o'qituvchiga yordamchi bo'lib ishladi, bolalarga savod va boshqa
dastlabki o'quv
predmetlaridan dars berdi. Shunga qaramay uning
musiqaga havasi, ijod qilish istagi tobora kuchayib borar edi. Uning
yashovchan ijodkorlik tabiatiga hayrat bilan boqishga to'g'ri keladi.
A yni mana shu maktab surguni yillarida,
1814 yildan 1817 yilgacha,
hamma. narsa unga qarshi qaratilganday ko'rinsa-da, u hayratlanarli
darajadagi ko'p asarlarini yaratadi. Faqat
1815 yilning o'zidagina
Shubert 144 qo'shiq, 4 opera, 2 sim foniya, 2 m essa, 2 fortepiano
sonatasi, torli kvartet yaratadi.
Otasining o'g'lidan kam bo'lsa-da barqaror oylikka ega bo'lgan
o'qituvchi qilish orzusi chipakka chiqadi. Y osh kompozitor o ‘zini
m usiqaga bag'ishlash haqida uzil-kesil qaror qabul qildi hamda
maktabdagi o'qituvchilik ishni tashladi. Shubertning shundan keyingi
unchalik uzoq bo'lm agan hayoti ijodiy jasoratlardangina iborat. Katta
moddiy qiyinchiliklam i boshidan kechirishiga qaramay u tinim siz ijod
qilar, bir asar ketidan ikkinchisini yaratar edi. M oddiy qiyinchiliklar
baxtga qarshi, uning yaxshi ko'rgan qiziga uylanishiga m onelik qiladi.
Tereza Grob cherkov xorida qo'shiq aytardi. Dastlabki repetitsiyadan
keyinoq Shubert uni payqab qoladi, vaholanki bu qiz boshqalardan
keskin ajraiib turmas edi. Musiqa boshlanishi bilanoq Terezaning
rangsiz yuzlari jonlanib ketardi.
Shubert taqdir nayranglariga qanchalik k o‘nikmasin, taqdim ing
o 'ziga nisbatan bunchalik shafqatsiz bo'lishini tasavvur ham qilmagani
www.ziyouz.com kutubxonasi
edi. U o ‘z kundaliklarida: ’’Haqiqiy d o ‘stni topgan kishi bahtlidir. Agar
Do'stlaringiz bilan baham: |