   2   3   4
Bog'liq
Gandbol o‘yini texnikasi va taktikasi tasnifi

Chalg’itishlar (fint).
Bu usulni to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan ko’proq uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta‘qibdan qutilish maqsadida foydalaniladi. To’p bilan chalg’itishlar uzatishni, otishni yoki erga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo’llaniladi.
Chalg’itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi, hammasidan ko’proq bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg’itish xarakati texnik usulining qulay paytida qo’llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog’liqdir.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalg’itishlar ikki turga bo’linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirib to’p yo’nalishini va to’p uzatishda to’xtab qolish paytlarida chalg’itishlar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish-bu to’pni otmoqchi bo’lib, so’ng to’pni uzatishdir (bosh orqasidan, orqa va yon tomondan).
To’p otishda to’pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda to’p otmoqchi bo’lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to’p otmoqchi bo’lib erga tushib himoyachini aldab o’tish juda foydalidir.
Chalg’itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o’tishda qo’llash muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo’lishi mumkin. Chalg’itish sifatida qadam qo’yish, hamla qilish va to’p uzatishlardan foydalaniladi.
To’siq.
Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va o’yinchilar guruhi tomonidan qo’yilishi mumkin.
Guruh bo’lib to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda qo’llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to’p egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.
Himoya o’yini texnikasi.
O’yinchilarning himoya texnikasiga to’pni olib yurish, urib qaytarish, to’siq qo’yish va darvozabon orqali to’pni ushlab olishlar kiradi.
Dastlabki holatda to’g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. O’yinchi oyoqlarini bukib, gavda og’irligini oyoq kaftlarining oldingi qismiga baravar taqsimlab, qo’llarini bukgan holda (burchagi taxminan 90%) bir oz ikki tomonga yoyib, qo’l kaftlarini oldinga qaratib turishi kerak. Yon tomonga erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng muhim usullaridir.
To’pni olib qo’yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi taminlanadi. Himoyadagi o’yinchi to’p uzatilgan vaqtda uni olib qo’yish maqsadida o’zi to’sib turgan xujumchining oldidan to’pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo’zg’alishi lozim.
To’pni urib chiqarish. Bu harakat to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To’pni urib chiqarish uni otish uchun qo’lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo’llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to’pni otmoqchi bo’lgan qo’lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo’l kafti bilan to’pni tushiradi



Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling